2-Mavzu: Atrofimizdagi olam va Tabiatshunosiikdan dastur va mavjud ko’rgazmali qurollar tahlili. Mashg'ulotdan maqsad


Download 48.79 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi48.79 Kb.
#1393286
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-amal

Umumiy ma'lumot: 1986 yildan boshlab maktablarda 4 yillik boshlang'ich ta'limga o'tish munosabati bilan boshlang'ich sinf uchun atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha dastur hamda “Atrof olam bilan tanishtirish” kursi bo’yicha o'quv-metodik komplekslar
(darsliklar, metodik qo'llanmalar, kuzatishlar kundaligi) nashr qilindi. Ushbu dastur va darsliklar Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng uning dastlabki yillariga qadar amalda bo'ldi.
O'zbekiston respublikasining “Ta'lim to'g'risida” gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta'limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari birinchi darajali ehtiyojga aylandi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Uzluksiz ta'lim tizimida davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida” gi 1998 yil 5 yanvar qarori chiqdi va ushbu qarorga binoan “Davlat ta'lim standarti to'g'risidagi Nizom”tasdiqlandi. Unda boshlang'ich ta'lim 4 yillik deb qabul qilindi va 1-2 sinflarda“Atrofimizdagi olam” va 3-4 sinflarda “Tabiatshunoslik” fanlarining o'qitilishi ko'rsatib o'tildi.
Boshlang'ich sinflarning (1-2 sinflar) o'quv rejasiga “Atrofimizdagi olam” nomli yangi o'quv fani kiritilgan bo'lib, uni o'rganishga haftasiga 1 soat ajratiladi.Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha kursning asosiy vazifalari atrofdagi hayotning, tabiatning jism va hodisalari to'g'risidagi bolalar tasavvur va ularning axloqiy-odobiy tajribalarini boyitish, to'g'ri xulq-atvor (oilada, maktabda, ko'chada, jamoat joylarida, tabiatda) ko'nikmalarini shakllantirish, oila a'zolariga muhabbat va ular to'g'risida g'amxo'rlikni, atrofdagi odamlarga (tengdoshlarga, murabbiylarga va boshqalarga) e'tibor bilan munosabatda bo'lishni, inson mehnati bilan bunyod yetilgan narsalarga ehtiyotlik munosabatini, tabiatga mas'uliyat bilan munosabatda bo'lishni, jonajon o'lkaga - vatanga muhabbatni tarbiyalashdir.
Kursning mazmunini “Men va atrofimizdagi olam. Bizning maktab”,”O’simliklar olami. O’simlik qismlari”, “Biz foydalanadigan jihozlar”,” Qishlog’imiz tabiati.” (1-sinf), “Atrofimizdagi olam”, “O’kamizda uchraydigan qushlar”, “Vaqt o’lchov birligi”, “Bahorda kishilar mehnati” (2-sinf) mavzulari ochib beriladi. Bu mavzular atrof olam to'g'risidagi tasavvurlarni asta-sekin yaqindan uzoqqa borish asosida to'plab, boyitib va tizimga solib borish imkoniyatini beradi.
“Ta'lim to'g'risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida umumiy ta'lim fanlari bo`yicha davlat ta'lim standartlari ishlab chiqilib bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishilgandan keyin bu sohadagi ishlarni aniq bir tizimga solindi, yangiliklarni joriy etishga yetarli shart-sharoitlar yaratildi. Chunki davlat ta'lim standartlari o'quvchilar bilimiga qo`yiladigan majburiy minimal daraja bo'lib, hozirgi davr o'quvchilariga ta'lim standartlari darajasi talablaridan oshirib bilim, iqtidor va ko'nikmalar berishni taqozo etadi.



Download 48.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling