2 Mavzu : Nutq uslublari


-Mavzu: So’zlar bog’lanishidagi moslik


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

10-Mavzu: So’zlar bog’lanishidagi moslik 

 

Reja: 



1. So’zlar bog’lanishidagi moslik. 

 2. Bog’lanadigan so’zlarning ma’noviy, uslubiy,mantiqiy va grammatik mosligi.  

 3.“Tadbirkorlik sirlari” matni va lug’at ustida ishlash. 

 

   



 

 

 



 

Fikrat – daryo, g’aflat ko’lmakdir, 

Daryo – hayot, ko’lmak o’lmakdir. 

 

(Erkin Vohidov) 



   

Jumla tarkibidagi so’zlar o’zaro bog’lanishi uchun ular orasida uslub, mantiq 

va grammatik jihatdan moslik bo’lishi kerak. 

Qiyoslang: 

1) Qarg’a sayradi (uslubiy nomoslik)-Qarg’a qag’iladi (moslik). 

2) Otasini suyandi (Grammatik nomoslik) –Otasiga suyandi (moslik).  

3) Shomda oy bo’zardi (mantiqiy nomoslik) – Tongda oy bo’zardi (moslik). 



Test savollari: 

1.  Qaysi gapda so’zlar bog’lanishidagi moslik buzilgan? 

A. Titroqni bosishga chiranganidan peshanasi va yuzlarida sovuq ter tomchilari 

paydo bo’ldi. 

B. Momoqiz o’rog’ini yerga qadab, ro’molini boshiga yelvagay qilib o’radi. 

C. Zarkosani etaklari ancha tekis, yilqilarni yozda boqish uchun juda bop yaylov 

edi. 

D. U o’ziga kelganida mashinaning qizil chiroqlari uzoqlashgan, yo’l chekkasida 



to’planib turgan odamlar allaqachon tarqalib ketgand. 

2.  Nuqtalar o’rniga mos qo’shimchalarni qo’yib gapni to’ldiring. 

Jigarrang  jemper  kiyib, kichkina qora  sherst  ro’moli… dahani…  bog’lab  olgan 

novcha  ,  qotma  bir  ayol  ostona…  kira  solib  u  bilan  quchoqlashib 

ko’rishdi.(S.Zunnunova). 

A. –ning, -ni, -dan; 

B. –ni, -dan, -da;   

C. –ni, -ga, -dan; 

D. –ga, -ni, -dan. 

 

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 



 

1.  Sozlarning mantiqiy bog’lanishi deganda nima nazarda tutiladi? 

2.  Gapirmoq,  vaysamoq,  va’z  qilmoq,  bayon  qilmoq,  hikoya  qilmoq  fe’llari 

ishtirokida turli nutq uslublariga xos gaplar tuzing. 

3.  Quyidagi  so’zlarning  asosiy  ma’nolarini  izohli  lug’atdan  aniqlab,  lu’gat 

daftaringizga ko’chiring: abdolvash, barvasta, degustator, yelvagay, ziqna. 

 

 

 



 

 

 




Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling