2-mavzu: adabiy asarda mavzu, G‘oya, sujet va kompozitsiya reja
Adabiy asarda mavzu va g‘oya
Download 89.26 Kb.
|
2-mavzu
Adabiy asarda mavzu va g‘oya Mavzu nima? Yozuvchini hayajonga solgan va qo‘liga qalam olishga majbur etgan hayotiy material “mavzu” deb ataladi. “O‘tgan kunlar” romanining mavzusi o‘zbek xalqining XIX asr ikkinchi yarmidagi hayotidir. Mavzu odatda yozuvchi yoritmoqchi bo‘lgan ijtimoiy yoki axioqiy muammo bilan birga tug‘iladi. Shuning uchun ham “O‘tgan kunlar” romanining qisqacha so‘z boshisida muallif asar mavzusini tilga olganda, uning qaysi ruhda, qanday g‘oyaviy nuqtayi nazardan yoritilishini (ya’ni muammoni) ham bab-baravar eslaydi. Boshqacha qilib aytganda, mavzu va muammo tanlashdayoq A. Qodiriy ijodining pafosi aniq seziladi. Yozuvchi biror asari uchun mavzu tanlar ekan. uni yoritilishining hamma qirralarini boshdanoq to‘la tasavvur eta olmavdi, balki mavzuning umumiv chegaralarinigina ko‘radi. Mavzu hali asarning butun mazmuni emas, balki shu mazmunni aniqlashga va badiiy ifoda etishga chaqiruvchi bir ishoradir. Mavzu muallifning tajribasida tug‘iladi, hayot uni yozuvchining qulog‘iga quyadi, ammo uning taassurotlar xazinasida shakllanmagan holda uya solib yotadi va obrazlarni ifodalashni talab etib, yozuvchida uni shakllantirish uchun intilish tug‘diradi. Demak, mavzu yozuvchi ongi va qalbida hali badiiy shakllantirishni talab qilib votuvchi hayotiy material va ijtimoiy-axloqiy masaladir. Bir mavzu turli yozuvchilar hayotiy tajribasining xilma-xilligiga va har bir yozuvchi bu mavzuning qaysi qirrasiga e’tibor berishiga qarab turlicha yoritilishi mumkin. S.Ayniy “Qullar”, A.Qodiriy “O‘tgan kunlar” va “Mehrobdan chayon“ romanlarida bir-biriga yaqin tarixiy o‘tmish materialiga murojaat etadilar, ya’ni ikkala yozuvchi ijodida mavzu jihatidan yaqinlik bor, ammo ularning asarlari mazmun va obrazlar tizimiga ko‘ra bir-biridan jiddiy farqlanadi. Hatto bir yozuvchining o‘zi bir hayotiy materialga qaytaqayta murojaat etganda ham mavzu jihatdan bir-biriga yaqin, ammo mazmun tomondan bir-biriga o‘xshamaydigan asarlar yaratadi. Qodiriyning “O‘tgan kunlar” mavzusi haqidagi so‘zlarini “Mehrobdan chayon“ romani haqida ham aytish mumkin, ammo ma’lumki, ular mazmunan boshqa-boshqa mustaqil asarlardir. Misol uchun birgina asarning bosh qahramonlari masalasini olaylik. “O‘tgan kunlar”da Yusufbek hoji va Otabek kabi zodagonlar, “Mehrobdan chayon“da esa Anvar kabi kambag‘al oilada tug‘ilib, ruhoniy xonadonida tarbiya topgan ziyoli taqdiri tasvir markazida turadi. “Mehrobdan chayon“ mavzu jihatidan Kalvak maxzum haqidagi qissaga ham yaqin: “Kalvak maxdum“dagiga o‘xshash antiklerikal mavzu (qoloq va riyokor ruhoniylarni fosh etish) “Mehrobdan chayon“da ham markaziy o‘rinlardan birini egallaydi (Solih Mahdum obrazi). Shunday qilib, bir mavzu har xil yozuvchilar ijodidagina emas, bir yozuvchi ijodida ham xilma-xil qirrasi bilan turlicha badiiy ifoda topishi mumkin. Shu ma’noda, ba’zi yozuvchilarning ijodida yagona “bosh mavzu“ borligi, har bir asarida shu “bosh mavzu“ning turlicha qirralari aks ettirilishi haqida gapirish mumkin. Yuqorida aytilganidek, A. Qodiriy ijodining bosh mavzusi “tariximizning eng kir, qora kunlari“dir. Mavzular doirasining adabiyot uchun ahamiyati. Bir yozuvchi ijodida mavzu birligining mavjudligi uning bir mavzu bilan cheklanib qolganligini ko‘rsatmaydi. Abdulla Qodiriy asarlariga xilma-xil hayotiy material – xalqning o‘tmishdagi hayoti (“O‘tgan kunlar” va “Mehrobdan chayon“), yangi davrdagi salbiy hodisalar (“Kalvak mahzum“, “Toshpo‘lat tajang“ ) va shu davr voqealari (“Obid ketmon“) tasvir materiali bo‘lib kiradi. Adabiyotda “ishlangan“ mavzularning ko‘pligi va xilma-xilligi, ya’ni mavzular doirasining kengligi uning balog‘ati va katta ijtimoiy rolidan dalolat beruvchi ijobiy hodisalardan biridir. Faqat o‘z davri hayotining eng muhim tomonlarini keng qamrab olgan adabiyot va uning vakillarigina jamiyat hayotida katta ijobiy rol o‘ynay oladilar. Adabiyotning mavzular doirasini kengaytirish uchun kurash ilg‘or yozuvchilar faoliyatida doimo markaziy vazifalardan biri boiib keldi va shunday boiib qoladi. Ammo mavzuning bir o‘zigina yozuvchi asarining va butun adabiyotning katta ijtimoiy rolini ta’min etolm avdi: har bir mavzu unga m unosib badiiy saviyada “ishlanganda“gina asar badiiy ijod hodisasi bo‘lib, o‘zining g‘oyaviy-estetik vazifasini to‘la bajaradi. 20- yillarda Elbek o‘sha davrning juda muhim voqeasi – yer islohotiga bag‘ishlab “Qo‘shchi Turg‘un“ povestini yozgan edi. Ammo bu asar adabiyotimizda ijobiy rol o‘ynayolmadi, chunki asar badiiy jihatdan juda zaif bo‘lib, undagi obrazlar sxematik va rangsiz edi. Mavzusi muhim, ammo badiiy ijrosi sust asarlar adabiyot tarixida ancha uchraydi. Ular muhim mavzularning badiiy adabiyotda asta-sekin munosib o‘rin olishi yo‘lidagi urinishlar sifatidagina ma’lum qimmatga ega bo‘lsalar ham, badiiy adabiyot xazinasini boyita olmaydilar. Yozuvchilarning vazifasi o‘z zamoni uchun muhim, dolzarb mavzularda badiiy mukammal asarlar yaratishdir.
Download 89.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling