2 Mavzu : Nutq uslublari


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

 

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 



 

1.  Toshbitiklar nima uchun O’rxun- Enasoy obidalari nomini olgan? 

2.  Yodgorliklar qanday mavzularda yaratilgan? 

3.  To’nyuquq siymosiga ta’rif bering. 

4.  “Xoqoni baxodir ekan, maslahatchisi alloma ekan” degan  baho kimlarga nisbatan 

qo’llangan? 

 

 

 

 

 



 

42-MAVZU:Ahmad Yassaviy. “Devoni hikmat” asari 

Reja: 


1. Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi. 

 2.Ahmad Yassaviy – tasavvuf adabiyotining yirik vakili. 

 3.”Devoni hikmat” – adabiyot tarixidagi alohida janr sifatida. 

Tayanch so’z va iboralar:Ahmad Yassaviy, ”Devoni hikmat”, tasavvuf,shariat, tariqat, 

ma’rifat, haqiqat.

 

 

Ahmad Yassaviyning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar yetarli emas. U 



Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tug’ilgan. Uning otasi Ibrohim Turkistonning taniqli 

shayxlaridan bo’lgan. Onasi Qorasoch momo nomi bilan mashhur. 

 

 Ahmadning yoshligi ancha qiyin kechadi. Juda erta yoshligida otasi vafot 



etadi. Ahmad Yassaviy  yirik  metasavvif olim Arslonbobo qo’lida tarbiyalanadi, so’ng 

Buxoroga borib Yusuf Hamadoniy qo’lida tahsil oladi. 

 

Ahmad  Yassaviy  tasavvuf  ilmini  shu  qadar  chuqur  egallaydiki,  xalq 



orasida “Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad” degan naql paydo bo’ladi.  

 

Ahmad  Yassaviy  1166-yilda vafot  etadi.  Uning shuhrati vafotidan keyin 



ham  pasaymagan.  Amir  Temur  unga  alohida  hurmat  bilan  qarab,  1395-1397-yillarda 

Turkistonda Ahmad Yassaviyning qabri o’rnida muhtasham maqbara qurdiradi. U hozir 

ham mavjud. 

 

Alisher  Navoiy  “Nasoyim  ul-  mahabbat”  asarida  Ahmad  Yassaviyga 



shunday  ta’rif  beradi:  ”Xoja  Ahmad  Yassaviy-  Turkiston  mulkining  shayx  uk-

mashoyixidur.  Maqomati  oliy  va  mashhur,  karomati  matovoliy  (Hayratlanarli)  va 

nomahsur  (chegarasiz)  ermish.  Imom  Yusuf  Hamadoniyning  as’hobidindur 

(suhbatdoshi)”. 




 

Ahmad  Yassaviy-  mutasavvuf  shoir.  Tasavvufdagi  4  asosiy  bosqich: 

shariat,  tariqat,  ma’rifat,  haqiqat  mogiyatini  she’riy  misralariga  singdirgan  Ahmad 

Yassaviy shu yo’nalishda katta shuhrat qozondi. Ahmad Yassaviy hikmatlari xakqona 

ruhi bilan o’ziga xoslik kasb etadi. 

 

 



 

Ishq davosi manga qilma, yolg’on oshiq, 

 

Oshiq bo’lsang bag’ring ichra ko’z qoni yo’q,  



 

Muhabbatni shavqi birla jon bermasa,  

 

Zoye kechar umri oni yolg’oni yo’q. 




Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling