2-Mavzu: Aeroportning xizmat-texnik hududini loyihalash Reja
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Maxsus maydonchalar. Tayanch so‘zlar va iboralar
2-Mavzu: Aeroportning xizmat-texnik hududini loyihalash Reja: 1. Rullash yo‘llari, perronlar va TJ larini rejalashga bo‘lgan umumiy talablar. 2. Rullash yo‘llari tarmog‘ini rejalash. 3. Rullash yo‘llarining eni va ular orasidagi masofa. 4. Aerodromda havo kemalari turish joylari sonini aniqlash. 5. Havo kemalarini turish joylariga qo‘yish. 6. Passajir perronlarini tanlash. 7. Maxsus maydonchalar. Tayanch so‘zlar va iboralar: Yurgizib borish yo‘lakchasi, turlari, vazifasi, kengligi, perronlar, turlari, to‘xtab turish joylari, soni, o‘lchami, HKni joylashtirish, maxsus maqsadlardagi maydonchalar, turlari, vazifalari. Rullash yo‘llari, perronlar va TJ larini rejalashga bo‘lgan umumiy talablar. Muhandislik kommunikatsiyalari tizimi (rullash yo‘llari, perron, turish joylari) HK larining Aerodromdagi funksional-texnologik jarayonlarni bajarish samarasini va eng katta o‘tkazuvchanlikni ta’minlashida muhim ahamiyatga ega. HK lari rullash yo‘llaridan yuradi: qo‘ngandan so‘ng SUQT sidan perronga, turish joylariga va maxsus maydonchalarga o‘tadi; uchish uchun - teskari yo‘nalishda jarayon ro‘y beradi. Odatda RY ining eni bitta HK siga mo‘ljallab quriladi, demak HK lari ro‘parama-ro‘para yurishi yoki biri ikkinchisini aylanib o‘tishi mumkin emas, shuning uchun bunday imkoniyatlarga ega bo‘lgan rullash yo‘llari tizimi quriladi. Rullash yo‘llari vazifasiga ko‘ra magistral, tutashtiruvchi va yordamchi turlarga bo‘linadi. Magistral rullash yo‘llari (MRY), qoidaga ko‘ra, SUQT si bo‘ylab joylashadi va uning bir boshidan ikkinchisiga qisqa masofa bilan borish imkonini beradi. Tutashtiruvchi RY lari SUQT sini MRY bilan bog‘laydi. Tutashuv HK si yurishni to‘xtatishi mo‘ljallangan joylarda bo‘ladi, u erdagi SUQT ning qolgan qismiga ko‘tarilish uchun o‘tadi. Yordamchi RY lari turish joylari va maxsus maydonchalarni MRY lari va perron bilan tutashtirishga xizmat qiladi. SUQT siga ulanadigan tutashtiruvchi RY ning soni va joylashuvini, qoidaga ko‘ra, variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash yo‘li bilan topiladi. Bunda, qatnov cho‘qqisiga chiqqan paytda SUQT harakatning berilgan jadalligini va o‘tkazuvchanlikni ta’minlashi kerak. RY lari tizimini loyihalashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi zarur: HK larini, transport va mexanizatsiya vositalari tez va xavfsiz harakatlanishini ta’minlashi; HK larining harakat yo‘nalishi to‘g‘ri chiziqli bo‘lishi lozim; yo‘l o‘zgarganda burilish radiusi berilgan tezlikni pasaytirmaydigan va xavfsiz bo‘lishi kerak; RY larning burilishlari iloji boricha kam bo‘lsin; Aerodrom elementlari orasida eng qisqa masofalarni ta’minlashi va har bir zonadan eng ko‘p foydalanishni ta’minlashi zarur; RY ning sun’iy qoplamalari mustahkamlik jihatdan SUQT ning uchlaridagi qoplama singari bo‘lishi kerak (A uchastkalar guruhi); Tamg‘alar va uskunalarni rullash belgilari bilan ta’minlash; Quyi toifa Aerodromlarda, masalan D toifa yoki xalq xo‘jaligi uchun ishlaydigan Aerodromlarda magistral va SUQT ning uchlarida tutashtiruvchi RY ni qurmaslik mumkin. Bunday holda SUQT ning chekka qismlarida xavfsiz burilish uchun qoplama eni kengaytirilib HK si SUQT ning o‘qiga tez moslanib olinishi lozim. Magistral RY larning tutash joylarida, SUQT ning boshlanishida, uning yon qirrasidan kamida 30-60 m narida startoldi maydonchalari quriladi; HK larini unda to‘xtatib, dvigatel ishlashi tekshirib olinadi; shuningdek, bajariladigan startga chiqish uchun kutib turiladi, HK si shatakda bo‘lsa, shatakchidan chiqarib olinadi yoki unga olinadi (2.1 - rasm). 2.1 - rasm. Aeroportda startoldi maydonchalarining joylashish sxemasi a - Domodedovo, Oxar-Chikago, Deyton (AQSh),b-Gatvik-London (Angliya);v- Dallas (AQSh), Istambul-(Turkiya); g - Orli va Ruassi (Fransiya); d - Sxipxol (Gollandiya); e - Ruzine (Ruminiya). Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling