2-mavzu: adabiy asarda mavzu, G‘oya, sujet va kompozitsiya reja
Adabiy asarda sujet va kompozitsiya
Download 89.26 Kb.
|
2-mavzu
Adabiy asarda sujet va kompozitsiya. Sujet nima? A.Frans “Insoniyat tarixi” hikoyasida asarning asosiy g‘oyasini (“Odamlar tug‘iladilar, azob chekadilar va o‘ladilar“ degan fikrni) kitobxonga yetkazish uchun shohning olimlarga insoniyat tarixini yozishni topshirganini, bu topshiriq olimlar tomonidan qanday bajarilganini va, nihoyat, shoh bu tarixni o‘qiy olmay, ammo faqat tarixning mazmuni haqidagi fikrni eshitib, dunyodan o‘tganini hikoya qiladi. Ya’ni muallif o‘z g‘oyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmaydi, balki go‘yo “hayotda bo‘lgan bir voqea“ning tasviri orqali ifoda etadi. A .Q ahhor “O‘g‘ri“ hikoyasida adolatsizlik hukmron jamiyatda bir kishi (dehqonning ho‘kizini olib ketgan o‘g‘ri)gina emas, balki butun jam iyat tuzumi zulmkor ekani haqidagi haqiqatni bizga uqtirish u chun ho‘kizining yo‘qolishi munosabati bilan bir kambag‘al dehqon boshiga tushgan sarguzashtni tasvirlaydi. Biz bu ikki asarda ham hayotni bevosita mushohada etamiz va o‘zimiz mustaqil va muqarrar ravishda muallif aytmoqchi bo‘lgan xulosaga kelamiz. Shunday qilib, asar mazmuni asosida yotgan g‘oya badiiylik kasb etadi, asar pafosi hayotiy shaklga kiradi. G‘oya hayotning o‘zida kechgan voqea va hodisalarni mushohada qilish tufayli hosil bo‘lganidek, adabiy asarning g‘oyaviy mazmuni ham unda tasvir etilayotgan voqeaning bevosita mushohada etilishi natijasida o‘quvchi zehnida tug‘iladi. Asarda hikoya qilinayotgan voqea “sujet“ deb ataladi. (Sujet fransuzcha “predmet“, ya’ni tasvirlanayotgan yoki bayon etilayotgan narsa demakdir.) Adabiyotning kichik janrlari (masalan, hikoya)da ko‘pincha bir kichik voqea va uning tafsiloti tasvirlanadi. Yirik janrlarga mansub asarlar sujeti esa ko‘p tarmoqli bo‘ladi. Bunday holatda sujetning murakkabligi xususida gap boradi. Har ikki holda ham sujet asar mazmuniga asos bo‘lgan kichik yoki katta voqea bo‘lib qoladi. Sujet badiiy asarda tasvirlangan odamlarning o‘zaro aloqalari, ular orasidagi qarama-qarshiliklar, bir-birlarini yoqtirish yoki yoqtirmasliklari, umuman, kishilar orasidagi munosabatlar u yoki bu xarakteming, tipning tarixi, o ‘sishi, tashkil topib borishidir. “O‘tgan kunlar” romani – murakkab sujetli asar. Roman sujetidagi murakkablik uning g‘oyaviy mazmunidagi murakkablikdan kelib chiqadi va shu murakkablikni ifoda etishga xizmat qiladi. A. Qodiriy feodal tuzumning g‘ayriinsoniy mohiyatini ochish uchun o‘sha davr hayotining uch tom oniga alohida e’tibor beradi. Feodal tuzum xalqni ekspluatatsiya qilishga asoslanadi. Xon va beklar o‘z manfaatlarini ko‘zlab, to‘xtovsiz ravishda hokimiyat uchun kurashadilar va maqsadlariga erishish uchun xalqning bir qismi (qipchoqlar)ni ikkinchi qismi (qora choponlar)ga qarshi qo‘yadilar. Bu ijtimoiy hodisa “O‘tgan kunlar” romani sujetining eng katta qismini, asosiy chiziglini tashkil etadi. Ammo feodal tuzum adolatsizligining ko‘rinishlaridan biri unda “odat“ deb atalmish hodisaning hukmronligidir. Shu “odat“ga ko‘ra, farzandlar taqdiri faqat ota-onalar xohishi bilan hal etiladi. “O‘tgan kunlar”da o‘sha “odat“ ning salbiy oqibati Otabekning oilaviy hayotini tasvirlash orqali ochib beriladi. Shunday qilib, roman sujetining ikkinchi katta tarmog‘i – shaxsiy taqdir yuzaga keladi. “O‘tgan kunlar” romani sujetida ko‘zga kamroq tashlanadigan, ammo unda juda muhim o‘rin tutadigan yana bir chiziq bor. Bu, Otabek va Yusufbek hoji obrazlari orqali ifoda etilgan, vatanparvarlikni mujassam lantiaivchi chiziq – mustamlakachi Rossiyaga munosabat chizig‘idir. Roman Rossiya haqidagi suhbatdan boshlanadi va Otabekning o‘z yurti mustaqilligi yo‘lida halok bo‘lishi bilan tugaydi. Jahon adabiyotshunosligida shu narsa aniqlanganki, eng mohir yozuvchilar o‘z asarlaridagi asosiy g‘oya (“g‘araz“)ni sujet murakkabliklari ichida yashiradilar. Bu esa qanchalik yashirin bo‘lsa, asarning badiiy ta’siri shunchalik zo‘r bo‘ladi. Abdulla Qodiriy ana shu qiyin, ammo samarali yo‘ldan boradi. Muallifning mahorati shundaki, asar sujetida mavjud hamma chiziqlar bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, hayotning bir butun manzarasini yuzaga keltiradi. Konflikt – sujetning o‘zani. Ma’lumki, rivojlanish qarama-qarshiliklarning kurashi oqibatidir. Ijtimoiy taraqqiyotning xuddi shu qonuniga mos holda adabiyotda ham hayot harakatda ko‘rsatiladi. “O‘tgan kunlar” romanida dastlab kishilar bir holatda tasvir etiladi. Keyin ularning hayotida o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi (Otabekning sevib qolishi va uylanishi, xonga qarshi xiyonatda ayblanib qamalishi, bu falokatdan qutulganidan keyin ota-ona orzusi bilan ikkinchi bor uylanishga majbur bo‘lishi, Kumushning undan uzoqlashishi kabi). Bu o‘zgarishlarni maydonga keltirgan omil sujet chiziqlari ichida yashinngan qarama-qarshiliklardir. (Otabek, Yusufbek hoji va ularning maslakdoshlari bilan xon, beklar va ularning malaylari orasida m am lakatni idora etish usullariga qarashda, insonning fazilatlariga baho berishda qarama-qarshiliklar mavjud. Otabek va Kumushning oilaviy masalalarga qarashi esa xalq ongidagi, shu jumladan, Otabekning onasi va otasi ongidagi odatiy tushunchalarga tamoman ziddir.) Nihoyat, romanda tasvirlangan kishilar o‘zlarining insoniy xususiyatlari bilan bir-biriga qarama-qarshi ikki guruhga bo‘linadilar: Homid va uning atrofidagi bir qator kishilar odamiylikdan mahrum manfaatparast, Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, Qutidor va Hasanaliga o‘xshash boshqacha dunyoqarashdagi kishilar o‘zlarining insoniy sifatlari bilan ularga tamom qarama-qarshi shaxslardir. “O‘tgan kunlar” romanining mazmuni mana shu bir-biriga zid hodisalar va kishilar orasidagi kurash tasviridan maydonga keladi. Har bir asar sujeti asosida yotgan ana shu hayotiy ziddiyat “konflikt” deb ataladi. Konflikt badiiy asarda tasvirlangan xarakterlar, ifoda etilgan g‘oyalar, kayfiyatlarning kurashidir. (“Konflikt“ lotincha “to‘qnashuv“ demakdir.) XIX asr adabiyotshunosligida “konflikt“ o‘rnida “kolliziya“ termini ishlatilgan. (Bu so‘z ham lotincha bo‘lib, “to‘qnashuv“, “qattiq to‘qnashuv“, “o‘tkir bahslashuv“ ma’nosini anglatadi.) Sujetida konflikt bo‘lmagan asar ta’sirchan bo‘lmaydi, chunki unda hayotiy haqiqat yorqin va izchil ifodalanmaydi. Faqat xarakterlar to‘qnashuvi natijasidagina odam larning ichki dunyosi to‘la ochiladi. “O‘tgan kunlar” romanida adolat uchun bosh ko‘targan xalqning zolim Azizbekka qarshi harakatlarisiz asarning asosiy g‘oyasini tolaligicha anglab bo‘lmaydi. Azizbek bilan Yusufbek hojining to‘qnashuvisiz ular xarakteridagi qarama-qarshi jihatlarni tasavvur etish mumkin emas. Otabek va uning raqibi Homidning hatto qonli to‘qnashuvgacha borib yetgan munosabatlari orqaligina biz Otabekning “chin yigit“ (Qutidor ta’biri) ekanini to‘la seza olamiz. Konflikt butun asar sujeti va mazmunining yo‘naIishini ta’min etadi. Konfliktsiz sujet “yasash“ mumkin emas. Chunki sujet o‘zining chuqur mohiyati jihatidan harakat qilayotgan konfliktdir. Hayotda konfliktning uch xil ko‘rinishi ko‘proq uchraydi, badiiy adabiyotda ham asosan shu uch xil konflikt o‘z aksini topadi. Ularning biri – asar qahramonlari bilan ular yashayotgan hayotiy sharoit orasidagi konflikt “O‘tgan kunlar” romanida bu xil konflikt Otabek, Yusufbek hoji va ularning maslakdoshlari bilan feodal tuzum namoyandalari (xon, Musulmonqul, Azizbek va boshqalar) orasidagi to‘qnashuv shaklida namoyon bo‘ladi. Konfliktning ikkinchi turi bir-biriga qarama-qarshi xarakterlar o‘rtasida yuz beradi. Otabek va Homid kabi kishilar to‘qnashuvi turli xarakterlar orasidagi konfliktning yaqqol namunasidir. Bundan tashqari, “O‘tgan kunlar” da konfliktning uchinchi turi ham uchraydi. Bu asar qahramonlarining ichki dunyosidagi qarama-qarshilikning in’ikosi sifatida ular xarakteridagi ojiz jihatlar bilan kuchli tomonlarning kurashi tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, Otabek ikkinchi marotaba uylanish Kumushga nisbatan xiyonat ekanini tushunadi, bu ishning axloqsizlik ekanini tan oladi. Shuning uchun O‘zbek oyimning xohishiga qarshi borish yo‘llarini axtaradi, ammo pirovardida o‘z davrining farzandi sifatida ota-ona irodasiga bo‘ysunishdan o‘zga chorasi qolmaydi. Qutidor va Oftob oyim uchun Otabekning “musofirligi“ kattakamchilikdir, shunga ko‘ra, ular Kumushning Otabekka nikoh qilinishiga faqat uzoq mulohazalardan keyingina rozi bo‘ladilar. Otabekning ikkinchi bor uylanishi – Kumush uchun katta ruhiy zarba, ammo Kumush ham o‘z davrining farzandi. Murakkab oniy kechinmalardan keyin “unutm aslik“ni shart qo‘yib. Kumush ham o‘z sevgilisining ikkinchi xotin olishiga rozi bo‘ladi. Yozuvchilar hayotdagi konfliktlarni badiiy asarda yana ham bo‘rttiribroq, yorqinroq tasvirlashga harakat qiladilar. Bu qoidaga, ayniqsa, dramaturglar alohida e’tibor beradilar. Lekin roman ham konfliktsizlikni ko‘tarmaydi. Konflikt roman mazmuni va vositalarining ajralmas qismidir. Sujetning tarkibiy qismlari “O‘tgan kunlar” romani quyidagicha boshlanadi: “1264-hijriya, dalv oyining o‘n yettinchisi, qish kunlarining biri, quyosh botgan, tevarakdan shom azoni eshitiladir... Darvozasi sharqi-janubga qarab qurilgan bu dongdor sarovni Toshkent, Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi birikki hujrani istisno qilganda boshqalari musofirlar bilan to‘la. Saroy ahli kunduzgi ishlaridan bo‘shab hujralariga qavtganlar, Ko‘p hujralarning egalari kechki osh pishirish bilan mashg‘ul, shuning uchun kunduziga qaraganda saroy jonli: kishilarning shaqillashib so‘zlashishlari, xoxolab kulishlari sarovni ko‘kka ko‘targudek. Sarovning to‘ridagi boshqalarga qaraganda ko‘rkamroq bir hujrada qip-qizil gilam, ipak va adras ko‘rpalar to‘shalgan. Agar boshqa hujralarda qora chiroq sasib turgan boisa, bu hujrada sham yonadir. O‘zga hujralarda yengil tabiatli serchaqchaq kishilar bo‘lsalar, bu hujraning egasi og‘ir tabiatli, ulug‘ gavdali, ko‘rkam va oq yuzli, qora ko‘zli va endigina murti sabza urgan bir yigit. Qandaydir bir xayol ichida o‘tirgan bu yigit Toshkentning mashhur a’yonlaridan bo‘lgan Yusufbek hojining o‘g‘li – Otabek. Saroy darvozasidan ikki kishi kelib kirgach, ulardan biri darvoza yonidagi kimdandir so‘raydi: – Otabek shu saroyga tushganmi?“ Bu parcha asar qahramoni va uning endi hikoya qilinishi lozim bo‘lgan sarguzashtining qaysi sharoitda boshlanayotgani haqida o‘quvchiga ilk ma’lumot beradi. Asarning bunday qismi ekspozitsiya deb ataladi. (“Ekspozitsiya“ (lotincha) – “bayon“, “tushuntirish“ demakdir.) Ekspozitsiya sujet va konflikt boshlanishidan avval keladigan muqaddimadir. Yuqoridagi parchadan ekspozitsiyaning adabiy asardagi vazifasi aniq ko‘rinib turibdi. Bu parcha, birinchidan, o‘quvchini asar qahramonining asosiy sifatlari bilan tanishtiradi. Ikkinchidan, bu ekspozitsiya o‘quvchi diqqatini qahramonning xarakter xususiyatiga jalb etadi, uning shaxsiyati va taqdiriga qiziqish uyg‘otadi. Uchinchidan, harakatning, voqeaning, qahramon sarguzashtining qaysi sharoitda boshlanayotganidan xabardor qiladi. Ekspozitsiyaning muhim sharti va fazilatlaridan biri uning qisqa va mazmundor bo‘lishidir. Hatto shu kichik ekspozitsiya ham bizga faqat qahramon va u harakat eta boshlaydigan sharoit haqida ma’lumot berish bilangina cheklanmaydi, balki bizni qahramonning bundan keyingi sarguzashtlarini to‘g‘ri tushunishga tayyorlaydi. Ekspozitsiyaning hamma qirralari asar boshida to‘la tasvirlanishi shart emas, aksincha, eng yaxshi yozuvchilar asar ekspozitsiyasiga oid ikkinchi darajali tafsilotlarni bayon etishni keyinroqqa qoldirib, qahramonlarni tezroq harakatga keltirishga intiladilar. Yuqoridagi parchaning karvonsaroyga ikki kishining kelib kirishi va ular asarning bosh qahramoni bilan qiziqqanligini tasvirlashdan boshlanishi tasodifiy emas. “O‘tgan kunlar”ning ekspozitsiyasi aslida o‘sha parchada keltirilgan ma’lumotlar bilan cheklanmaydi. Masalan, biz keyinroq Otabekning Marg‘ilonga “dalv oyining o‘n yettinchisi“dan avval kelganini bilamiz. Keyinroq marg‘ilonlik ba’zi bir savdogarlarning Otabekning otasi Yusufbek hoji bilan bundan o‘n besh yilcha burun oshna bo‘lganliklari ham ma’lum bo‘ladi. Bu ma’lumotlarning hammasi “O‘tgan kunlar” sujetidagi ekspozitsiyaning bolaklaridir, ular asar boshidagi qisqacha ekspozitsiyadan tashqarida, ammo qahramonning avvalgi hayotining bir bo‘lagi sifatida sujetga kiradi va uni harakatga keltiradi. Masalan, Yusufbek hojini avvaldan yaxshi tanigan Ziyo shohichi Hasanali bilan birga Otabek nomidan Qutidornikiga sovchi bo‘lib boradi. Asarning umumiy ekspozitsiyasidan tashqari, undagi yirik obrazlarning ham o‘ziga xos mustaqil ekspozitsiyasi bor. Hasanalining qanday qilib Otabekka ma’naviy ota bo‘lib qolgani, Yusufbek hojining davlat arbobi sifatida hurmat qozonishi, O‘zbek oyimning “Harakat" atamasi adabiyotshunoslikda jismoniv harakat ma’nosida emas, balki sujetning rivoji, asar qahramonlarining ishlari, bir-birlariga munosabatlaridagi o‘zgarishlar, ular qarashidagi siljishlar ma’nosida qo‘llaniladi. Toshkent a’yonlari oilalaridagi mavqeyi va o‘ziga xos xulqi tarixi – bularning hammasi romanda tasvir etilgan ayrim obrazlarning ekspozitsiyasidir. O‘zaro jam bo‘lib, asarning umumiy ekspozitsiyasini tashkil etadigan bu “jajji ekspozitsiyalar“ romanda tasvir etilgan asosiy voqealardan („1264- hijriya, dalv oyining o‘n yettin chisi“ dan) avval sodir bo‘lgan. Yozuvchilar, ko‘pincha asarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatdan boshlab, ekspozitsiyani o‘sha harakatning tasviri jarayonida yuzaga keltiradilar. Masalan, “Mehrobdan chayon” Solih Mahdumning uyiga go‘sht ko‘tarib kelishidan boshlanadi. Anvaming voyaga yetishi tarixi, u bilan Ra’no o‘nasida muhabbatning paydo bo‘lishi (sujet ekspozitsiyasi) esa o‘quvchiga keyinroq ayon bo‘ladi. Ulug‘ yozuvchilar ko‘pincha ekspozitsiyaning mana shunday berilishini, ya’ni tasvirning harakatdan boshlanishini ma’qul ko‘radilar. Shunday qilib, ekspozitsiya sujetning ilk va sokin holatidir, ammo unda bo‘lajak konflikt va sujet rivojining “urug‘lari” yashirin holda vashaydi. Ekspozitsiya asarning boshi, o‘rtasi va hatto oxiridan joy olishi mumkin. Masalan, detektiv asarlarda ko‘pincha butun sujet ana shu “ilk holat" (jinoyatning sodir bo‘Iishidan avval mavjud holat va jinoyatning sodir bo‘lishi sabablari)ni aniqlashdan iborat bo‘ladi. A. Qodiriy ham ba’zi hikoyalarida ekspozitsiyani asar mazmunining oxiriga qo‘yadi. “O‘tgan kunlar” sujetining ayrim joylarida, kichik voqealar tasvirida, muallif shu voqea ekspozitsivasini u haqdagi hikoyaning oxirida bayon etadi: Otabek Marg‘ilonda ilk bor qamalganida Kumush shahar begi oldiga Yusufbek hojining avval yozgan xatini olib kelib, sevgilisini o‘limdan qutqaradi. Bu voqeaning ekspozitsiyasini, ya’ni o‘sha xat Kumushning qo‘liga qanday qilib tushganini esa biz Otabek qutqarilgandan keyingina bilamiz. Sujetning ikkinchi tarkibiy qismi tugundk.
Tugun konfliktning ilk marotaba ro‘vobga chiqishi va sujetning rivojlana boshlashiga turtki berilishidir. Tugun bevosita ekspozitsiyadan o‘sib chiqadi. “Dalv oyining o‘n yettinchisi”da ikki marg‘ilonlik bilan bo‘lgan uchrashuvda Otabekning bo‘ydoqligi va shu vaqtgacha nima uchun uylanmaganligi haqida gap boradi. Shu yerdan sujetdagi “shaxsiy chiziq”ning rivoji boshlanadi: kitobxon yozuvchining maqsadlaridan biri Otabekning uylanishi tarixini tasvir etish ekanini tushunadi va uning qahramon taqdiriga qiziqishi ortadi. Asta-sekin tugun maydonga kela boshlaydi va Hasanali bilan Ziyo shohichining mushohadalari orqali Otabekning Kumushga ko‘ngil bergani aniqlanadi. Bu endi tugundir, chunki unda o‘quvchi tomonidan hal bo ‘lishi kutiladigan masala – jumboq bor. Bundan keyingi bobda Ziyo shohichining uyida bo‘lgan uchrashuvda Homidning ham Kumushga nisbatan qandaydir niyatlari borligini bilamiz. Tugun biz uchun yana ham murakkablashadi, o‘tkirlik kasb etadi, konflikt holiga kira boshlaydi. Shu uchrashuvda Otabekning mamlakatdagi ahvolga munosabati, Rossiyadagi nisbatan ilg‘or ijtimoiy tartibga havas qilishi ma’lum bo‘ladi. Biz qahramonning taqdirida bu holatning ham katta rol o‘ynashi mumkinligini seza boshlaymiz, ya’ni yuqorida “ijtimoiy hodisa deb ataganimiz sujet chizig‘ining tuguni hosil bo‘ladi. Keyinroq esa Homidning chaqimchiligi natijasida Otabek va Qutidor qamoqqa olinadilar: tugundan yana bir konflikt o‘sib chiqadi. “O‘tgan kunlar”da tasvirlangan har bir yirik shaxs taqdirida mana shunday tugun bor: Y usutbek hoji bilan Azizbek, Otabek bilan O‘zbek oyim va Kumush, Kumush bilan Zaynab munosabatlarining har biri shunday tugunga ega. Mana shu tugun va konfliktning asta-sekin ochilishi va hal bo lihsli jarayoni sujetning yana bir muhim tarkibiy qism ini – voqealar rivojini tashkil etadi. Konflikt va sujetning rivoji o‘tkirlasha borib, sujetda juda qaltis holat yuzaga keladi. Bu holat kulminatsiya deb ataladi. (“Kulminatsiya (lotincha) “cho‘qqi“ demakdir.) Kulminatsiya xarak terlar orasidagi to‘qnashuvning eng o‘tkir, hal etuvchi holatidir. Yusutbek hoji bilan Azizbek orasidagi kurashning eng baland, eng qaltis cho‘qqisi Toshkent xalqining Yusufbek hoji rahbarligi ostida qo‘zg‘olon ko‘tarishidir. Otabekning Xudoyorxon va Musulmonqul huizurida ko‘rsatgan jasorati uning feodal tuzumga munosabatidagi eng baland, eng qaltis holat, ya’ni kulminatsiyadir. Otabek, Kumush va Zaynab munosabatlaridagi kulminatsiya esa Zaynabning o‘z raqibasini zaharlashga qasd etishidir. Sujetning bunday kulminatsion cho‘qqilarida bellashuvchi xarakterlar eng yorqin ravishda nam oyon boladilar. Sujet rivojida kulminatsiya “yechim“ni tayyorlaydi va uning bevosita muqaddimasi rolini o‘ynaydi. Yechim tugun asosida maydonga kelib, sujetda o‘z rivojini topgan konfliktning hal etilishi, xarakterlar kurashining yakunlanishidir. Badiiy asarlar yechimi o‘quvchi va tomoshabinda qoldiradigan taassurori jihatidan har xil bo‘lishi mumkin. Ba’zi o‘quvchi va tomoshabinlar badiiy asarlar vechimining xayrli bo‘lishini, ya’ni qahramonlarning eson-omon qolishlari va murod-u maqsadlariga yetishishlarini xohlaydilar, hatto yozuvchilardan shuni talab etadilar. Ular badiiy asar yechimining yozuvchi ixtiyori bilan yaratilmasligini tushunmaydilar yoki tushunishni istamaydilar. Har bir adabiy asarning yechimi uning haqqoniy mazmunidan, unda tasvirlangan xarakterlar va voqealarning mantiqiy rivojidan kelib chiqadi. Bunday yechim hatto yozuvchining o‘zi uchun ham kutilmagan bir hodisa bo‘lishi mumkin. Masalan, L.Tolstoy Anna Kareninaning o‘limi o‘zi uchun tasodif ekanligini, lekin “Anna Karenina“ romanining yechimi boshqacha bo‘lishi mumkin emasligini qayd qilgan. “O‘tgan kunlar”da shartli ravishda qayd etganimiz sujet chiziqlari turli yechimga ega. Otabek va Homid nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan sujet chizig‘ining yechimi avval Otabekning g‘alabasi, Homid va uning sheriklarining bosh qahramon qo‘lida halok bo‘lishi shaklini oladi. Yusufbek hoji va Otabekning mamlakat siyosiy tuzumiga aloqador sujet chizig‘i Yusufbek hojining ijtimoiy faoliyatdan va, umuman, hayotdan “etak silkishi”, keyinroq Otabekning mustamlakachilarga qarshi jangda halok bo‘lishi bilan tugallanadi. Yechim asarda o‘rtaga qo‘yilgan asosiy muammoning hal etilishini ifodalagani sababli undan keyin asosiy voqea davom qilmaydi, faqat mazmunning to‘laligi uchun kerakli ba’zi qo‘shimcha axborotni o‘quvchiga yetkazishga qaratilgan xotima keladi. Otabekning Marg‘ilondan qaytib, Toshkentda so‘nggi bor bo‘lishi va Kumush qabrini ziyorat etishi Otabek va Kumush munosabatlarini aks ettiruvchi sujet chizig‘ining xotimasidir. Roman oxirida muallif Otabekning o‘g‘li va nabiralari haqida ba’zi ma’lumotlarni keltiradi. Bu “O‘tgan kunlar“ning xotimasidir. Download 89.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling