2 Mavzu : Nutq uslublari


- mavzu: Eskirgan so’zlar uslubiyati


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

14- mavzu: Eskirgan so’zlar uslubiyati 

 

Reja: 



1.So’zlarning eskirishi. 

2.Eskirgan so’zlarning nutqda qo’llanish holatlari. 

3.Eskirgan so’zlarning turlari. 

Tayanch so’z va iboralar: eskirgan so’zlar, tarixiy so’zlar, arxaik so’zlar, ko’hna so’zlar. 

Til  tirik  ekan  ,  unda  doimo  yangilanish  eskirish  sodir  bo’lib  turadi.  Ayrim  so’zlar 

ifodalaydigan  narsa  va  hodisalar  iste’moldan  chiqsa  ,  ular  bilan  bog’liq  so’zlar  ko’hna 

so’zlar qatoridan joy oladi. Ba’zilari o’rniga yangi so’z kelib , uning o’rnini egallaydi  – 

avvalgi so’z iste’moldan chiqadi.  




So’zlar  umumiste’moldan  chiqsa  ham  ,  badiiy  asarlarda  davr  ruhini  berish  uchun 

qo’llanaveradi.  Tarixga  oid  tadqiqotlarda  ham  iste’moldan  chiqib  ketgan  so’zlar 

ishlatiladi.  

Eskirgan so’zlar ham badiiy va publitsistik uslublarda juda katta uslubiy qimmatga ega. 

Siz  bilasizki,  eskirgan  so’zlarning  ikki  turi  mavjud:  arxaik  so’zlar  (dudoq  –  hozirgi 

muqobili lab; meng – hozirgi muqobili xol; tilmoch – hozirgi muqobili tarjimon kabi) va 

tarixiy  so’zlar  (yasovul,  bek,  xon,  qozi,  cho’ri  kabi)  .  Tarixiy  so’zlar  tarix  mavzualri 

yoritilgan ilmiy  va  badiiy  matnlarda o’tmishni  real  tasvirlash maqsadi bilan  qo’llanadi. 

Arxaik so’zlar matnga tarixiy kolorit berish bilana birga , zamonaviy mavzular yoritilgan 

badiy va publitsistik asarlarda ko’tarinkilik , tantanavorlik ifodasiga xizmat qiladi. 

Mustahkamlash uchun savollar: 

 

1. 



Ko’hna so’zlardan ko’proq qaysi uslub talabiga ko’ra foydalaniladi? 

2. 


Diniy adabiy manbalarda keng qo’llanadigan ko’hna so’zlarga misollar keltiring. 

3. 


“Qissasi Rabg’uziy” dan olingan parcha bilan tanishing . Matn tabdiliga qiyoslab , 

iste’moldan  chiqqan  so’zlarni  aniqlang.  Ayting-chi  ,  anjirning  “jazolanishi”dan  qanday 

xulosa chiqarish mumkin? 

Xabarda  andog’  kelur,  anjir  yig’ochi  Odam  va  Havvog’a  besh  yaburg’oq  berdi.  Tong 

otmishdan kezin ul besh yaburg’oqdan birin kiyik yedi  – yipor bo’ldi, birin sigir yedi – 

anbar bo’ldi, birin aru yedi – asal bo’ldi, birin qurt yedi – ipak bo’ldi, birin odam yerga 

tikdi – yung bo’ldi. Qiyomatg’a tegi o’g’lonlarina kafan bo’ldi.   

NUKTA. Anjir yig’ochi Odamga yaburg’oq bermishi uchun tengri azza va jalla bazirladi. 

Qmug’ yemish uch turluk turur, kimining tishi yinur olma , amurd mengizlik , kimining 

ichi yinur tishi yinmaz yang’oq , bodom mengizlik ,  kimining toshima yinmaz, ichima 

yenmaz qag’un, xarbuz mengizlik.  Ammo anjirning toshi hamyinur , ichi ham yinur. 

(Tabdili) 

Xabarda  kelurki,  anjir  daraxti  Odam  va  Havvoga  besh  yaproq  berdi.  Tong  otgandan 

keyin  o’sha  besh  yaproqning  birini  kiyik  yedi  –ifor  (mushk)  bo’ldi.  Birini  sigir  yedi  – 

anbar bo’ldi. Birini ari yedi- asal bo’ldi. Birini qurt yedi – ipak bo’ldi. Birini Odam yerga 

ekdi – yung bo’ldi. Qiyomarga qadar farzandlariga kafan bo’ldi. 

NUKTA.  Olloh  taolo  Odamga  yaproq  berganligi  uchun  anjir  daraxtini  jazoladi. 

Ma’lumki, barcha yeguliklar uch turli bo’ladi: birining tashi yeyilur  – olma , nok kabi , 

birining ichi yeyilur – yong’oq , bodom singari , birining tashi yeyilmas , ichi yeyilur – 

qovun , tarvuz kabi. Ammo anjirning tashi ham yeyilur, ichi ham yeyilur. 

 



 


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling