2-mavzu. 1945-2015 yillarda Turkiya, Eron, Afg
Download 35.22 Kb.
|
2-mavzu
Bu davrga kelib qurolli muxolifat kurashni kuchaytirdi. Ular Amin hukumatini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Hukumat qo‘shinlari nazorati ixtiyorida faqat Kobul va yana bir nechta shahar qoldi, xolos. Shunday sharoitda Afg‘onistonning o‘z strategik maqsadlari doirasidan chiqib ketishini istamagan SSSR avantyuraga qo‘l urdi. 1979-yil 25-dekabrda SSSRning qo‘li bilan Amin hukumati ag‘darildi. SSSRga sodiq bo‘lgan va Pragadagi elchilik vazifasidan Afg‘onistonga kelgan B. Karmal prezidentlik lavozimiga o‘tkazildi. 28-dekabrda SSSR o‘z harbiy qismlarini Afg‘onistonga kiritdi. Tez orada bu qo‘shinlar soni 85 ming kishiga yetdi. Jahon jamoatchiligi SSSRning bu harakatini qattiq qoraladi. Ayni paytda sovet – amerika munosabatlari yanada keskinlashdi. 1982-yildan Jenevada bu masalada BMT komissiyasi ishladi. Asosan Pokiston hududiga joylashgan muxolifatchi kuchlari AQSHning zamonaviy qurollari bilan qurollantirildi. SSSR qo‘shinlari Afg‘onistonda 10 yil turdi. Harbiy operatsiyalarda qatnashdi. Biroq u himoya qilgan rejim hech nimaga erisha olmadi. Xo‘sh, nega shunday bo‘ldi? Chunki Afg‘oniston hukumati sovet nusxasidagi jamiyatni qurmoqchi bo‘lgan edi. Afg‘onistonda bunday jamiyatni qurishning esa iloji yo‘q edi. Ikkinchidan, afg‘on xalqi ko‘z o‘ngida yangi hukumat ateistik davlat armiyasini o‘z davlati hududiga kiritib katta gunohga botgan edi. Bunday hukumatni qo‘llash esa undan-da katta gunoh bo‘lur edi. Shu tariqa SSSR Afg‘onistonda harbiy muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Buni yaxshi anglab yetgan M. S. Gorbachyov SSSR armiyasini Afg‘onistondan olib chiqib ketishga qaror qildi. Va 1989-yilning fevral oyida bu vazifa amalda bajarildi. 15 mingdan ortiq sovet jangchilari halok bo‘ldi. Poytaxt Kobul shahrida AXDP rahbarlaridan biri, 1986-yilda B. Karmal o‘rniga kelgan Najibullo hokimiyatni saqlab turdi. Ayni paytda muxolifat kuchlar ham o‘z hukumatini tuzdilar. Sibhatullo Mujadaddiy mamlakat prezidenti etib tayinlandi. Muxolifat kuchlar 1992-yilda Najibullo hukumatini ag‘darishga muvaffaq Download 35.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling