2-Mavzu: Aeroportning xizmat-texnik hududini loyihalash Reja


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana26.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1127006
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu

 
Maxsus maydonchalar. 
Aeroport yoki Aerodromda turli vazifalarni bajaradigan maxsus 
maydonchalar bo‘ladi: aviadvigatellar ishga tushiriladigan; angaroldi; ishlar 
nihoyasiga yetkaziladigan; og‘ishlar bartaraf etiladigan; gazlar yo‘qotilib, 
moylanadigan (aviatsiya kimyoviy apparatlarini ham); perron mexanizatsiyasi va 
maxsus avtotransport uchun. 
Aviadvigatellar ishga tushiriladigan maydonchalar HK ning perrondan 
startga o‘tish yo‘lida joylashadi; yonilg‘ini tejash maqsadida SUQT ning uchiga 
yaqin joylashtiriladi; bunda to‘siqlarga bo‘lgan cheklash, radiotexnika vositalarning 
barqaror ishlashini ta’minlash, shovqin va radionavigatsiya tizimining o‘ta yuqori 
chastotali nurlanishiga bo‘lgan talablar bajarilishi kerak. Bunday maydonchalar 
perron yaqinida ham joylanishi mumkin. 
Aviadvigatellar ishga tushiriladigan maydonchalarda bir vaqtning o‘zida 
turadigan HK lar soni bir soatda uchib ketadigan HK lari soni orqali aniqlanadi. 
HK si angaroldi maydonchada, unga kirishdan oldin to‘xtaydi. Bu 
maydonchalar angar darvozasi tarafida bo‘ladi, TJ va ishlar nihoyasiga etkaziladigan 
maydonchalar bilan rullash yo‘llari vositasida tutashadi. 


Ishlar nihoyasiga yetkaziladigan maydonchalarda dvigatelning ishi 
tekshiriladi, HK ga davriy texnik xizmat ko‘rsatilishi oldingi dastlabki va keyingi 
yakuniy ishlar, nazorat tekshiruv ishlari bajariladi. Bu maydonchadagi TJ lar soni 
angardagi joylar soniga teng bo‘ladi; angar yaqiniga (50m va undan nari) quriladi va 
angar maydonchasiga tutashadi yoki u bilan RY vositasida tutashadi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling