2-Mavzu: Aeroportning xizmat-texnik hududini loyihalash Reja
«Rullash o‘qiga parallel»
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ikkita RY o‘rtasiga joylash».
- «Tumshug‘i bilan ichkariga
- «Tumshug‘i bilan ichkariga»
- Passajir perronlarini tanlash
«Rullash o‘qiga parallel». Bu usulda kattaroq - passajir perroni kerak
bo‘ladi; joydan chiqarishda esa yuqori chastotali shovqin va reaktiv gaz-havo oqimi qo‘shni TJ ga qaratiladi. Bu usulda shatakchi kuchidan ham foydalaniladi. HK ni bino fasadiga parallel joylashtirganda oldingi va orqa eshiklarni ko‘chmas trap yordamida galereya bilan ulash mumkin. (2.4. v - rasm). «Ikkita RY o‘rtasiga joylash». HK larini ikkita parallel RY o‘rtasiga, bortlari bilan yonma-yon joylashtirish ochiq ko‘p qatorli perron paydo bo‘ladi. TJ ga kirish, chiqish oddiy, biroq passajirlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun xavfsizlik talablariga to‘la javob bermaydi, chunki ularning yo‘l haqlari, maxsus avtotransport va mexanizatsiya vositalari yo‘li bilan kesishadi (2.4. g - rasm). «Tumshug‘i bilan ichkariga». Bu usulda HK TJ ga o‘z kuchi bilan kiradi, chiqishda esa shatakchi tortib, dvigatelni ishga tushiradigan joygacha olib boradi. (2.4. d - rasm). Bu usul dunyo amaliyotida ko‘p qo‘llanadi. Usul «Tumshug‘i bilan ichKari, burchak ostida» usuli kabi afzallikka ega, lekin bunda sun’iy qoplamali maydon kamroq talab etiladi. «Tumshug‘i bilan ichkariga» (aerovokzalga) va «Tumshug‘i bilan tashkariga». (aerovokzaldan) sxemalarning farqi shundaki, birinchisi ancha qulay, chunki passajirlar eshigi aerovokzalga yaqin turadi. Ikkinchisi shovqin va reaktiv oqim ta’sirini kamaytiradi, chunki HK bu erda burilayotganda kam massaga ega bo‘ladi va kamroq maydon talab qilinadi (2.4.ye - rasm). Passajir perronlarini tanlash Bosh yo‘nalishning UQT siga nisbatan perron shunday joylashtiriladi: UQT ga nisbatan markaziy zonada yoki startlar tez-tez bo‘lib turadigan siljigan holda (bitta yoki bir-biriga yaqin, parallel ikkita UQT si bo‘lgan Aerodromlarda); UQT lari orasida (tasmalari bitta yoki bir nechta, lekin bir-biridan kamida 1 km olis bo‘lgan Aerodromlarda). Bitta UQT li Aerodromlarda HK ni rullash yo‘lini kamaytirish maqsadida perron va TJ ni UQT bo‘ylab, uzunasiga joylashtiriladi. Yekspluatatsiya amaliyotida ko‘rinishicha, perronlar va saqlash TJ larini bir-biriga yaqin qurish maqsadga muvofiq. Perron va TJ larni bir-biridan ayricha joylashning qator kamchiligi bor. Bulardan asosiysi - qoplama yuzasidan unumli foydalanilmaydi. Kunduzgi harakat jadalligi katta, perrondagi TJ lar band, saqlash TJ lari esa bekor yotadi. Tungi soatlarda perron bo‘shab qoladi va HK lari TJ larda to‘planadi. Shu tarzda sutka davomida perron yoki TJ larning qandaydir qismi doim bekor yotadi. Perronlarni loyihalaganda yoki aerovokzalga yaqin (binosiga tutash), yoki undan uzoqroq joylashtiriladi. Keyingi holatda passajirlar TJ ga maxsus avtotransport bilan tashiladi. Passajirlarni HK ga o‘tkazishni tashkil etishga qarab, perronlar bir pog‘onali va ikki pog‘onali bo‘ladi. Birinchisida passajirlar perron sathida yurib chiqadilar. Ikkinchisida passajirlarning yurib chiqishi va HK ga o‘tirishi aerovokzalning ikkinchi qavati sathida yoki teleskopik trapning maxsus inshootida kechadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling