Nitrat kislota - HNO3
Nitrat kislota suvdan 1,5 barobar og’ir, rangsiz suyuqlik bo’lib, xlorid kislota kabi havoda “tutaydi”. Konsentrlangan nitrat kislota temir, xrom va alyuminiy yuzasini passivlashtirib qo’yganligi sababli bu metallardan tayyorlangan idishlarda saqlanishi mumkin. Bu kislota oltin, platina, tantal, rodiy va iridiydan boshqa hamma metallar bilan ta’sirlashadi.
U juda ko’p sohalarda, xususan:
- azotli o’g’itlar ishlab chiqarishda;
- organic azotli birikmalar ishlab chiqarishda;
- tibbiyotda dori-darmonlar ishlab chiqarishda;
- bo’yoqlar ishlab chiqarishda;
- portlovchi moddalar ishlab chiqarishda;
- nitroza usulida sulfat kislota ishlab chiqarish kabi sohalarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |