2 Mavzu : Nutq uslublari


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

5-Mavzu: Ilmiy uslub 

Reja: 

3. Ilmiy uslubdagi matnlar ustida ishlash 



 

Tayanch  so’z  va  iboralar:  Maxsus  termin,  murakkab  jumla,  kirish  va 

kiritmali qurilma, maqola, tezis, dissertatsiya, monografiya. 

Ilmiy  uslub  bilimning  turli  sohalariga  qarab  ,  shuningdek,  kimga 

mo’ljallanganligiga  nisbatan  o’zaro  farqlanadi.  Masalan,  akademik  bilimlar  fan 

sohalaridagi ma’lum bir yo’nalishning deyarli barcha tomonini qamrab oladi va o’z 

ko’lami  ,  leksikasining  murakkabligi  bilan  faqat  shu  soha  xodimlariga 

mo’ljallangan bo’ladi. Unda muayyan shartli belgi , formula, bayon qilish materiali 

ko’zga tashlanadi. Bunday matnni oddiy kishi tushunishga qiynaladi. 

 

Ilmiy  uslublardagi  kitoblar  ilm-fanga  oid  ma’lumotlar  berish  bilan 



mutaxassislargagina mo’ljallanishi  yoki bunday  ilmiy  ma’lumotlar keng ommaga 

1. Ilmiy uslub tili 

2. Ilmiy uslubning mualliflari, janrlari va qoliplari 



qaratilgan bo’lishi mumkin. Emotsionallik , obrazlilik mavjud bo’lgan uslub ilmiy-

ommabop uslub sanaladi.Ilmiy uslub shu xususiyati bilan ommabop uslubga yaqin 

turadi.  Televizor,  radio,  gazeta-jurnallarda  beriladigan  ilmiy  maqolalar  ilmiy-

ommabop bo’lishga talab qilinadi. Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam 

ishlatiladi(ishlatilganda  esa  izoh  beriladi),  fikrlar  qiziqarli  ifodalanadi.  Masalan, 

dunyoga mashhur “Jilovlanmagan Afrika”, “Ekspeditsiya”, “Kusto komandasining 

suvosti  sarguzashtlari”  kabi  ilmiy-ommabop  filmlarda  faktlar  sodda  tilde 

tushuntiriladi,  bayonda  obrazlilikni  ta’minlovchi  badiiy  tasvir  usullaridan 

foydalaniladi. 

 

Umuman  olganda,  nutq  uslublari  tilimizdagi  til  materialidan  turli  maqsad 



yo’lida  foydalanish  natijasida  hosil  bo’ladi.  Ularning  har  biri  o’ziga  xos  ichki 

imkoniyatlarga  egaki  ular  alohida  tadqiqotlar  mavzusi  bo’lgan.  Shuning  uchun 

uslublarning asosiy xususiyatlariga e’tibor berildi , xolos. 


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling