2-Mavzu. Antropogenezning noan’anaviy nazariyalari Reja Asotirlar va dinlarda insonning yaratilganligi to’g’risida. Koinotiy nazariya va Darvinizm
Download 42.5 Kb.
|
2-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Charlz Robert Darvin
2-Mavzu. Antropogenezning noan’anaviy nazariyalari Reja 1. Asotirlar va dinlarda insonning yaratilganligi to’g’risida. 2. Koinotiy nazariya va Darvinizm 3. Mehnat nazariyasi va Bextereva nazariyalari 4. Anomal hodisalar nazariyasi Dastlabki asotiriy tushunchalarga ko’ra inson yaratilgan mavjudot hisoblanadi. Shumerliklarning saqlanib qolgan miflaridan birida tasvirlanishicha, erkak va ayol xudolar suv xudosi bo’lgan eng dono Enkiga oziq-ovqat va ichiml;ik miqdorini ko’paytirish usulini topishini so’rab murojaat qiladilar. U Yer boyliklari xudosi bo’lgan xotini Ninmax bilan birgalikda mastlik holatida loydan birinchi odamni nuqsonli qilib yasaydi. Loydan ikkinchi yasalgan odamlar erkak va ayol bo’lgan. Birinchi insonning paydo bo’lishi xususida qadimgi yunon miflarida hikoya qilinishicha, Olimp cho’qqisida yashagan xudolardan odamlar tug’ilganlar. Nasroniylikning muqaddas kitobi “Injil”da aytilishicha “…Yana Xudo: “O’z suratimizga ko’ra, O’zimizga o’xshash odamni yarataylik. U dengizdagi baliqlar, ko’k yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun yer yuzi va yerda harakat qiluvchi barcha maxluqot ustidan hokimlik qilsin”, dedi … Xudovandi Karim yerning tuprog’idan odamni yasab, uning dimog’iga hayot nafasini pufladi. Shu yo’sinda odam tirik jon bo’ldi”. Qur’oni Karimda bu jarayon quyidagicha ifodalangan: “…Biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik. So’ngra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon) da maniy qildik. So’ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go’sht qilib yaratdik, bas, parcha go’shtni suyaklar qilib qilib yaratib, (bu) suyaklarga go’sht qopladik, so’ngra (unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik”. Buddaviy dinida ta’kidlanishicha, voqelik nomoddiy zarracha hisoblangan dxarma harakatidan iborat. Bunda har bir alohida mavjudotga doim harakatda bo’lgan kuchlarning o’tkinchi yig’indisi sifatida qaraladi. Jumladan, hayot ham abadiy qonunlarga ko’ra va ularga bog’liqlikda paydo bo’lib, yana yo’qolib turadi. Ko’rinib turibdiki, diniy nuqtai nazarlarda ham javoblar xilma-xil. Shuning uchun qadimdanoq kishilar muqobil javoblarni topishga harakat qilishgan. Albatta, bunda tayanch nuqta bo’lib asta-sekin to’planib brogan ilmiy dalillar xizmat qilgan. Diniy ta’limotlarga muqobil ilgari surilgan nazariyalar o’tmishda, ayniqsa, yangi zamonning boshlaridan Yevropada to]plangan ma]lumotlar insonning paydo bo’lishiga doir avvalgi diniy nazariyalarga qarama-qarshi kelib qolgan edi. Masalan, yoki maxsus izlanishlar tufayli topilgan turli xil suyaklarning, garchi ular boshqa biologic tur – hayvonlarga tegishli bo’lsa-da, kishilar suyaklariga ham o’xshashligi ma’lum bo’ldi. Bundan tashqari, hayvonlarning ayrim yuqori turlaridagi ba’zi sifatlar maymunlarning morfologik tuzilishi va qushlarning ikki oyoqda yurishi, ko’pgina jonzotlarning eng soda qurollar yordamida “uy-joy” qurish, o’ziga xos tarzda tildan, raqsdan foydalanishi, jamoa bo’lib yashashi va hokazolar ham e’tibordan tashqarida qolmagan. O’z navbatida bular odamning yaratilishi to’g’risidagi diniy qarashlarga bog’liq bo’lmagan holda tushuntirilishi lozim edi. Yoki topilgan tosh qurollarning kimga tegishliligi ko’p bahslarga sabab bo’ldi. Bu qurollarni hayvonlar yasamaganliklari uchun ularniki bo’lolmasligi aniq edi. Tabiatshunoslik dalillariga tayangan holda aytish mumkinki, insonning kelib chiqishi to’g’risida turli-tuman qarashlar mavjud. Jumladan, ulardan biriga ko’ra, o’tmishi 100 million yillarga borib taqaladigan xordalilar (Chordata) tipiga mansub bo’lib, qandaydir koinotiy falokat tufayli qirilib ketgan umurtqalilarning kichik avlodi — dinozavrlardan 60 million yil avval sut emizuvchilar (Matalia) sinfidan kelib chiqqan so‘nggi primat (Primates)ning gominid (Hominid) oilasi insonning qadimiy ajdodlaridir. 2-3 million yil avval tadrijiy shakllana boshlagan inson (Homo) zoti dastlabki mohir odam (Homo hobilis)ning turli avlodlari nutq kurtaklariga, rivojlangan panjalariga ega, qo‘l cho‘qmorlari tayyorlashga qodir maymun-odam (Pitekos antropos), keyin esa qadimgi odam (Arhantropos) va 150 ming yil avval kelib chiqqan, miyasi rivojlangan, nutqi ravon va xilma-xil mehnat qurollarini yasay oladigan va tik yuruvchi odam (Homo erectus) bosqichlarini bosib o‘tgan. Hozirgi odam — aqlli odam (Homo sapiens) turi Yer sharida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 90-100 ming yildan beri yashab keladi. Koinotiy nazariya. Bu nazariyaga ko‘ra moddiy obyektlar harakati maqsadga yo‘naltirilgan tarzda kechadiki, inson bu jarayonga nafaqat tortilgan, balki o‘zida uni ifodalaydi. Bunday yondoshish asosida hayotning kelib chiqishi va rivojlanishi doirasida insonning paydo bo‘lishi to‘g‘risida muayyan nuqtayi nazarni ilgari surish mumkin bo‘ladi. Masalan, rus olimi va mutafakkiri V.I.Vernadskiy hayotni koinotiy hodisa hisoblab, unga tadrijiylikning qonuniy mahsuli sifatida qaragan. V.I.Vernadskiy Yerda hayotning kelib chiqishi va u bilan bog‘liq holda biosferaning paydo bo‘lishi insonning kelib chiqishidan boshlangan antropokoinotiy tizim fan rivojlanishining insoniy yo‘nalishi bilan qo‘shilib noosfera qaror topishini bashorat qilgan edi. Darvinizm. Tadrijiylik doirasidagi Darvin ta’limotiga ko‘ra insonning kelib chiqishi va mavjudligi tirik dunyodagi tabiiy tanlanish, irsiyat va o‘zgaruvchanlik omillari bilan belgilanadi. Charlz Robert Darvin (Angliya, 1809-1892) “Tabiiy tanlanish yo’li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash yoki yashash uchun kurashda maqbul zotlarning saqlanishi” (1859), “Madaniy o’simliklarning va uy hayvonlarining o’zgarishi” (1859), “Madaniy o’simliklar va uy hayvonlarining o’zgarishi” (2 jildlik, 1871), “Inson va hayvonlarda emosiyaning ifodalanishi” (1878) va boshqa asarlarida tirik tabiatning tadrijiy qiyofasini ishlab chiqdi. Biologiyaviy tushuntirish me’yorlari va ideallarini qayta qurdi. Lamarkning chiziqli determinizmi bartaraf etilgan edi. Darvinizm ta’limoti maydonga kelganda genetika fani to’la shakllanib bo’lmagan edi. Shuning uchun ham unda insonning biologiyaviy, ruhiy va ijtimoiy jihatlari o’z aksini topmagan. K.Marks va boshqalarning ijtimoiy omillar to’g’risidagi qarashlari bu ta’limot muallifiga noma’lum edi. Shu va boshqa sabablarga ko’ra, darvinizmning tadrijiylik nazariyasida ijtimoiy masalalar nazarga olinmagan. Darvinning tadrijiylik nazariyasi nuqsonlarini dastlab tadrijiylikning mehnat nazariyasi to‘ldirishga qodirday ko‘ringan edi. Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling