2 Mavzu : Nutq uslublari


-MAVZU: Mahmud Qoshg’ariy. “Devoni lug’otit - turk” asari


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

48-MAVZU: Mahmud Qoshg’ariy. “Devoni lug’otit - turk” asari 

Reja: 

1.Mahmud Qoshg’ariy hayoti va ijodi. 

 2. “Devoni lug’otit -turk” asari haqida.  

Tayanch iboralar: „Devonu lug‘otit turk»,qomusiy asar,maqol,marsiya 

«Devonu lug‘ot at-turk» XI asrda yozilgan bo‘lsa-da, unda jamlangan badiiy parchalar 

turkiy  xalqlar  adabiyotining  ancha  qadimgi  davrlarida  vujudga  kelgan.  Ular  xalq 

og‘zaki  ijodining  juda  qadimiy  namunalaridir.  Ularda  turkiyxalqlarning  urf-odatlari, 

ishonch-e’tiqodlari,  marosimlari  bilan  bog‘lanib  ketadigan  badiiy  lavhalar  ko‘p. 

Ularning  bir  qismi  bevosita  tarixiy  mavzularga  bag‘ishlangan.Alp  Er  To‘nga1 

marsiyasi,  «Oltin  qon»  rivoyati,  Yabog‘u  (yobg‘u)lar,  tangutlar  bilan  bo‘lgan  janglar 

haqidagiparchalar,  shuningdek,  ayrim  shaxs  va  joylar  bilan  bog‘liq  afsonalar  shular 

jumlasidan. Bu yodgorlik vositasida XI asrgacha bo‘lgan adabiyotdagi bir qator janrlar 

va badiiy tasvirning o‘ziga xos xususiyatlari 

haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. «Devon»da adabiyotshunoslikka doir anchagina 

atamalarbor. Muallif hikmatli so‘zlarsaj’larmaqollarrajaz va nasrdeb atalganadabiy 

parchalar  haqida  gapirib  o‘tgan.  Shuningdek,ayrim  adabiy  hodisalar  haqida  maxsus 

izohlar bergan.Jumladan: 



Yir – kuy, maqom... Ko‘pincha bu so‘z she’rga nisbatan qo‘llanadi. Bu so‘z  ir tarzida 

ham talaffuz qilinadi. 



Qo‘shug‘ – she’r, qasida, qo‘shiq. 


«Devon»ga  kirgan  adabiy  shakllarning  asosiy  qismini  to‘rtliklar  tashkil  qiladi. 

Adabiyotda  to‘rtlik  shakliga  tayanadigan  she’riy  janrlar  (to‘rtlik,  ruboiy,  tuyuq



murabba’ )ning rivojlangani ma’lum. Mahmud Koshg‘ariy ularni, asosan,qo‘shug‘yoki 

she’r deb nomlagan. Vatan va yurt muhabbati, xalq uchun jang qilgan bahodirlar bilan 

faxrlanish, tabiat manzaralari go‘zalligi, mehnatshavqi, turli insoniy kechinmalar talqini 

asardagi  yetakchi  mavzulardir.«Devon»da  turkiy  xalqlar  turmush  manzaralari  bilan 

bog‘liq 


bo‘lgan  she’riy  parchalar  katta  o‘rin  tutadi.  Ularda  xalqning  urf-odati,  yashash  tarzi, 

mashg‘uloti,  ishonch-e’tiqodlarining    ifodasi  juda  ochiq  ko‘rinadi.  Ularda  turkiy 

xalqlarning  hayot  manzaralari  o‘z  aksini  topgan.Yigitlarni  ishga  safarbar  qilish,  meva 

terish, ovchilikka yo‘naltirish qadimgi turmush tarzining ayrim lavhalaridir. 



«Erdi ashin taturg‘an» she’rida esa marhumning boshqa  kishilar bilan munosabatlarida 

namoyon  bo‘ladigan  xislatlariga    urg‘u  beriladi.  Gap  qabilaning  sobiq  jasur  a’zosi 

haqida  ketmoqda.U  vafot  etgan.  Ammo  uning  tirik  paytidagi  ko‘plab  fazilatlari 

boshqalarga  hali-hanuz  namuna  bo‘la  oladi.  Bu  yerda  marhumning    ochiqqo‘l, 

mehmondo‘st va qo‘rqmas,  dovyurak, shijoatli ekani alohida ta’kidlanmoqda. 

«Devon»da ko‘plab lirik qo‘shiqlar ham mavjud. Ularda  insonning qalb kechinmalari, 

nozik  his-tuyg‘ulari  ifodasi,  tabiat  va  ona  yurt  manzaralari  tasviri  yetakchilik  qiladi.   

Tabiat manzaralarining o‘zidayoq nozik va jonli kuzatishlar  ko‘zga tashlanadi. Tabiat 

va yurt go‘zalligi vositasida tabiat  hodisalari   tufayli inson ruhiyatida yuzaga keladigan 

turli o‘zgarish va kechinmalar juda ixcham, go‘zal va ta’sirchan 

ifoda etiladi. 

Lirik  qo‘shiqlarning  bir  qismi  bevosita  kishilarni  qurshagan    olam  haqida.  Ularda 

turkiylarning  doimiy  yo‘ldoshi    –  otlar  ham  alohida  mavqe  tutadi.  Bunday  she’rlarda 

otlarning      holati,  harakati  alohida  tasvirga  olinadi.«Iqilachim    erik  bo‘ldi»  («Sho‘x, 

o‘ynoqi  otim  chopqir  bo‘ldi»)  she’rida    ko‘rinib  turganiday,  parchada  tabiatdagi 

o‘zgarishlarning  (qishning ketib, bahorning kelishi) hayvonot olamiga ta’siri 

ta’riflanayotganday.Aslida,  bu  ham  insonning  o‘z  kuzatishlari      natijasidagi 

ta’sirlanishidir. 

Ishq-muhabbat mavzusidagi lirik qo‘shiqlarda yorning   go‘zalligi, latofati madh etiladi, 

oshiqlikning  sirli  kechinmalari    tasvirlanadi,  ishqiy  hayajon,  muhabbat  shavqi  tilga 

olinadi.  Ushbu tasvirlarda inson, ayniqsa, oshiq va ma’shuqaning   surati juda chiroyli 

va  samimiyat  bilan  chizilgan.    Lirik  qo‘shiqlar  kishini  hayrat  va  hayajonga  soladi. 

Ulardan  birida qishning tugab, bahorning boshlanayotgani, muzlarning 



erib,  oqar  suvlarning  ko‘paygani,  tog‘  cho‘qqilarining  qorlardan  tozalanib,  havo  iliy 

boshlagani  hamda  atrofdagi    o‘t-o‘lanlarning  ko‘karishi  tavsif  etilmoqda.  Muhimi, 

bularning  barchasi ta’sirchan misralarda o‘z aksini topgan.  Qo‘shiqlar orasida mehnat 

va  marosim  qo‘shiqlari,  hunarmandchilik,  chorvachilik,  dehqonchilik  bilan  bog‘liq  

qo‘shiqlar, mavsum qo‘shiqlari va boshqalar bor. 

 

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 



1.  Mahmud Qoshg’ariy tug’ilgan yurt haqida nimalarni bilasiz? 

2.  ”Devoni lug’otit - turk” nima uchun qomusiy asar hisoblanadi? 

3.  Mahmud Qoshg’ariyning buyuk xizmatlari nimalarda deb o’ylaysiz? 

 

 




Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling