2-Mavzu: Aeroportning xizmat-texnik hududini loyihalash Reja


Rullash yo‘llarining eni va ular orasidagi masofa


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana26.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1127006
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu

 
Rullash yo‘llarining eni va ular orasidagi masofa. 
 
Rullash yo‘llari eni rullash xavfsizligi sharoitidan kelib chiqib 
belgilanadiki, bunda HK si yo‘ldan tashqariga chiqib ketmasligi va yo‘l 
qoplamasining chetlarini buzmasligi lozim. Bu yo‘llarda tezlik shunday bo‘lishi 
kerakki, ko‘tarish kuchining engillatuvchi ta’siri kam bo‘lsin. Rullashda harakat 
yo‘nalishi RY ning tamg‘ali o‘q chizig‘iga mo‘ljallanadi. Biroq bunday harakatga 
kuchli shamol, qoplamaning notekisliklari, oldingi tayanchni boshqarish ishlarining 
xususiyatlari, uchuvchining harakatlari ta’sir etadi va sinusonda egri chizig‘iga 
yaqin traektoriyada kechadi. 
Loyihalashda RY eni 2.05.08-97 QMQ ning talablari va Aerodrom klassi 
asosida qabul qilinadi. Muayyan turdagi HK si uchun RY ning zaruriy enini 
belgilashda shundan kelib chiqiladiki HK si harakatlanganda g‘ildiraklar oldingi 
izlardan oqib ketadi. Bundan tashqari, qoplama chetini buzmaslik sharti hisobidan 
bir oz zaxira qoldiriladi. Bu shartdan kelib chiqib (5.2. - rasm) RY ning eni quyidagi 
formuladan topiladi: 
B
rd 
═B
k
+ B
t
+B
pn
+2(C
1
+C
2
) (2.2) 
bu yerda: V
k
- shassi izlari orasi (koleyasi); V
t
- o‘sha, shassi aravachasida; 
V
pu
-pnevmatik shina eni; S
1
-
rullash jarayonida asosiy tayanch markazining RY 
ning o‘q chizig‘idan oqishining statistika bilan asoslangan hisobot qiymati. S
2
-


asosiy tayanchdagi tashqi g‘ildirakdan RY chetigacha bo‘lgan ruxsat etilgan eng 
kam masofa (qoplama chetlarining mustahkamlik shartidan topiladi);
2.2. - rasm. RY ning enini aniqlash uchun hisobiy sxema. 
 Aerodromda havo kemalari turish joylari sonini aniqlash. 
 
Aerodromning rejaviy echimlari ko‘p jihatdan HK larining turish joylari 
(TJ) soniga bog‘liq. TJ ning zaruriy soni quyidagi omillarga bog‘liq: Qatnov ko‘p 
bo‘lgan paytda HK larining harakat jadalligi; hisobdagi HK lari soni; kelayotgan va 
ketayotgan HK lari oqimining tavsifi; muayyan turdagi HKga TJ da xizmat 
ko‘rsatish davomiyligi; qatnov ko‘p paytlarda HK lari manevrda bo‘lgani sababli 
hamma TJ lari 100% band bo‘lmasligi. 
Perronning gabarit o‘lchamlarini dalillash uchun hisobiy vaqt ichida 
harakatdagi HK lari tarkibini aniq bilish kerak. Passajir perrondagi TJ lari soni HK 
larining kutilayotgan soniga xizmat ko‘rsatish uchun yetarli bo‘lishi lozim. Ayniqsa, 
hamma keng va eng uzun fyuzelyajli HK lari birinchi navbatda TJ bilan 
ta’minlanishi kerak. 
Keyingi yillarda TJ sonini hisoblab topishda yalpi xizmat nazariyasi 
(navbatlar nazariyasi) degan matematik usul qo‘llanayapti. Bu - quyidagi 
holatlardan kelib chiqadi. Aeroportda HK larining harakati doimo muntazam emas. 
Shu sababdan perron ham muntazam band bo‘lmaydi. HK larining kelib qo‘nishi 
vaqtlari ham tasodifiy omillar ta’sirida o‘zgarib turadi, ilgari tuzib qo‘yilgan jadval 
100 % aniq bajarilmaydi. HK larining qo‘nish oraliqlari, ularga xizmat ko‘rsatish 
davomiyligi ham tasodifiy omillar ta’sirida o‘zgaradi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling