Asoslarning ishlatilishi
Natriy gidroksid (o’yuvchi natriy) -NaOH
Oq tusli, suvdajuda yaxshi eriydi, hatto havodagi suv bug’larini ham tortib olib suyuqlanadigan (gigroskopik) qattiq modda. Natriy gidroksidning suvdagi kuchsiz eritmasi qo’l bilan ushlab ko’rilganda sovundek tuyuladi va terini o’yib yuboradi. Shuning uchun uni texkik maqsadlarda “kaustik soda” deb ham nomlanadi. O’yuvchi natriy bilan ishlaganda juda ehtiyot bo’lish kerak.
Natriy gidroksid sanoat miqyosida ko’p ishlab chiqariladi. Sanoatda uni osh tuzi eritmasidan elektroliz yo’li bilan olinadi.
Natriy gidroksid - kimyo sanoati uchun eng muhim xomashyolardan biridir. Neftni qayta ishlash mahsulotlarini tozalashda, sovun, qog’oz ishlab chiqarishda, to’qimachilik va sun’iy tola ishlab chiqarish hamda sanoatning boshqa ko’plab sohalarida qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |