2-mavzu. Aholining soni, dinamikasi, ularning takror barpo kilinishi xususiyatlari, aholini xisobga olish


Download 285.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana08.12.2021
Hajmi285.92 Kb.
#179287
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Aholi soni va dinamikasi



2-mavzu. Aholining soni, dinamikasi, ularning takror barpo kilinishi xususiyatlari, 

aholini xisobga olish 

 

Reja: 



1. Aholini soni va uni xisobga olish. 

2. Aholini soni va dinamikasini dunyo mamlakatlari bo‟yicha taqsimlanishi. 

3. Aholini ruyxatga olish jarayoni 

 

 



Tayanch  tushunchalar:  aholi  soni,  aholi  dinamikasi,  demografik  portlash,  demografik 

inqiroz, aholini ro‟yhatga olish. 

 

 

1. Aholini soni va uni xisobga olish. Dunyo aholisi soni dinamikasi va hududiy tarqalishi 



xususiyatlarini  o„rganish  aholi  geografiyasining  muhim  vazifalaridandir.  BMT  ma‟lumotlariga 

ko„ra  2005  yilda  dunyo  aholisining  soni  6,8  milliarddan  oshib  ketdi.  Mutaxassislar  proghoz 

etishlaricha  dunyo  aholisining  soni  2025  yilda  8  milliardga,  2050  yillarda  esa  9,4  milliardga 

yetar ekan. 

3

 

Yer kurrasida insonning paydo bo„lishi va ko„payib borishi haqida ilmiy manbalarda qator 



ma‟lumotlar mavjud bo„lib, ularda aholining ko„payib  borish tabiiy-biologik,  ijtimoiy-iqtisodiy 

va siyosiy omillar bilan bog„liq bo„lganligi qayd etilgan. 

Dastlabki  inson  ajdodlarining  paydo  bo„lishi  haqida  turlicha  nazariyalar  yaratilgan. 

Biologlar  A.  I.  Oparin  nazariyasiga  asoslangan  holda  hayotning  paydo  bo„lishini  suvga, 

okeanlarga bog„laydilar. 

Geologlar esa akademik V. I. Vernadskiy qarashlariga asoslanib yer yuzida hayot xamisha 

bo„lgan, yoki ular yer elementlari bilan birga sodir bo„lganligini e‟tirof etadilar. Shuningdek yer 

kurrasida hayot va insonning paydo bo„lishini iloxiy va kosmik kuchlarga bog„lovchi qarashlar 

ham keyingi davr manbalarida uchramoqda. 

Ko„pchilik  antropolog  olimlar  fikricha  sayyoramizda  bundan  5-7  million  yil  avval 

insonning  dastlabki  ajdodlari  (avstralopetiklar)  Afrika  va  Osiyoning  tropik  va  ekvatorial 

zonalarida  yashaganlar.  Keyinchalik  2-3  million  yil  ilgari  avstralopetiklardan  eng  qadimgi 

insonlar – arxatroplar shakllangan va ular Sharqiy Afrikada istiqomat etganlar. Bundan 600-700 

ming  yil  muqaddam  insonning  eng  qadimgi  ajdodi  bo„lgan  arxantroplar  paleontroplarga, 

pitekantroplarga  va  neandertallarga  aylanganlar  va  Janubi-Sharqiy  hamda  Janubi-G„arbiy 

Osiyoga  tarqalganlar.  Nihoyat,  bundan  taxminan  40-50  ming  yil  ilgari  insonning  ongli  (Homo 

Sapines) ajdodi shakllangan. Ongli insonning paydo bo„lishi mezolit davriga to„g„ri keladi.  

Aholi  soni  haqidagi  ma‟lumotlarga  ko„ra,  eramizdan  oldingi  davrda  yer  sharida  bor 

yo„g„i  bir  necha  yuz  ming  kishi,  bir  muncha  aniqroq  ma‟lumotlar  bo„yicha  esa,  eramizdan  7 

ming  yil  oldin  yer  sharida  10  millionga  yaqin  aholi  yashagan  ekan  va  ular  har  1000  yilda 

taxminan  10-20  %dan  ko„payib  borgan  xolos.  Aholini  bunday  sekin  ko„payishi  aholi  o„rtasida 

o„lim  hollarining  yuqoriligi  bilan  izohlanadi.  Ushbu  davrda  aholi  o„rtasida  o„limning  umumiy 

koeffisienti 50 ‰ va undan yuqori bo„lgan, boshqacha qilib aytganda har 1000 aholidan 50 tasi 

hayotdan ko„z  yumgan. Ayniqsa bolalar o„limi yuqori bo„lgan. Aholi ochlikdan, kasalliklardan 

va  qabilalararo  bo„lib  turgan  to„qnashuvlardan  ko„proq  halok  bo„lgan.  Aholining  o„rtacha  umr 

ko„rishi 20 yildan oshmagan. 

Shuni  alohida  qayd  etish  lozimki,  jamiyat  tarixida  har  bir  davrda  aholining  ko„payishi  va 

rivojlanishi,  o„sha  davrning  ishlab  chiqarish  usuli  va  munosabatlariga,  turmush  darajasiga, 

yashash sharoitlariga bevosita bog„liq bo„lgan.  

1-chizma 




Download 285.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling