2-mavzu. Aholining soni, dinamikasi, ularning takror barpo kilinishi xususiyatlari, aholini xisobga olish
Download 285.92 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu. Aholi soni va dinamikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
2-mavzu. Aholining soni, dinamikasi, ularning takror barpo kilinishi xususiyatlari, aholini xisobga olish
Reja: 1. Aholini soni va uni xisobga olish. 2. Aholini soni va dinamikasini dunyo mamlakatlari bo‟yicha taqsimlanishi. 3. Aholini ruyxatga olish jarayoni
Tayanch tushunchalar: aholi soni, aholi dinamikasi, demografik portlash, demografik inqiroz, aholini ro‟yhatga olish.
xususiyatlarini o„rganish aholi geografiyasining muhim vazifalaridandir. BMT ma‟lumotlariga ko„ra 2005 yilda dunyo aholisining soni 6,8 milliarddan oshib ketdi. Mutaxassislar proghoz etishlaricha dunyo aholisining soni 2025 yilda 8 milliardga, 2050 yillarda esa 9,4 milliardga yetar ekan. 3
ma‟lumotlar mavjud bo„lib, ularda aholining ko„payib borish tabiiy-biologik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar bilan bog„liq bo„lganligi qayd etilgan. Dastlabki inson ajdodlarining paydo bo„lishi haqida turlicha nazariyalar yaratilgan. Biologlar A. I. Oparin nazariyasiga asoslangan holda hayotning paydo bo„lishini suvga, okeanlarga bog„laydilar. Geologlar esa akademik V. I. Vernadskiy qarashlariga asoslanib yer yuzida hayot xamisha bo„lgan, yoki ular yer elementlari bilan birga sodir bo„lganligini e‟tirof etadilar. Shuningdek yer kurrasida hayot va insonning paydo bo„lishini iloxiy va kosmik kuchlarga bog„lovchi qarashlar ham keyingi davr manbalarida uchramoqda. Ko„pchilik antropolog olimlar fikricha sayyoramizda bundan 5-7 million yil avval insonning dastlabki ajdodlari (avstralopetiklar) Afrika va Osiyoning tropik va ekvatorial zonalarida yashaganlar. Keyinchalik 2-3 million yil ilgari avstralopetiklardan eng qadimgi insonlar – arxatroplar shakllangan va ular Sharqiy Afrikada istiqomat etganlar. Bundan 600-700 ming yil muqaddam insonning eng qadimgi ajdodi bo„lgan arxantroplar paleontroplarga, pitekantroplarga va neandertallarga aylanganlar va Janubi-Sharqiy hamda Janubi-G„arbiy Osiyoga tarqalganlar. Nihoyat, bundan taxminan 40-50 ming yil ilgari insonning ongli (Homo Sapines) ajdodi shakllangan. Ongli insonning paydo bo„lishi mezolit davriga to„g„ri keladi. Aholi soni haqidagi ma‟lumotlarga ko„ra, eramizdan oldingi davrda yer sharida bor yo„g„i bir necha yuz ming kishi, bir muncha aniqroq ma‟lumotlar bo„yicha esa, eramizdan 7 ming yil oldin yer sharida 10 millionga yaqin aholi yashagan ekan va ular har 1000 yilda taxminan 10-20 %dan ko„payib borgan xolos. Aholini bunday sekin ko„payishi aholi o„rtasida o„lim hollarining yuqoriligi bilan izohlanadi. Ushbu davrda aholi o„rtasida o„limning umumiy koeffisienti 50 ‰ va undan yuqori bo„lgan, boshqacha qilib aytganda har 1000 aholidan 50 tasi hayotdan ko„z yumgan. Ayniqsa bolalar o„limi yuqori bo„lgan. Aholi ochlikdan, kasalliklardan va qabilalararo bo„lib turgan to„qnashuvlardan ko„proq halok bo„lgan. Aholining o„rtacha umr ko„rishi 20 yildan oshmagan. Shuni alohida qayd etish lozimki, jamiyat tarixida har bir davrda aholining ko„payishi va rivojlanishi, o„sha davrning ishlab chiqarish usuli va munosabatlariga, turmush darajasiga, yashash sharoitlariga bevosita bog„liq bo„lgan. 1-chizma Download 285.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling