2-mavzu. Aholining soni, dinamikasi, ularning takror barpo kilinishi xususiyatlari, aholini xisobga olish


  Aholini  ruyxatga  olish  jarayoni


Download 285.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana08.12.2021
Hajmi285.92 Kb.
#179287
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Aholi soni va dinamikasi

3.  Aholini  ruyxatga  olish  jarayoni.    Har  bir  davlat  aholisining  soni  va  yosh-jinsiy 

tarkibidagi  mutanosiblik,  uning  rivojlanish  istiqboli  dasturlarini  ishlab  chiqishda  asosiy  omil, 

zamin  hisoblanadi.  Ana  shu  nuqtai  nazardan  dunyo  va  uning  alohida  hududlari,  davlatlari, 

xalqlari  bo„yicha  aholi  soni  va  tarkibini  yuqorida  qayd  etilganidek  juda  qadimdan  boshlab 

hisobga  olib  kelinadi.  Aholi  soni  va  tarkibini  hisobga  olish  uslublari,  dasturlari,  texnikalari 

jamiyat  rivojlanishiga  monand  doimo  rivojlanib,  takomillashib  keldi.  Aholini  hisobga  olishda, 

uning umumiy soni, yosh-jinsiy tarkibi bilan bir qatorda oilaviy tarkibi, tug„ilish, o„lim, nikoh va 

ajrim kabi demografik jarayonlar, aholi  migratsiyasi haqida ham ma‟lumotlar to„planib boriladi.  

Aholini  hisobga  olishda  to„plangan  ma‟lumotlarni  aniqligi,  to„la  qamrovi  va 

muntazamligi  juda  muhimdir.  Masalan,  O„zbekiston  aholisi  soni  tarkibi  haqida  ma‟lumotlar 

to„planganida,  tug„ilgan chaqaloqlardan boshlab barcha yoshdagi aholi soni, eng kichik mahalla, 



qishloq,  tuman,  viloyat  va  shaharlar  aholisi,  ularning    ijtimoiy-demografik  tarkibi  haqida  

ma‟lumotlar aniq va har bir yil, davr uchun muntazam hisoblab borilishi lozim.   

Jahondagi  barcha  davlatlarda    aholining  ijtimoiy-iqtisodiy  va  demografik  holatlari 

hisobga  olinib,  ma‟lumotlar  muntazam  to„planib  boriladi.  Hozirgi  davrda  aholini  hisobga 

olishning asosiy to„rt turi mavjuddir: aholi ro„yxati o„tkazish; demografik jarayonlarning doimiy 

ro„yxatga  olish;  tanlama  va  sotsiologik-demografik  tadqiqotlar;  aholining  turli  ro„yxatlari  va 

registrlari.  Aholini  hisobga  olishda  eng  asosiy  va  aniq  manba  –  umumiy  aholi  ro„yxati 

o„tkazishdir. 




Download 285.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling