2 Mavzu : Nutq uslublari


-Mavzu: Antonimlar uslubiyati


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

12-Mavzu: Antonimlar uslubiyati 

 

Reja: 


 


1.Antonimlarning uslubiy xususiyatlari. 

2.Zid ma’noli so’zlarning ma’nodoshlari. 

3.Zid ma’noli so’zlarning uslubiy xoslanganligi. 

 

 



 

Tayanch so'z va iboralar: antonim , zid ma’noli so’z, tazod san’ati. 

 

Biz  o’zimizni  qurshab  turgan  olamni  sezgi  a’zolarimizning    bosh  miyamizga  bergan 



axboroti  yordamida  bilib  olamiz.  Bilish  jarayonida  narsa  va  hodisalarni  ,  harakat-

holatlarni,  belgi  va  xususiyatni  bir-biriga  zidlash,  ularning  o’zaro  o’xshash  va  farqli 

tomonlarini  aniqlash  katta  ahamiyatga  ega.  Bizning  butun  faoliyatimiz  zidlashlarga 

asoslangan  desak  yanglishmaymiz.  Jaloliddin  Rumiyning  ta’kidlashicha,  har  qanday 

”ashyo”ning  qimmati  ziddi  bilan  ayon  bo;ladi,  ziddi  bo’lmagan  narsani  ta’rif  etish 

imkoniyatdan tashqaridadir. 

Zid ma’noli so’zlar (antonimlar) qarama-qarshi ma’noli so’z va qo’shimchalardir. So’z 

maqomidagi  antonimlar  lug’aviy  (leksik)  antonimlar,  qo’shimcha  maqomidagi 

antonimlar antonimlar esa affiks antonimlar deyiladi. 

Zid  ma’noli  so’zlar  doimo  ikki  qarama  –qarshi  a’zodan  iborat  bo’ladi.  Birini  aytsak, 

ikkinchisi  xayolimizga  keladi.  Masalan,  achchiq  deyishimiz  bilan  shirin  esimizga 

keladi.  Zid  ma’noli  so’zlar  birgalikda  qo’llanib  yangi  so’z  hosil  qilishi  mumkin. 

Masalan:  yosh-u  qari  –  bari,  achchiq-chuchuk  –  ovqat  turi  ,  uzoq-yaqindan  – 

hammayoqdan kabi. 

Antonimlar  inson  faoliyatidagi  eng  muhim  siyosiy,  axloqiy,  fanniy  qarashlar 

umumlashmasini aynan ifodalashga qulay usul sanaladi. 

Antonimlar  ko’proq  badiiy  uslubda  qo’llanilib  ,  qarama-qarshi  tushuncha  (  tazod, 

antiteza,  contrast)  uslubini  yaratish  uchun  xizmat  qiladi:  Meni  kim  ko’rsa  farq  etmas 

xazon birla bahorimdan. 

Antonimlik hodisasi ham faqat bir turkum doirasida uchraydi. Antonimlar ko’proq sifat 

turkumida kuzatilib , olmosh, son va modal so’zlarda deyarli uchramaydi. 

Antonimlarga misollar: 

1.  Kattaga hurmat, kichika izzat. 

2.  Yaxshilik nur keltirar , yomonlik zulmat. 

3.  Yomonni tanqid qil, yaxshiga taqlid qil. 

4.  Ko’p bilgan oz so’zlar, oz so’zlasa ham rost so’zlar. 

5.  Mard o’zar, nomard to’zar. 

Antonim so’zlarning har biri sinonimiga ega bo’lishi mumkin: aka (birodar) – uka (ini) 

kabi.  Bu  ularning  turli  uslubga  xosligidan  kelib  chiqadi.  Sinonimlar  va  antonimlar 

o’zaro  zich  bog’langan.  Til  birliklarining  uslubiy  xoslanganlik    qonuniyati  sinonimlar 

va antonimlarni o’zaro bog’lab turadi. 

 



 

Mustahkamlash uchun savollar: 

 

1.  Badiiy uslubda antonimlar qanday san’atni hosil qiladi? 



2.  Xalq og’zakiijodining qaysi janrlarida antonimlar so’zlardan unumli foydalaniladi? 

3.  Berilgan matndagi ajratib ko’rsatilgan so’zning antonimini o’z  ma’nosida qo’llab 

ko’ring. Uslubiy bo’yoqdorlik xususiyati haqida fikringizni bildiring. 

Luqmoni Hakimdan: 

Xastaga nima yediraylik?- deb so’rabdilar  





Achchiq so’zdan boshqa nima yedirsangiz , yediravering, - debdi hakim. 

 

 



 

 

 



 


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling