2-mavzu. Aholining soni, dinamikasi, ularning takror barpo kilinishi xususiyatlari, aholini xisobga olish
Aholini ruyxatga olish jarayoni
Download 285,92 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu. Aholi soni va dinamikasi
3. Aholini ruyxatga olish jarayoni. Har bir davlat aholisining soni va yosh-jinsiy
tarkibidagi mutanosiblik, uning rivojlanish istiqboli dasturlarini ishlab chiqishda asosiy omil, zamin hisoblanadi. Ana shu nuqtai nazardan dunyo va uning alohida hududlari, davlatlari, xalqlari bo„yicha aholi soni va tarkibini yuqorida qayd etilganidek juda qadimdan boshlab hisobga olib kelinadi. Aholi soni va tarkibini hisobga olish uslublari, dasturlari, texnikalari jamiyat rivojlanishiga monand doimo rivojlanib, takomillashib keldi. Aholini hisobga olishda, uning umumiy soni, yosh-jinsiy tarkibi bilan bir qatorda oilaviy tarkibi, tug„ilish, o„lim, nikoh va ajrim kabi demografik jarayonlar, aholi migratsiyasi haqida ham ma‟lumotlar to„planib boriladi. Aholini hisobga olishda to„plangan ma‟lumotlarni aniqligi, to„la qamrovi va muntazamligi juda muhimdir. Masalan, O„zbekiston aholisi soni tarkibi haqida ma‟lumotlar to„planganida, tug„ilgan chaqaloqlardan boshlab barcha yoshdagi aholi soni, eng kichik mahalla,
qishloq, tuman, viloyat va shaharlar aholisi, ularning ijtimoiy-demografik tarkibi haqida ma‟lumotlar aniq va har bir yil, davr uchun muntazam hisoblab borilishi lozim. Jahondagi barcha davlatlarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatlari hisobga olinib, ma‟lumotlar muntazam to„planib boriladi. Hozirgi davrda aholini hisobga olishning asosiy to„rt turi mavjuddir: aholi ro„yxati o„tkazish; demografik jarayonlarning doimiy ro„yxatga olish; tanlama va sotsiologik-demografik tadqiqotlar; aholining turli ro„yxatlari va registrlari. Aholini hisobga olishda eng asosiy va aniq manba – umumiy aholi ro„yxati o„tkazishdir. Download 285,92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling