2-Mavzu: 1-Amaliy ish. Kimyo tajribaxonalarida ishlash qoidalari. Kimyoviy idishlar va asbob-uskunalar bilan tanishtirish. Kimyoviy moddalar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari. Reja
Download 1.1 Mb.
|
2-Mavzu: 1-Amaliy ish. Kimyo tajribaxonalarida ishlash qoidalari. Kimyoviy idishlar va asbob-uskunalar bilan tanishtirish. Kimyoviy moddalar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari. Reja: 1. Kimyo tajribaxonalarida ishlash qoidalari. 2. Kimyoviy moddalar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari. 3. Kimyoviy idishlar va asbob-uskunalar bilan tanishtirish. Kimyo laboratoriyasida tajribalar o`tkazish uchun o`quvchilar quyidagi ehtiyot choralarini ko`rishi kerak: Har qaysi laboratoriya ishi belgilangan joyda bajarilishi shart Mashg`ulot paytida o`quvchi mahsus kiyimsiz ishlashi mumkin emas Mashg`ulot rejasida ko`rsatilmagan ishlar bajarishi taqiqlanadi Laboratoriyada ishlanganda ozodalikka, tinchlikka va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishi lozim. Tajribani o`qituvchi ruxsati bilan boshlash lozim Zaharli va badbo`y hidli moddalar bilan qilinadigan tajribalarni mo`rili shkafda bajaring Agarda reaktivlarni hididan aniqlamoqchi bo`lsangiz uni og`zidan o`zingizga tomon oxista yelpib xidlang Konsentrlangan kislotalarni suyultirishda kislotani suvga ohista quyib, aralashtirib turgan holda suyultiring. Suvni kislotaga quyish mumkin emas Qizdirilayotgan reaktiv ustiga engashib qaramang Elektr asboblari bilan ishlashda uni to`liq izolyatsiyalanganligiga ishonch xosil qilmasdan turib ish boshlamang Benzin, spirt, efir va shu kabi oson o`t oluvchi moddalar o`t olib ketsa, qum sepi o`chiring. Suv sepilmaydi chu nki alanga hajmi kengayib ketadi Kislota ta`sirida kuygan joy avvalo mo`l miqdoridagi suv bilan, so`ngra suyultirilgan natriy bikarbonat eritmasi bilan yuviladi Mashg`ulot tugagach ishlatilgan moddalarni o`z joyiga qo`yish, asboblarni va shisha idishlarni tozalab yuvib, laborantga topshirish kerak Laboratoriyadan ketishdan oldin gaz, vodoprovod jo`mraklarini berkitilganligini, elektr asboblarini o`chirilganligini tekshirib ko`ring. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling