2 Mavzu : Nutq uslublari


tutilib  yaratilgan  bitiklar  badiiy  adabiyot  bo‘ladi


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

tutilib  yaratilgan  bitiklar  badiiy  adabiyot  bo‘ladi  va  adabiyot  atamasi  asosan  shu 

ma’noda qo‘llaniladi. 

Olimlarning  ko‘rsatishlaricha,  badiiy  asarlar  qanday  maqsadda  yaratilishiga  (kuylash 

uchunmi,  sahnada  ko‘rsatish  uchunmi  yoki  o‘qish  uchunmi)  va  nimani  ifoda  etishiga 



(tuyg‘uni,  tuyg‘uning  yuzaga  kelishiga  sabab  bo‘lgan  voqeani  yoki  obrazlarning 

bevosita harakatlarini) qarab lirik, epik, dramatik  kabi turlarga bo‘linadi. Bu adabiy 

turlarning har biri ham, o‘z navbatida, bir qancha janrlarga bo‘linib ketadi. 

Badiiy  adabiyotning  eng  qadimiy  shakli  —  xalq  og‘zaki  ijodi  (folklor)  bo‘lib,  uning 

o‘zi ham dostonlar, ertaklar, qo‘shiqlar, maqollar, topishmoqlar singari qator janrlarga 

ajraladi.  Og‘zaki  adabiyot,  nomidan  ham  anglatib  turganidek,  og‘zaki  ravishda 

yaratilgan bo‘ladi va uning kim tomonidan dunyoga keltirilganligini aniqlab bo‘lmaydi. 

Muallifining  noma’lumligi,  yillar  mobaynida  turli  aytimchilar  tomonidan  sayqallanib, 

takomillashib,  mukammal  shaklga  ega  bo‘lish  xalq  og‘zaki  ijodi  namunalariga  xos 

asosiy  belgilardir.  Og‘zaki  ijod  har  qanday  yozma  adabiyotga  tayanch  vazifasini 

bajargan.  Yozuvchilar  ijod  sirlarini  aytimchilardan(og‘zaki  adabiyot)  qolgan  asarlar 

asosida o‘rganishgan. 

Har bir millatning qiyofasini belgilashda uning adabiyoti hal qiluvchi ahamiyatga ega 

bo‘ladi.  Chunki  milliy  adabiyot  milliy  ruhni  aks  ettiradi.  Milliy  ruhni  to‘laqonli  aks 

ettirish  va  uni  saqlab  qolishda  boshqa  birorbir  vosita  badiiy  adabiyotga  teng 

kelolmaydi.  Shuning  uchun  ham  adabiyoti  bo‘lmagan  millat  unutilishga  mahkumdir. 

Bilasizki, badiiy adabiyotning quroli so‘zdir. Turli bosqinchilar uzoq yillar mobaynida 

turkiy  millatlarni  o‘zlariga  qo‘shib,  singdirib  olish  yo‘li  bilan  yo‘qotib  yuborishga 

urindilar.  Ular  chegaralarni,  saltanatlarni  yo‘qota  oldilar.  Lekin  tilimizni  yo‘q 

qilolmadilar.  Chunki  turkiy  ota  tilimiz  faqat  o‘zaro  so‘zlashuv  vositasigina  bo‘lib 

qolmay,  Yassaviy,  Navoiy,  Bobur,  Mashrab,  Fuzuliy,  Maxtumquli,  Ogahiy,  Abay 

singari adiblarning asarlari yaratilgan til ham edi. Turkiy tilda yaratilgan bu asarlarda 

turkiy xalqlarning otashin ruhi ham aks etgandi. Ma’lumki, ruh abadiydir. Milliy ruhi 



saqlab  qolingan  millat  esa  yashayveradi.  Negaki,  millat  o‘z  adiblari  va  ularning 

asarlariga  tayanib,  o‘z  milliy  ruhini  tiklab  olaverdi.  O‘z  ruhiyatiga  ega  millat  hech 

qachon o‘zligidan voz kechmaydi. 


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling