2-mavzu. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari reja


Download 164.89 Kb.
bet10/24
Sana09.01.2022
Hajmi164.89 Kb.
#258815
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
2-maruza (2)

Oltingugurt (IV) oksidi - SO2

Oltingugurtning bu oksidini sulfat angidrid ham deb ataladi. Bu oksid tabiatda erkin holda uchramaydi. Uni temir kolchedanini kuydirishda hosil bo’ladigan sulfid angidridni (oltingugurt (IV) oksidi – SO2) oksidlab olinadi. Asosan sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Sulfat kislota esa ko’plab boshqa moddalar, dorivor preparatlar olishda asosiy xomashyolardan hisoblanadi, individual tarzda avtomobillar akkumulyator batareyalarda ishlatiladi.


Azot (IV) oksidi - NO2

Bu oksid tabiatda uchramaydi. Asosan sintetik yo’l bilan olinadi va nitrat kislota ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Nitrat kislota esa mineral o’g’itlar, nitrobirikmalar, ko’plab dorivor moddalar ishlab chiqarishda asosiy manbalardandir.



2.2. Asoslar, ularning turlari, olinishi, xossalari va ishlatilishi

ASOSLAR

Аsoslаr molekulаsi metаll аtomi vа bir yoki bir nechа gidroksil (OH) gruppаdаn tаshkil topgаn murаkkаb moddаlаrdir. Аsoslаrdа metаll аtomi doimo musbаt ion (kаtion), gidroksil gruppа esа o’zgаrmаs mаnfiy ion (аnion)dаn iborаtdir. Gidroksil gruppаning soni metаllning vаlentligigа teng bo’lаdi.

Mаsаlаn,

Аsoslаr molekulаidаgi gidroksil gruppа sonigа qаrаb bir yoki bir nechа bosqich bilаn dissosiyalаnаdi. Mаsаlаn:



Tarkibida metall bo’lmagan yagona gidroksid ammoniy gidroksiddir NH4OH.

Аsoslаr suvdа yaxshi vа yomon eriydigаn аsoslаrgа bo’linаdi.

Ishqoriy metаllаr vа ishqoriy – yer metаllаrning gidroksidlаri suvdа yaxshi eriydi vа yaxshi dissosilаnаdi. Suvdа judа yaxshi eriydigаn gidroksidlar ishqorlаr deyilаdi.

Mаsаlаn: LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, Ba(OH)2, Ra(OH)2, Ca(OH)2, Sr(OH)2 ishqorlаrdir. Ishqorlаr terini o’yadi, shishа, yog’och vа kiyimni yemirаdi. Shuning uchun hаm ulаr o’yuvchi hаm deyilаdi.

Dаvriy sistemаdаgi I vа II gruppаning yonаki gruppаchа vа III, IV, V, VI, VII, VIII gruppа metаllаrining gidroksidlаri suvdа yomon eriydi, bulаr аsoslаr deyilаdi.



Nomlanishi. Xalqaro nomenklaturaga muvofiq asoslarning nomi metall nomi bilan gidroksid so’zidan hosil qilinadi. Masalan, NaOH - natriy gidroksid, KOH - kaliy gidroksid, Ca(OH)2 - kalsiy gidroksid. Agar element bir necha asos hosil qiladigan bo’lsa, u holda asosning nomida gidroksid gruppalarining soni bilan ko’rsatiladi. Fe(OH)2 - temir (II) gidroksid, Fe(OH)3 - temir (III) gidroksid.

Bu nomlardan tashqari, ba’zi eng muhim asoslar uchun odat bo’lib qolgan nomlar ham ishlatiladi. Masalan, natriy gidroksid NaOH - o’yuvchi natriy, kaliy gidroksid KOH - o’yuvchi kaliy, kalsiy gidroksid Ca(OH)2 - so’ndirilgan ohak, bariy gidroksid Ba(OH)2 - o’yuvchi bariy deyiladi.




Download 164.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling