2-mavzu: adabiy asarda mavzu, G‘oya, sujet va kompozitsiya reja


Adabiy asarda inson tasviri. Ijodiy niyat va inson tasviri


Download 89.26 Kb.
bet6/10
Sana09.05.2023
Hajmi89.26 Kb.
#1447884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu

Adabiy asarda inson tasviri. Ijodiy niyat va inson tasviri. Adabiyotning o‘ziga xosligi haqida avvalgi faslda bayon etilgan hamma talab va xususiyatlarning amalga oshirilishi natijasi o‘laroq badiiy asarda inson tasviri maydonga keladi. Muallif hayot haqida nimaiki demoqchi bo‘lsa, shuning hammasi pirovardida badiiy asarda tasvir etilgan odamlarning yashash sharoiti, xulq-atvori, ruhiyati, ishlari, intilishlari va o‘ylarida (qisqa qilib aytganda, taqdirida) o‘z ifodasini topadi.
Insonshunoslikdan iborat badiiy adabiyot asarlarida biz odamlarning turli darajada tafsilot va chuqurlik bilan tasvirlanganining guvohi bo‘lamiz. “O‘tgan kunlar” romanida Otabek va Kumush hayoti asardagi boshqa hamma kishilardan ortiqroq tafsilot bilan tasvir etiladi. Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor, Homid va Hasanali kabi kishilar romanda ularga nisbatan kamroq o‘rin egallaydi. Normuhammad qushbegi, Ziyo shohichi, Usta Olim, Rahmat va boshqa ko‘pgina kishilar esa “roman maydoni“dan yana ham kamroq joy oladilar. Shunday qilib, asarda tasvir etilgan shaxslarning badiiy tavsiflanish darajasi bir xil emas. Bu yozuvchining niyatiga bog‘liq hodisadir. “O‘tgan kunlar”da A.Qodiriy XIX asrning birinchi yarmi hayotini ikki kishining – Otabek bilan Kumushning shaxsiy taqdirini tasvirlash orqali ko‘rsatib berishni niyat qilgan. Shu sababli asarda tasvirlangan boshqa kishilar roman mazmunidan shu ikki shaxsning taqdiriga nisbatan tutgan o‘rniga yarasha joy olganlar. Badiiy asarda ozmi-ko‘pmi tasvir etilgan har bir shaxs personaj deb ataladi. “Personaj“ (fransuzcha) – “kishi, shaxs“ demakdir. “O‘tgan kunlar” mazmunida turlicha o‘rin egallagan Otabek ham, Musulmonqul ham, Oftob oyim ham personajlardir. Adabiyotshunoslik va adabiy tanqidda “epizodik personaj“ degan atama ham uchraydi. Bu atama asarda personajning juda kam (ko‘pincha bir m arotaba) ko‘rinadigan shaxs ekaniga ishoradir. Ammo personajning faqat bir yoki ikki-uch epizoddagina ko‘rinishi bu personajning asar mazmunidagi roli ahamiyatsiz ekanidan dalolat bermasligi ham mumkin. “O‘tgan kunlar”da Xudoyorxon va Musulmonqul bir marta tasvir etiladi. Ammo bu personajlarning roman g‘oyaviy mazmunida tutgan o‘rni kattadir, ular feodal hokimiyatining cho‘qqisi tariqasida o‘quvchi zehnidan joy oladilar. Xushro‘ybibi ham epizodik personaj bo‘lishiga qaramay, roman sujetida katta rol o‘ynaydi: Kumushning zaharlanishi aslida Xushro‘ybibining ishidir.

Download 89.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling