2-mavzu. 1945-2015 yillarda Turkiya, Eron, Afg


bo‘ldilar. Najibullo BMTning Afg‘onistondagi vakolatxonasida boshpana


Download 35.22 Kb.
bet8/8
Sana01.11.2023
Hajmi35.22 Kb.
#1737868
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu


bo‘ldilar. Najibullo BMTning Afg‘onistondagi vakolatxonasida boshpana
topdi. Shu tariqa SSSRning Afg‘onistondagi tayanchi quladi. Jahon jamoatchiligi 10 yil davom etgan va mamlakatni vayronaga aylantirgan, millionlab kishilar boshiga cheksiz kulfatlar solgan urush shu bilan tugadi, deb umid qilgan edi. Biroq bunday bo‘lmadi. Afg‘onistonda fuqarolar urushi davom
etaverdi. Buning sababi muxolifat kuchlar g‘alabasidan so‘ng ular o‘rtasida hokimiyat uchun boshlangan kurash edi. Muxolifat kuchlar Afg‘onistonda yashovchi turli etnik (pushtunlar, tojiklar, o‘zbeklar va boshqalar) hamda diniy guruhlarning vakillari edilar. Najibullo ag‘darilgach, Kobul shahrini birinchi bo‘lib general Ahmad Shoh Mas’ud boshchiligidagi tojiklarning qurolli kuchlari egalladi. Shu etnik guruh vakili Burhoniddin Rabboniy esa prezidentlik lavozimini
egalladi.
Tojiklarning hokimiyatni egallaganligiga pushtunlar lideri Hikmatyor toqatmqila olmadi. Boshqa etnik guruhlar esa o‘zlari egallab kelayotgan hududda mustahkamlanib ola boshladi. Ba’zilari goh u tomon, goh bu tomon bilan kelishishga intildi. Shu tariqa fuqarolar urushi yangi bir sharoitda davom etdi. Buning oqibatida minglab begunoh tinch aholi halok bo‘ldi. B. Rabboniy
mamlakatning kelgusi taqdirini hal etishi lozim bo‘lgan Ta’sis majlisini chaqirishni istamadi.
Bosh vazir Hikmatyor esa norozilik belgisi sifatida iste’fo berdi. Qurolli kurash yana avj oldi. Mamlakatda siyosiy vaziyat borgan sari og‘irlashdi. Mana shunday sharoitda Afg‘oniston siyosiy
hayotida hech kutilmagan yangi siyosiy kuch — tolibonlar (Alloh o‘quvchilari) paydo bo‘ldi. Ular
1994-yilning noyabr oyida kurash maydoniga chiqdilar. Xo‘sh, tolibonlar kimlar edi o‘zi? Ular Afg‘onistonda jamiyat hayotini sof islom asosida qayta qurish uchun kurashga bel bog‘lagan diniy-siyosiy guruh vakillaridir. Ularning katta qismini fuqarolar urushi davrida yetim qolgan bolalar tashkil etardi.
Sovet armiyasi Afg‘onistonga kiritilgach, ular Pokiston hududida boshpana topgan edilar. Urush davrida Pokistonga qochib o‘tgan 5 mln afg‘on qochoqlar farzandlarining ham ma’lum qismi tolibon guruhiga jalb etilgan. Tolibonlar Pokiston harbiy mashq maktablarida puxta tayyorgarlikdan o‘tganlar. Zamonaviy qurollarning deyarli barchasi bilan mukammal muomala qila olishga o‘rgatilgan. Tolibonlar rahnamosi diniy fanat (vahhobiy) Mulla Umar edi. U ismoiliylik va vahhobiylik vakili edi. Tolibonlar Pokiston va Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Xalqaro terrorist Usama ben Laden bilan mustahkam aloqa bog‘ladilar. To‘xtovsiz qonli urushdan charchagan aholining katta qismi ularni qo‘llab-quvvatladi. Tolibon qurolli kuchlari 1995-yilning yanvar oyida hujumga o‘tdilar. Tolibonlarga qarshi kuchlar orasidagi o‘zaro kelishmovchilik ularga qo‘l keldi. 1996-yilning oktabr oyida tolibonlar Kobul shahrini egalladi. So‘ng ular jamiyatni to‘la islomlashtirish siyosatini yurita boshladilar.
Dunyoviy maktablar yopildi. Ayollar paranji yopinishga, erkaklar soqol qo‘yishga majbur etildi, qarshilik ko‘rsatganlar ayovsiz jazolandi. 1997- yilning iyunida ular muxolifat kuchlarni (asosan tojik Ahmad Shoh Mas’ud va o‘zbek Abdurashid Do‘stum harbiy kuchlarini) tor-mor etish yo‘lida urushni davom ettirdi.
Mamlakat hududining 90 foizi tolibonlar nazoratiga o‘tdi. Tolibonlarga qarshi kuchlar mamlakat shimoliga siqib qo‘yildi. Ular endi birlashishga majbur bo‘ldilar. Shu tariqa Shimoliy Alyans deb atalgan ittifoq vujudga keldi.



Download 35.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling