2-Mavzu: Aeroportning xizmat-texnik hududini loyihalash Reja


Havo kemalarini turish joylariga qo‘yish


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana26.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1127006
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu

Havo kemalarini turish joylariga qo‘yish. 
 
Turish joylari (TJ) ning geometrik o‘lchamlari quyidagi omillarga bogliq: 
HK sining gabarit o‘lchamlari; ularni TJ ga qo‘yish sxemasi; TJ ga kirish va undan 
chiqish usullari; HK lari binolar, inshootlar va TJ ga qo‘yilgan uskunalar oralig‘idagi 
masofa. 
Havo kemalari passajir perronidagi joylarga odatda o‘z dvigatelining kuchi 
bilan kirib, chiqishda yo o‘z kuchi bilan, yo shatakchi yordamida chiqadi. O‘z kuchi 
ostida rullash, odatda, manevr uchun maydon cheklanishi kam bo‘lgandagina 
mumkin. Og‘ir reaktiv HK larini perrondan olib chiqish uchun shatakchi ishlatiladi. 
Aerovokzal binosiga yoki o‘tkazish galereyasiga yondashgan TJ dan rulni orqaga, 


oldinga burib, chiqish, odatda, 1800 gacha burilishni talab qiladi. Shuning uchun 
hisobdagi HK sini burish radiusi va o‘lchamlari TJ larining o‘lchamlariga ta’sir 
etadigan asosiy omil bo‘ladi. TJ dan rullanib chiqishning ikki usuli bor. Bittasi ikkita 
TJ o‘rtasidan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab chiqish (2.3. a - rasm), ikkinchisi HK burilib o‘z 
TJ iga perependikulyar turib oladi, keyin rullanib chiqadi (2.3. b - rasm). 
Ikkinchisida zaruriy maydon xiyol kichikroq bo‘lsa ham kifoya. 
Ko‘p hollarda TJ dan chiqishda shatakchi yordamida ma’lum masofaga olib 
chiqiladi, keyin o‘z kuchi bilan yuradi. Bu usulning yaxshi tomoni shuki, HK larini 
joylashtirish qulay va kam maydon talab qilinadi. 
2.3. - rasm. HK larini TJ dan rullab chiqarish: to‘g‘ri chiziq bo‘ylab (a), dastlab 
burib olib (b). 
Hozirgi vaqtda dunyo amaliyotida HK larini perronlar va TJ lariga 
qo‘yishning quyidagi usullari qo‘llanadi. 
«Tumshug‘i oldinda, rullash o‘qiga qiya» (2.4. a - rasm). Bunday usulda 
HK lari TJ ga o‘z kuchi bilan kiradi va chiqadi. Dvigatelning quvvati nisbatan kichik 
bo‘lganida rulni orqaga burish mumkin, chunki tezlik kam va HK ning massasi 
yonilg‘i sarfi sababli pasayadi, shovqin va gaz-havo oqimlarining ta’siri kamayadi. 
HK ni oldinga yurgizganda gaz-havo oqimi binolar tomonga yo‘naladi, maxsus 
himoya to‘siqlari o‘rnatish kerak bo‘ladi. 
«Tumshug‘i ichkarida, rullash o‘qiga qiya» (2.4. b - rasm). Joylashning bu 
usulida HK sini o‘z kuchi bilan TJ ga olib kiriladi, chiqishda shatakchidan 
foydalaniladi. Agar yon tomondagi TJ bo‘sh bo‘lsa, HK o‘z kuchi bilan ham 
chiqishi mumkin. 


2.4. - rasm. Samolyotlarni joylash usullari 
Shunday qilib, qatnov cho‘qqisiga chiqanda HK larini shatakchi tortib 
yuradi, boshqa payt o‘z dvigateli kuchi bilan yuradi. Bunday joylash usulida shovqin 
kam bo‘ladi, chunki HK o‘z kuchi bilan TJ dan chiqayotganda burilmaydi va unga 
kirayotganda issiq gaz-havo oqimlari binolardan chetga yo‘naladi. HK ning oldingi 
eshigi aerovokzal binosiga yaqin turadi. HK ni TJ dan shatakchi yordamida orqaga 
itarib chiqarilganda, sun’iy qoplama maydoni, oldingi usulga qaraganda kamroq 
talab qilinadi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling