2-mavzu : sug‘urta munosabatlarida qo’llaniladigan ibora va tushunchalar reja
Download 196.81 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ehtimollar nazariyasi
- Qayta sug’urtalash
Tarif stavkasi - sug’urta riskini baxosi; sug’urta summasiga nisbatan foizlarda
hisoblanadigan brutto-stavka. Tarif stavkasi (brutto-stavka) ikki qismdan iborat: netto-stavka va netto-stavkaga yuklama. Netto-stavka sug’urta kompaniyasining sug’urta fondidan qiladigan xarajatlarini ifodalaydi. Netto-stavkaga yuklama sug’urta kompaniyasining ish yuritish xarajatlarini, komissiya haqini va boshqa xarajatlarini o’z ichiga oladi. Shaxsiy sug’urta buyicha tarif stavkasi mol-mulk sug’urtasining tarif stavkasidan keskin farq qiladi. Hayot sug’urtasidagi tarif stavkasi hayotiylik jadvali va daromad normasiga muvofiq hisoblab chiqiladi. Ehtimollar nazariyasi - tasodifiy hodisalarning ehtimolligi bo’yicha o’zaro aloqada bo’lgan boshqa hodisalarning ehtimolligini aniqlash bilan bog’liq matematika fani. Ehtimollar nazariyasi asosida tasodifiy hodisalarning ruy berish ehtimolligi katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. Ehtimollar nazariyasi aktuar hisob- kitoblarni amalga oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Qayta sug’urtalash - sug’urtalashga riskni qabul qilish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish); sug’urtalovchi muvozanatlashgan sug’urta portfelini yaratish va sug’urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir qismini o’zaro kelishilgan holda boshqa sug’urtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi joylashtirish). Qayta sug’urtalash operatsiyalarini sug’urta kompaniyalar bilan bir qatorda asosan, ixtisoslashgan qayta sug’urtalash kompaniyalari amalga oshiradi. Qayta sug’urtalash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) ko’rinishda bo’ladi. Bundan tashqari, qayta sug’urtalash proportsional va noproportsional bo’ladi. Proportsional qayta sug’urtalashda, qayta sug’urtalovchining berilgan risk bo’yicha ulushi tsedentning o’z javobgarligiga qoladigan qismi aniq bo’lgandan so’ng aniqlanadi. Noproportsional qayta sug’urtalashda riskni berish tegishli limit doirasida amalga oshiriladi. Bu holda qayta sug’urtalovchi tsedentdan sug’urta mukofotining bir qismini oladi (proportsional qayta sug’urtalashdagidek sug’urta summasiga muvofiq keladigan sug’urta mukofotini emas). Download 196.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling