2-mavzu. Antik (yunon, rim) adabiyotshunoslik


Download 91.97 Kb.
bet3/3
Sana23.05.2020
Hajmi91.97 Kb.
#109222
1   2   3
Bog'liq
2мавзу


Plutarx. Plutarx yunon yo'lboshchisi Kimon va Rim sar­kar­dasi Lukull haqidagi hayotnomada san'at (bu o'rinda ijodiy portret san'ati) haqida qarashlarini bayon qiladi. Olimning fikricha, qahramon xarekterini to'laqonli, hayotiy tasvirlash uchun uning hayotidagi eng muhim, inson qalbi, ruhiy olamini yaxshi yoritadigan ish-amallarini, ijobiy yoki salbiy qilmishlarini yashirmasdan haqqoniy ochib berish kerak. Shu hayotnomada Plutarx o'z vatani Beotiya diyori, Xeroneya shahri bilan bog'liq tarixiy va shaxsiy hayot voqyealarini o'z otasi va boshqa keksalardan eshit­ganligini, yana juda ko'p ishonchli manbalardan foydalanganini aytadi.

Plutarx Aristobul o'g'li tug'ilgan Xeroneyada ota-bobolari zamonida bir qancha fojiali voqyealar bo'lgan. Shulardan biri: o'sha vaqtlarda Yunonistonda va Rim (Perikl, Suqrot, Aristofan, Esxil, Sofokl, Evripid zamoni)da chiroyli o'smir yigitlarga yoshi ulug'lar oshiq bo'lishi, ularni tarbiyalab, beg'araz g'amxo'rlik, yax­shilik qilib yurishi axloqsizlik emas, fazilat hisoblanar ekan. Mas., Afinada badavlat xonadon farzandi Alkiviad chiroyli bo'l­gani uchun ko'plar oshiq bo'lib, unga mehribonlik qilishga urinar ekanlar. Lekin u faqat Suqrotni ustoz va oshiq deb tan olar ekan. Keyinroq Xeroneyada shu odatni axloqsizlik deb hisoblashgan.

Xeroneya aholisi sarkarda Lukullga minnatdorchilik bildi­rish uchun shahar maydonida Dionis haykali yonida uning ham marmar haykalini o'rinatibdilar. Plutarx fikricha, haykalda, asosan, qahramonning jismoniy qiyofasi ko'rinadi, so'z san'ati — adabiyotda esa qahramonning ma'naviy fazilatlarini ham tasvir­lash uchun yetarli imkoniyatlar bor. “Biz, musavvir chizgan suratda qahramonning go'zal, jozibali qiyofasi bilan birga uning xarakteridagi ayrim kichik nuqsonlarni ham tasvirlashni talab qilamiz, — deydi Plutarx. — Lekin agar musavvir qahramonning o'sha nuqsonini juda aniq qilib tasvirlasa, suratning go'zalligi zarar ko'radi, agar bu nuqsonni tushirib qoldirsa, haqiqatga zarar yetadi. Asarda (badiiy asarda) modomiki, mutlaq musaffo bo'lgan inson hayotini tasvirlash qiyin, to'g'risi, imkonsiz ekan, adib inson go'zallikni to'liq tasvirlash bilan bir vaqtda haqqo­niylikka ham to'liq amal qilmog'i kerak. Insonning go'zal qil­mishlari orasida xato va kamchiliklari ham bo'lsa, bularni o'sha odamning buzuqligidan emas, balki barcha fazilatlarda mukammal emasligidan deb, bilish va o'sha xato, kamchiliklarni qiziqib, butun tafsilotlarini ko'rsatishga urinmay, tabiatda hamma narsa ajoyib va fozil bo'lmaganiday, inson tabiatida ham kamchiliklar uchraydi va bularni mufassal tasvirlashdan uyalgan ma'qul ko'rinadi”1.

Shoirlarning asarlarini ham Plutarx tarixiy ma'lumotlar manbai deb biladi. Tarixchi Fukididning Frakiyada oltin kon­lari bo'lib, shu sababli o'limga hukm etilgan. “Zamondoshlarining yozishicha, — deydi Plutarx, - buyuk sarkarda Kimon (u Suqrot­ning shogirdi Periklning raqibi edi) yoshligida boshqalar kabi yunon­larga xos ilm-fan va san'atni o'rganmagan, notiqlik san'a­tini ham bilmagan, lekin insoniy fazilatlarda juda yetuk edi. U Evri­pid asarida tasvirlangan Gerakl kabi “qo'pol, oddiy, lekin ko'p jasoratlar ko'rsatgan”2. Plutarx yozadiki, sarkarda Kimon o'zi spar­tacha sabr-qanoat bilan yashagani holda juda ko'p mol-dav­la­tini, bog'idagi barcha mevalari va ekinzorlarini kambag'allarga be­rib turgan. Eron shohanshohining jabr-zulmidan qochib, Afi­naga siyosiy panoh so'rab kelgan Roysoq degan boy odam sarkarda Kimon bilan do'stlashib olish uchun ikki ko'za kumush va tilla tan­ga sovg'a olib kelgan. Kimon do'stlikka rozi bo'lgan, lekin ikki ko'za kumush va tillani olmay, qaytarib yuborgan. Plutarx asar qah­ramonlarining xarakterlarini ochishda shu kabi hayotiy voqyea-hodisa, amallarga e'tibor beradi. Arastu “Poetika” asarida xa­rak­­ter qilmishda ochiladi, degan fikrini Plutarx ham tasdiq­laydi.



Plutarx yunon sarkardasi Nikiy va Rim konsuli M.Krass haqidagi hayotnomada Periklning shon-shuhratli ishlarini, g'ala­balarini maqtagani holda ikki qardosh xalq afinaliklar va spartaliklarning o'zaro qirg'in urushlariga chek qo'yib, sulh tuzib, tinchlik o'rnatgan sarkarda Nikiyni undan buyukroq deb ta'rif­laydi. Shu hayotnoma boshlanishida Plutarx tarixiy shaxslarning siymolari, xarakterini tasvirlashning turli uslublari haqida fikr yuritadi. Shunisi qiziqki, qadimgi Yunonistonda tarix­chilar ham badiiy mahorat, badiiy uslub masalalarida adib, shoir­day iste'dodli, mohir bo'lishi talab qilingan. Ayni vaqtda tarixchilar va shoirlar ham xarakterlarni yoritishda tarixiy va hayotiy haqiqatga amal qilishi zarur, shart hisoblangan. U mana shu hayotnomada badiiy ifoda sohasida Fukididni orqada qoldir­moqchi, dengiz janglari va xalq yig'inlari tasvirida Filistni orqada qoldirmoqchi bo'lib maqtangan Timey ustidan kuladi. Timey eng mohir tarixchilardan bo'lmish Filistni bilimsiz, o'qimagan-savodsiz deb masxaralashini, Aflotun va Arastu izdoshlarini haqoratlashini axmoqlik deb hisoblaydi3.

1 Лосев А.Ф. История античной эстетики. Софисты, Сократ, Платон. - М.: Искусство, 1969. – С.8 .

2 Диоген Лаэртий. VIII китоб, - С. 335.

3 Кўрсатилган асар.

4 Гильберт К., Кун Г. История эстетики. - Лондон–Москва: Изд. Иностр. литр-ры, 1960. - С. 23.

11 Афлотун. Қонунлар / Урфон Отажон тарж. – Т.: Янги аср авлоди, 2002.

22 Лосев А.Ф. История античной эстетики. Софисты. Сократ. Платон. – С. 14-15.

33 Афлотун. Қонунлар / Урфон Отажон тарж. – Т.: Янги аср авлоди, 2002.

5 Платон. Государство / Хрестоматия по теории литературы (Сост. Л.Н.Осьмакова). – М.: Просвещение, 1982. – С. 76.

6 Лосев А.Ф. История античной эстетики. Аристотель и поздняя классика. – М.: 1975.

7 Дифирамб – мадҳия, қасида; авлетика – най чалиш, кифаристика лирага ўхшаш чолғу асбоби – кифара чалишни англатади

8 Арасту. Поэтика. Ахлоқи кабир. - Т.: Янги аср авлоди, 2004. – Б. 20.

9 Яланғоч (вазнсиз) сўз воситасида, яъни насрда.

10 Милоддан аввал V асрда яшаган ота ўғил Софрон ва Ксенарх насрда асарлар ёзишган, уларнинг ижоди суқротона диалогларда тасвир этилган.

11 Арасту. Поэтика. Ахлоқи кабир. - Т.: Янги аср авлоди, 2004.

12 Древние риторики. - М.: Изд. МГУ. 1978. - С.17.

13 Хрестоматия по античной литературе. Том II. - С. 331.

11 Қаранг: А.Ф. Лосев. История античной эстетики. Поздный эллинизм. - М.: Искуство, 1980. – С. 65.

14 Порфирий. Жизнь Плотина. Диоген Лаэртий. О жизни, учениях изречениях знаменитих философов. - М.: 1979. – C. 473.

11 Плутарх. Избранные жизнеописания. - М.: 1987. Том II. – С.85.

22 Ўша асар. – Б. 87.

33 Плутарх. Избранные жизнеописания. – С. 164.

Download 91.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling