2-Mavzu: Atrofimizdagi olam va Tabiatshunosiikdan dastur va mavjud ko’rgazmali qurollar tahlili. Mashg'ulotdan maqsad


Download 48.79 Kb.
bet5/5
Sana23.04.2023
Hajmi48.79 Kb.
#1393286
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-amal

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi. Ta'lim taraqqiyoti, 3-maxsus son. «Sharq» nashriyot-matbaa konsemi.
2.Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. T:. O’quv qo’llanma.2005.
2. BahramovA“Tabiatshunoslik”darsligi3-sinf.T:.“Cho’lpon”nashriyoti. 2014.
3. BahramovA.,“Tabiatshunoslik.”darsligi 4-sinf. T:. “Sharq” nashriyoti 2014.


Tabiatshunoslik fanidan dastur va darsliklar tahlili
Mashg'ulotdan maqsad: Talabalarni 3-4 sinf Tabiatshunoslik darsliklari va boshlang'ich sinflar uchun amalda qo'llanilayotgan tabiatshunoslik dasturi bilan amalda tanishtirish. Talabalarga darsliklarning mazmuni to'g'risida tushuncha berish va ularni tahlil qilishga o'rgatish.
Kerakli jihozlar: 3-4 sinf “Tabiatshunoslik”darsliklari va dasturi.
Talaba bilishi kerak:
- 3-4 sinf “Tabiatshunoslik” darsligining bo'limlari va asosiy mavzularini.
- “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini.
- Dalat ta'lim standarti va tabiatshunoslik dasturini.
Talaba bajarishi kerak:
- 3-4 sinf “Tabiatshunoslik” darsliklarining bo'limlari va asosiy mavzularini mustaqil tahlil qilish.
Ishni bajarish tartibi:
- o'qituvchining “Tabiatshunoslik” darsliklari mazmuni haqida ma'lumot berishi;
- tabiatshunoslik darsliklarining ta'limi jarayonidagi roli haqida o'qituvchining suhbati;
- tabiatshunoslik darsliklarining bo'limlari va asosiy mavzulari haqida o'qituvchining qisqachabayoni;
- tabiatshunoslik darsliklarining bo'limlari va asosiy mavzularini tahlil qilish haqida o'qituvchiningko'rgazma berishi va tahlil qilishni amalda ko'rsatish;
- dars jarayonida tabiatshunoslik darsliklarining bo'limlari va asosiy mavzularini amalda tahil qilish;
Umumiy ma'lumot: 1986-yildan boshlab maktablarida 4 yillik boshlang'ich ta'limga o'tish munosabati bilan boshlang'ich sinf uchun tabiatshunoslik bo`yicha dasturhamda “Tabiatshunoslik” kursi bo`yicha o'quv-metodik komplekslar (darsliklar, metodik qo'llanmalar, kuzatishlar kundaligi) nashr qilindi. Ushbu dastur va darsliklar Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng uning dastlabki yillariga qadar amalga oshirildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Uzluksiz ta'lim tizimida davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida” gi 1998 yil 5 yanvar qarori chiqdi va ushbu qarorga binoan «Davlat ta'lim standarti to'g'risidagi Nizom» tasdiqlandi. Unda boshlang'ich ta'lim 4 yillik deb qabul qilindi va 3-4 sinflarda “Tabiatshunoslik” fanining o'qitilishi ko'rsatib o'tildi.
Tabiatshunoslik “Atrofimizdagi olam” kursining davomidir. 3-4 sinflarda tabiatshunoslikni o'qitishning maqsadi -o'quvchilarning tabiat jismlari va hodisalari to'g'risidagi dastlabki bilimlarini kengaytirish, tushunarli misollarda tabiatdagi shuningdek, odamlar bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro bog'lanishlarni ko'rsatish, tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish boyicha odamlar mehnati bilan tanishtirish, zarur amaliy uquvlarni rivojlantirish va shu asosda o'quvchilarda boshlang'ich ilmiy moddiy dunyoqarashni shakllantirish, ekologik, estetik, vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishdir.
3-sinf tabiatshunoslik kursi “Tabiatda suv va havo”, “Foydali qazilmalar”, “Tuproq”, “O’simliklar dunyosi”, “Hayvonot dunyosi”, “Tabiat va inson salomatligi”, “Tabiat va inson” bo'limlaridan iborat.
Birinchi bo'limni o'rganish o'lkashunoslik tamoyili boyicha amalga oshiriladi. Shuningdek, tizimlilik va mavsumiylilik qoidalarini bajarishga katta e'tibor beriladi. O'rmon, yaylov, dala kabi jamoalar bilan tanishtirishda shu joy uchun harakterliroqlariga afzallik beriladi. Jamoada avval bir nechta misollarda tipik o'simliklarning tur jihatidan xilma-xilligi o'rganiladi.
O'quvchilarni odam organizmi bilan tanishtirishda faqat muhim organlarning joylashishi, ularning ahamiyati va o'z organizmiga ehtiyotlik bilan munosabatda bo'lish qoidalariga oid dastlabki ma'lumotlarga to'xtash kerak.
4-sinf tabiatshunoslik kursi “Yer – Quyosh sistemasidagi sayyora”, “Yer yuzi tabiatining xilma-xilligi”, “Vatanimiz bo’ylab sayohat” bo’limlaridan iborat.Unda asosiy e'tibor o'quvchilarni Vatanimiz tabiatining turli-tumanligi bilan tanishtirishga qaratiladi. O'quvchilar joyning rejasi va uning shartli belgilari bilan tanishadilar, xarita to'g'risidagi oddiy bilimni o'zlashtiradilar, uning asosiy ifodalarini uqishga o'rganadilar, mamlakatimizning joylashishi, shimoldan janubga tomon tabiatning almashinishi haqida tasavvurlar oladilar.
1. Nechanchi yilda “Davlat ta'lim standarti to'g'risidagi Nizom” tasdiqlandi?
2. Davlat ta'lim standarti nima?
3. 1-sinf “Atrofimizdagi olam” o’quv dasturi qanday bilimlardan iborat?
4. 2-sinf “Atrofimizdagi olam”o’quv dasturi qanday bilimlardan iborat?
5. 3-sinf “Tabiatshunoslik” o'quv dasturi qanday bo'limlardan iborat?
6. 4-sinf “Tabiatshunoslik” o'quv dasturi qanday bo'limlardan iborat?
7. “Tabiatshunoslik” dasturining asosiy mavzulari nimalardan iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nuriddinova. M.I. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. T:. O’quv qo’llanma. 2005.
2. G’ulomov P.,Mirzaxmatova Sh. “Atrofimizdagi olam”.2-sinf darsligi. T:.“Cho’lpon” nashriyoti. 2014.
3. BahramovA “Tabiatshunoslik” darsligi 3-sinf. T:. “Cho’lpon nashriyoti. 2014
Download 48.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling