2-Mavzu: Atrofimizdagi olam va Tabiatshunosiikdan dastur va mavjud ko’rgazmali qurollar tahlili. Mashg'ulotdan maqsad


Download 48.79 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi48.79 Kb.
#1393286
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-amal


2-Mavzu:Atrofimizdagi olam va Tabiatshunosiikdan dastur va mavjud ko’rgazmali qurollar tahlili.
Mashg'ulotdan maqsad: Talabalarni boshlang'ich sinf “Atrofimizdagi olam” (1-2- sinflar) va “Tabiatshunoslik” (3-4-sinflar) o’quv darsliklari va dasturi bilan amalda tanishtirish. Talabalarga darsliklarning mazmuni to'g'risida tushuncha berish va ularni tahlil qilishga o'rgatish.
Kerakli jihozlar: 1-2 sinf “Atrofimizdagi olam” darsliklari va dasuri.
Talaba bilishi kerak: 1-2 sinf “Atrofimizdagi olam” darsligining bo'limlari va asosiy mavzularini.
- “Ta'lim to'g'risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini.
- Davlat ta'lim standard va tabiatshunoslik dasturini.
Talaba bajarishi kerak:
1-2 sinf “Atrofimizdagi olam” darsliklarining bo'limlari va asosiy mavzularini mustaqil tahlil qilish.
Ishni bajarish tartibi:
-O'qituvchining “Atrofimizdagi olam” darsliklari mazmuni haqida ma'lumot berishi;
- atrofimizdagi olam darsliklarining ta'limi jarayonidagi roli haqida o'qituvchining suhbati;
- atrofimizdagi olam darsliklarining bo'limlari va asosiy mavzulari haqida o'qituvchining qisqacha bayoni;
atrofimizdagi olam darsliklarining bo'limlari va asosiy mavzularini tahlil qilish haqida o'qituvchining ko'rgazma berishi va tahlil qilishni amalda ko'rsatish,dars jarayonida atrofimizdagi olam darsliklarining bo'limlari va asosiy mavzularini amalda tahil qilish.
“Atrofimizdagi olam” va “Tabiatshunoslik” o'quv fanlari integratsiyalashgan bo'lib, unda tabiiy-ilmiy (biologik, geografik, fizik) bilim yelementlari yekologik, ijtimoiy, iqtisodiy, tarixiy bilimlar bilan mujassamlashgan. Bu yesa atrofimizdagi olam, tabiat haqida butun tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
“Atrofimizdagi olam” va “Tabiatshunoslik” darslari sinfdagina yemas, balki ayrim darslar tabiat quchog'ida ham o'tkazilishi mumkin. O'zbekistonning iqlim sharoitini hisobga olgan holda tabiatshunoslik ob'yektlarini kuzatish mavsumiy taqvim bo'yicha yemas, balki shu joy tabiatining o'zgarishlari bilan bog'liq holda tashkil yetilishi lozim. Kuzatishlar va tabiatga yekskursiyalar asosida o'quvchilar yil fasllari almashinishining tartibini tushunadilar, yil fasllarini, masalan, kuz bilan bahorni, qish bilan yozni taqqoslash natijasida ularning o'ziga xos xususiyatlari haqida gapirishni o'rganadilar.
Kursni o'rganishda qo'llaniladigan shakl, uslub va vositalar turlicha bo'lishi mumkin. Ularni tanlash o'qituvchi ixtiyoriga beriladi. Dasturda ayrim amaliy mashg'ulotlar va ekskursiyalar keltirilgan. O'qituvchi darslar mazmunidan, sharoit va imkoniyatdan kelib chiqqan holda qo'shimcha amaliy mashg'ulotlar va ekskursiyalarni amalga oshirishi mumkin.

Download 48.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling