2-Mavzu: Aeroportning xizmat-texnik hududini loyihalash Reja


«Rullash o‘qiga parallel»


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana26.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1127006
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu

«Rullash o‘qiga parallel». Bu usulda kattaroq - passajir perroni kerak 
bo‘ladi; joydan chiqarishda esa yuqori chastotali shovqin va reaktiv gaz-havo oqimi 
qo‘shni TJ ga qaratiladi. Bu usulda shatakchi kuchidan ham foydalaniladi. HK ni 
bino fasadiga parallel joylashtirganda oldingi va orqa eshiklarni ko‘chmas trap 
yordamida galereya bilan ulash mumkin. (2.4. v - rasm). 
«Ikkita RY o‘rtasiga joylash». HK larini ikkita parallel RY o‘rtasiga, 
bortlari bilan yonma-yon joylashtirish ochiq ko‘p qatorli perron paydo bo‘ladi. TJ 
ga kirish, chiqish oddiy, biroq passajirlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun 
xavfsizlik talablariga to‘la javob bermaydi, chunki ularning yo‘l haqlari, maxsus 
avtotransport va mexanizatsiya vositalari yo‘li bilan kesishadi (2.4. g - rasm). 
«Tumshug‘i bilan ichkariga». Bu usulda HK TJ ga o‘z kuchi bilan kiradi, 
chiqishda esa shatakchi tortib, dvigatelni ishga tushiradigan joygacha olib boradi. 
(2.4. d - rasm). Bu usul dunyo amaliyotida ko‘p qo‘llanadi. Usul «Tumshug‘i bilan 
ichKari, burchak ostida» usuli kabi afzallikka ega, lekin bunda sun’iy qoplamali 
maydon kamroq talab etiladi. 
«Tumshug‘i bilan ichkariga» (aerovokzalga) va «Tumshug‘i bilan 
tashkariga». (aerovokzaldan) sxemalarning farqi shundaki, birinchisi ancha qulay, 
chunki passajirlar eshigi aerovokzalga yaqin turadi. Ikkinchisi shovqin va reaktiv 


oqim ta’sirini kamaytiradi, chunki HK bu erda burilayotganda kam massaga ega 
bo‘ladi va kamroq maydon talab qilinadi (2.4.ye - rasm). 
Passajir perronlarini tanlash 
 
Bosh yo‘nalishning UQT siga nisbatan perron shunday joylashtiriladi: 
UQT ga nisbatan markaziy zonada yoki startlar tez-tez bo‘lib turadigan 
siljigan holda (bitta yoki bir-biriga yaqin, parallel ikkita UQT si bo‘lgan 
Aerodromlarda); 
UQT lari orasida (tasmalari bitta yoki bir nechta, lekin bir-biridan kamida 1 
km olis bo‘lgan Aerodromlarda). 
Bitta UQT li Aerodromlarda HK ni rullash yo‘lini kamaytirish maqsadida 
perron va TJ ni UQT bo‘ylab, uzunasiga joylashtiriladi. 
Yekspluatatsiya amaliyotida ko‘rinishicha, perronlar va saqlash TJ larini 
bir-biriga yaqin qurish maqsadga muvofiq. Perron va TJ larni bir-biridan ayricha 
joylashning qator kamchiligi bor. Bulardan asosiysi - qoplama yuzasidan unumli 
foydalanilmaydi. Kunduzgi harakat jadalligi katta, perrondagi TJ lar band, saqlash 
TJ lari esa bekor yotadi. Tungi soatlarda perron bo‘shab qoladi va HK lari TJ larda 
to‘planadi. Shu tarzda sutka davomida perron yoki TJ larning qandaydir qismi doim 
bekor yotadi. 
Perronlarni loyihalaganda yoki aerovokzalga yaqin (binosiga tutash), yoki 
undan uzoqroq joylashtiriladi. Keyingi holatda passajirlar TJ ga maxsus 
avtotransport bilan tashiladi. 
Passajirlarni HK ga o‘tkazishni tashkil etishga qarab, perronlar bir pog‘onali 
va ikki pog‘onali bo‘ladi. Birinchisida passajirlar perron sathida yurib chiqadilar. 
Ikkinchisida passajirlarning yurib chiqishi va HK ga o‘tirishi aerovokzalning 
ikkinchi qavati sathida yoki teleskopik trapning maxsus inshootida kechadi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling