2-mavzu. Amaliy topshiriqlar


Download 8.43 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi8.43 Kb.
#1840852
Bog'liq
2-mavzu.AmaliyMa’rifatparvarlarning asarlarida oila tarbiyasiga oid qarashlarning aks etishi


2-mavzu.Amaliy topshiriqlar:
1. Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlari asosida
jadval shakllantiring. Unda Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga
yondashuvlarini ifodalovchi eng muhim g’oyalar tezis sifatida aks etsin.
2. Ulug’ dramaturg Uilyam Shekspirning “Qirol Lir” hamda Onore de
Balzakning “Gorio ota” nomli asarlari bilan tanishib, garchi o’zi mamlakat qiroli
bo’lsa-da, farzandlarining kirdikorlaridan aziyat chekkan qirol Lir va qizlariga
haddan ziyod mehr ko’rsatsa-da, umrining so’nggi kunlarini ularning diydoriga zor
holda muhtojlikda o’tkazgan Gorio otaning qismatini solishtiring. Qirol Lir va
Gorio otalarning fojiasi nimada ekanligi haqida o’ylab ko’ring.
3. Buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy o’zining “Buyuk didaktika” asari yoshlarni
tarbiyalovchi kishilarning ustoz, tarbiyachi, muallim, professor deb atalishi, bolalar
to’planib birgalikda mashg’ulot o’tkazadigan joyning esa maktab, o’quv yurti,
auditoriya, kollegiya, gimnaziya, akademiya va h.k. deb atalishini ta’kidlab o’tgan
edi.
Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar:
1. Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlarini
o’zida aks ettiruvchi jadval quyida keltiriladigan shaklga ega bo’lishi mumkin.
Talabalar qadimgi yunon faylasufi Suqrotning qarashlari misolida qadimgi yunon va
Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlarini ifodalovchi eng muhim
g’oyalarni tezis shaklida quyidagicha yoritadilar:
Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining
oila tarbiyasiga oid muhim qarashlari
1. Suqrot Shaxsning ma’naviy - axloqiy sifatlari oila muhitida shakllanadi . Fuqarolar
bolalarni oila muhitida bilimli qilib tarbiyalashlar zarur
2. Aristotel ( Arastu)
3. Aflotun (Pluton)
4. Demokrit
5. Mark Fabiy
Kvintilian
2. Uilyam Shekspirning “Qirol Lir” va Onore de Balzakning “Gorio ota” nomli
asarlaridagi qirol Lir hamda Gorio otaning o’z farzandlari bilan munosabatlarini
quyidagi jadvalda keltirilgan misol namunasida aks ettiring:Qirol Lir va uning farzandlari o’rtasidagi munosabat xususiyatlari,Gorio ota va uning qizlari o’rtasidagi munosabat xususiyatlari,Qirollik boshqaruvi bilan farzandlar tarbiyasini o’zaro uyg’unlikda olib boraganlik, Qizlarni tarbiyalashda nihoyatda ko’ngilchanlik qilish
4. Ya.A.Komenskiy yashagan davr (XVII asr) nuqtai nazaridan bolalarning
oiladan ko’ra ta’lim muassasalarida tarbiyalanishi tobora keng yoyilishining
asosiy sabablarini yoritishda talabalar o’rtasida munozarani tashkil etish
maqsadga muvofiqdir. Binobarin, munozara jarayonida talabalarda
jamiyatda kechadigan har qanday ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar
oilaning farzandlar tarbiyasidagi o’rni va rolini inkor eta olmasliklari
borasidagi qat’iy xulosa shakllanadi.
Download 8.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling