2-mavzu. Amaliy topshiriqlar
Download 8.43 Kb.
|
2-mavzu.AmaliyMa’rifatparvarlarning asarlarida oila tarbiyasiga oid qarashlarning aks etishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar
2-mavzu.Amaliy topshiriqlar: 1. Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlari asosida jadval shakllantiring. Unda Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlarini ifodalovchi eng muhim g’oyalar tezis sifatida aks etsin. 2. Ulug’ dramaturg Uilyam Shekspirning “Qirol Lir” hamda Onore de Balzakning “Gorio ota” nomli asarlari bilan tanishib, garchi o’zi mamlakat qiroli bo’lsa-da, farzandlarining kirdikorlaridan aziyat chekkan qirol Lir va qizlariga haddan ziyod mehr ko’rsatsa-da, umrining so’nggi kunlarini ularning diydoriga zor holda muhtojlikda o’tkazgan Gorio otaning qismatini solishtiring. Qirol Lir va Gorio otalarning fojiasi nimada ekanligi haqida o’ylab ko’ring. 3. Buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy o’zining “Buyuk didaktika” asari yoshlarni tarbiyalovchi kishilarning ustoz, tarbiyachi, muallim, professor deb atalishi, bolalar to’planib birgalikda mashg’ulot o’tkazadigan joyning esa maktab, o’quv yurti, auditoriya, kollegiya, gimnaziya, akademiya va h.k. deb atalishini ta’kidlab o’tgan edi. Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar: 1. Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlarini o’zida aks ettiruvchi jadval quyida keltiriladigan shaklga ega bo’lishi mumkin. Talabalar qadimgi yunon faylasufi Suqrotning qarashlari misolida qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlarini ifodalovchi eng muhim g’oyalarni tezis shaklida quyidagicha yoritadilar: Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga oid muhim qarashlari 1. Suqrot Shaxsning ma’naviy - axloqiy sifatlari oila muhitida shakllanadi . Fuqarolar bolalarni oila muhitida bilimli qilib tarbiyalashlar zarur 2. Aristotel ( Arastu) 3. Aflotun (Pluton) 4. Demokrit 5. Mark Fabiy Kvintilian 2. Uilyam Shekspirning “Qirol Lir” va Onore de Balzakning “Gorio ota” nomli asarlaridagi qirol Lir hamda Gorio otaning o’z farzandlari bilan munosabatlarini quyidagi jadvalda keltirilgan misol namunasida aks ettiring:Qirol Lir va uning farzandlari o’rtasidagi munosabat xususiyatlari,Gorio ota va uning qizlari o’rtasidagi munosabat xususiyatlari,Qirollik boshqaruvi bilan farzandlar tarbiyasini o’zaro uyg’unlikda olib boraganlik, Qizlarni tarbiyalashda nihoyatda ko’ngilchanlik qilish 4. Ya.A.Komenskiy yashagan davr (XVII asr) nuqtai nazaridan bolalarning oiladan ko’ra ta’lim muassasalarida tarbiyalanishi tobora keng yoyilishining asosiy sabablarini yoritishda talabalar o’rtasida munozarani tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, munozara jarayonida talabalarda jamiyatda kechadigan har qanday ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar oilaning farzandlar tarbiyasidagi o’rni va rolini inkor eta olmasliklari borasidagi qat’iy xulosa shakllanadi. Download 8.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling