Bo‘dum erdi o‘qteg, ko‘ngul erdi ya,
Ko‘ngul qilg‘u o‘qteg, bo‘dum bo‘ldi ya.
Mazmuni:
Qaddim o‘qteg (to‘g‘ri), ko‘nglim esa yoy (dek shay) edi,
Ko‘ngil orzulari hanuz o‘qdek, (lekin) qaddim yoy bo‘ldi.
Shoir bu yerda yoshlikni, kuch-shijoatli davrni qad misolida o‘qqa, ko‘ngilni esa yoyga
tashbeh beradi, ammo yigitlikqarilik bilan o‘rin almashgach, keksa dil orzulari hamon
ilgarigiday
jo‘shqinligini, biroq bu orzu-istaklarni amalga oshirish mushkullashganini obrazli tarzda
ifodalamoqda. Qadningyoyga o‘xshatilishizamirida qahramonning mashaqqatli hayot
girdobida qolganiga ishora yotadi.Yana shunisi diqqatga sazovorki, adib qo‘llagan bu
tashbeh keyinchalik turkiyadabiyotda, jumladan, o‘zbek adabiyotida ham an’anaviy
obrazga aylanib qoldi. Yuzni oyga, tiriklik (hayot)ni rabotga,yigitlikni arg‘umoqqa,
bilimni kimyoga, so‘zni zahar yo shakarga,ko‘ngilni dengizga, shishaga, bilimni
mash’alga, zolim amaldorlarni bo‘riga, xalqni qo‘yga va bekni qo‘ychivongao‘xshatish
ham ana shunday yozma adabiyotda an’anaga
aylangan obrazlar silsilasiga mansub. Ijodkorning har bir obrazi o‘ziga xos «yuk»
ko‘tarib turadi.
Ular shoirning badiiy maqsadiga san’atkorona bo‘ysundirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |