2-Mavzu: Aeroportning xizmat-texnik hududini loyihalash Reja
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rullash yo‘llari tarmog‘ini rejalash.
Perron - Aerodromning muhim elementi, uchish maydonining bir qismi; HK lari, passajirlarni o‘tkazish va tushirish, bagaj, pochta va yuklarni ortish - tushirish maqsadida joylashtirish va boshqa tur xizmatlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Perronlar passajirlar uchun va yuklar bo‘ladi. Aerovokzal va perron orasida ko‘pincha aviaperron bo‘ladi; u yerda passajirlar to‘planadi. Aerodrom kompleksida muhim o‘rin tutadigan element turish joylari (TJ) dir; ular perron yoki maxsus maydonchalarning bir qismi hisoblanadi. U yerda HK lari turadi va ularga turli xizmatlar ko‘rsatiladi. HK lari yakka-yakka yoki guruh- guruh bo‘lib turishi mumkin. Rullash yo‘llari tarmog‘ini rejalash. To‘g‘ri loyihalangan va oqilona joylashtirilgan RY lari HK larining Aerodromdagi harakatlarini eng yaxshi tarzda tashkil qilish, xavfsizlikni ta’minlagan holda kam vaqt sarflash imkonini beradi. Havo kemalari rullashdagi eng katta ekspluatatsiya tezligi magistral va tutashtiruvchi RY larda 8,3 …13,8 m/sek (30…50 km/soat), yordamchi RY larda - 2,8 …13.8 m/sek (10…50 km/soat). RY larida burilishlar bo‘lsa, havo kemalarining tezligi sezilarli pasayadi. Masalan, 900 burchak ostida 3-4 ta burilish bo‘lsa, tezlik 25-30% kamayadi. HK larining harakat jadalligi oshgan sari, ularning RY laridagi tezligini ko‘paytirish zarur bo‘ladi. Biroq xavfsizlik, passajirlar qulayligi degan talablar bu tezlikni cheklab turadi. HK lari SUQT sidan tezkor RY iga o‘tishida 22..28 m/sek (80…100 km/soat) bo‘lishi mumkin. HK larining harakat jadalligi soatiga 15 ta ko‘tarilish-qo‘nish amallariga teng bo‘lganda SUQT sining uchlariga tutashadigan magistral RY va tutashtiruvchi RY quriladi. Jadallik soatiga 25 amal bo‘lganda tutashtiruvchi RY, SUQT ga 900 ostida bo‘lishi kerak. Jadallik 25 amaldan ortib kesa, shunday tutashtiruvchi RY ni qurish kerakki, SUQT dan tushib kelayotgan HK lari 22…28 m/sek (80…100 km/soat) dan ham ortiq tezlikda harakat qila olsin. Magistral RY lari odatda SUQT ga parallel yotqiziladi, shunda uning uzunligi minimal bo‘ladi. SUQT da RY da havo kemalari mustaqil harakat qilsa, xavfsizlik shartidan kelib chiqib, bu yo‘l bilan polosa oralig‘i uzoqroq bo‘lishi kerak. Bu shart quyidagi shart bajarilishini talab qiladi: l m.r. = N/tg = 10H (2.1) bu yerda; H - magistral RY da harakatlanayotgan HK sining balandligi; tg - xavfsizlikning yonlama polosasida xavfsizlik chizig‘ining qiyaligi, me’yor bo‘yicha 1:10(0,1). Tezkor tutashtiruvchi RY mavjud bo‘lganda uni UQT dan uzoqlashtirish, MRY ga chiqayotganda tezlikni odatdagi 5,5…8,3 m/sek (20…30 km/`soat) gacha pasaytirish imkonini berishi kerak. Bunda o‘rtacha sekinlashuv 1 m/sek 2 atrofida bo‘lishi kerak. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling