2 Mavzu : Nutq uslublari


- mavzu: Dunyo tillari va o’zbek tili. O’zbek tili kompyuter tili bo’la oladimi?


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

16- mavzu: Dunyo tillari va o’zbek tili. O’zbek tili kompyuter tili bo’la oladimi? 

 

Reja : 



1.Dunyo tillari va o’zbek tili. 

2.O’zbek tili kompyuter tili bo’la oladimi? 

Tayanch so’z va iboralar:dunyo tillari, ehtiyottalab til, o’lim xavfiga yaqinlashayotgan 

til, o’lim xavfiga duch kelgan til, o’layotgan til.  

 

 Dunyoda so’z jihatidan eng badavlat til arab va ingliz tillari hisoblanadi. Ingliz tili 



hisobida ikki yarim milliondan ortiq, arab tili hisobida esa uch yarim milliondan ortiq 

lug’at  boyligi  bor.  O’zbek  tili  zaxirasi  taxminan  1400000-1 600 000  atrofida  so’zga 

ega  ekan  .  Bu  ma’lumotlar,  albatta,  ijtimoiy  sohalarga  nisbatan  olingan  ,  xolos. 

Tilshunoslik  fanidan  ma’lumki,  qaysi  tilde  sinonimlar  –  ma’nodosh  so’zlar  ko’p 

bo’lsa,  o’sha  til  eng  boy  til;  shuningdek,    qaysitilda  shakldoshlar  –  omonim  so’zlar 

ko’p  bo’lsa,  o’sha  til  kambag’al  tillar  sirasiga  kiradi,  deya  yuritiladi.  Masalan, 

shimoliy qutbda yashayotgan eskimos  qabilasiga mansub millat tilida “qor” so’zining 

20 xil sinonimi mavjud. Arab tilida esa “cho’l” so’zining 100 dan ortiq variant bor. 

 

Yer kurrasi bo’ylab eng keng tarqalgan til esa ispancha hisoblanadi. Ispan tilining 



bu  qadar  ommalashib ketishiga  ,  avvalo, mashhur sayyohlar  , dengiz qaroqchilari va 

ispaniyalik  mustamlakachilar  sabab  bo’lib  qolgan.  Hatto  AQSH  ning  50  ta  shtatidan 

23 tasida davlat tili ispan tili hisoblanadi. 



 

Barcha tillar yashab qolish darajasi nuqtayi nazaridan quyidagicha tasnif qilinadi: 

1)    xavfsizligi  ta’minlangan  tillar:  ingliz,  xitoy,  ispan  ,  nemis,  yapon,  fransuz,  arab 

tillari;  2)  ehtiyottalab  tillar:  belorus,  yoqut,  Chechen,  tuva  tillari;  3)  o’lim  xavfiga 

yaqinlashayotgan  tillar:  chukot,  karel,  qalmiq,  udmurd  tillari;  4)  o’lim  xavfiga  duch 

kelgan tillar: aleut, ters-saam, itelmen tillari; 5) o’layotgan tillar: ayn tili, yuka(gir) tili, 

ubix tili. 

Tillarning  xavfsizligi  alifbo-imloga  ,  ko’p  sonli  so’zlashuvchilarga  va  davlat  tili 

maqomiga  egalik  hamda  axborot-kommunikatsiyalar  sohalari,  Internet  tili  ekanligi 

bilan ta’minlanadi.  

Mustahkamlash uchun savollar: 

 

1.Berilgan  turkiy  so’zlarning  boshqa  tillarga  o’zlashish  sabablari  va  ularning 



lug’aviy ma’nosini toping: tovarish, karandash,utyug, Baykal, Yenisey, bekat. 

 

Namuna:  tovarish  –  ikki  qismdan  iborat  turkiycha  (Tovar+esh)  so’z,  qadimda 



karvonlardagi mol (Tovar)ni manzilga yetkazib berishda yo’ldosh (esh) tushunilgan  – 

safardagi hamroh. 

2.Poliglotlik so’zining ma’nosini aniqlang va uning ahamiyatini tushuntiring. 

 

3.Quyidagi  SMS  xabarni  imlo  jihatidan  tuzatib  yozing.  Yozishma  madaniyati 



xususida o’z munosabatingizni bildiring. 

 

 



Sava! Tuzumsan iwla qaley bugn oqwga borasami borsen maniyam bor qildrb qoy 

vawe iwm kop tezro javop yoz 

 

 


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling