masala
Markaziy bank tomonidan о‘rnatilgan depozitlarni majburiy zahiralash meyori 20 % ga teng bо‘lsin. Bank tizimidagi depozitlar bankdan tashqaridagi naqd pullardan 4 martaga kо‘p. Majburiy zahiralarning umumiy miqdori 800 mlrd. sо‘m. Tijorat banklarining ortiqcha rezervlari 200 mlrd. sо‘m. Iqtisodiyotdagi pl taklifi hajmini aniqlang.
masala
Markaziy bank ikkilamchi bozorda oldinroq davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun chiqarilgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining 1/6 qismini sotib oldi. Pul taklifi 210 mlrd. sо‘mga oshdi. Markaziy bank tomonidan о‘rnatilgan depozitlarni majburiy zahiralash normasi 20 % ga teng. Bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar depozitlardan 5 martaga kam. Markaziy bank qancha miqdordagi obligatsiyalarni sotib olgan? Emissiya qilingan obligatsiyalarning umumiy miqdori qancha?
masala
Tijorat banklarining resurs bazasini kengaytirish uchun Markaziy bank ulardan 16 mlrd. sо‘mlik davlat obligatsiyalarini sotib olishga qaror qildi. Tijorat banklari obligatsiyalarni sotishdan olingan mablag‘larning 10 % ini ortiqcha rezerv sifatida saqlab turishga qaror qildi. Natijada, multiplikator samarasi tasirida, pul massasi 90 mlrd. sо‘mga kо‘paydi. Markaziy bank tomonidan о‘rnatilgan depozitlarni majburiy zahiralash normasini aniqlang.
masala
Agar Markaziy bank ochiq bozorda tijorat banklariga 20 mln. sо‘mlik davlat obligatsiyalarini sotsa, majburiy zahiralash normasi 12,5 % bо‘lganda pul taklifi maksimal qanchaga qisqarishi mumkin?
masala
Markaziy bank siyosati pul taklifini 5%ga qisqarishiga olib keldi.
Bu siyosat AD egrida qanday aks etadi?
Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish hajmi va narx darajasi qanday о‘zgaradi?
11-mavzu: Pul va tovar bozoridagi qo’shna muvozanat. IS – LM
Do'stlaringiz bilan baham: |