2-mavzu: auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi reja: 1


Auditorlik xulosasining turlari: modifikatsiyalanmagan xulosa


Download 76.47 Kb.
bet7/11
Sana17.11.2023
Hajmi76.47 Kb.
#1782839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi reja-fayllar.org

6. Auditorlik xulosasining turlari: modifikatsiyalanmagan xulosa
Avvalo modifikatsiyalanmagan auditorlik xulosasiga misol ko’raylik:
Biz taklif qilingan AVS kompaniyaning buxgalteriya balansini 31 dekabr 20x3 holatiga ko’ra, shuningdek tugayotgan yil uchun foyda va zararlar, pul oqimlari haqidagi hisobot auditini o’tkazdik. Ushbu moliyaviy hisobotlar uchun javobgarlik kompaniya raxbariyati zimmasida. Bizning majburiyatimiz biz tomonimizdan o’tkazilgan audit asosida ushbu moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi haqida fikr bildirishdir.
Biz auditni Auditning xalqaro standartlariga mos holda o’tkazdik. Ushbu standartlar biz auditni moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatoliklar yo’qligiga ishonch hosil qiladigan darajada rejalashtirishni va o’tkazishimizni talab qiladi. Audit moliyaviy hisobotlardagi sonli ko’rsatkichlar va ochib berishlarni tasdiqlovchi dalilarni testlashtirish asosida o’rganishni o’z ichiga oladi. Audit, shuningdek, foydalaniladigan buxgalteriya hisobi printsiplari va rahbariyat tomonidan qilingan muhim baholarni, shunindek, moliyaviy hisobotning umumiy ko’rinishini (tasavvur)ni baholashni ham o’z ichiga oladi. Biz umid qilamizki, biz tomonimizdan o’tkazilgan tekshiruv fikrlarimizni bildirish uchun etarlicha asos beradi. Bizning fikrimizcha moliyaviy hisobot jamiyatning 31 dekabr 20x3 holati bo’yicha moliyaviy hisobot moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (yoki yuz berayotgan mamlakatda qo’llaniladigan moliyaviy hisobot qoidalariga mos keladi))** mos holda ishonchli va xolis tasavvurlar beradi(yoki barcha muhim jihatlarda ishonli aks etadi).
Auditor Sana
Manzil
Auditorlik xulosasi modifikatsiyalangan va modifikatsiyalanmagan turlarga bo’linadi. Amaliyotda modifikatsiyalanmagan xulosa keng tarqalgan bo’lib, deyarli 90 % xulosalar modifikatsiyalanmagan xulosalardir.
Auditor, agar u moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlangan, degan xulosaga kelgan bo’lsa, modifikatsiyalanmagan fikr bildiradi.
Agar auditor:
  • olingan auditorlik dalillari asosida moliyaviy hisobotlar muhim buzib ko’rsatishlardan holi emas degan xulosaga kelgan bo’lsa; yoki


  • unga moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud emas, degan xulosaga kelish imkonini beruvchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa,


auditor AXS 705 ga muvofiq auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni modifikatsiyalashi


lozim.
Modifikatsiyalangan fikr – salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi, izohlar bilan fikr bildirilgan
auditorlik xulosasi, fikr bildirish rad etilgan auditorlik xulosasini o’z ichiga oladi.
Agar haqqoniy taqdim etish asosi talablariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etishni ta’minlamasa, auditor bu masalani tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan muhokama qilishi va, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosi talablariga va masala qanday hal qilinganiga qarab, auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni AXS 705 ga muvofiq modifikatsiyalash zarur yoki zarur emasligini aniqlashi lozim.
Agar moliyaviy hisobotlar muvofiqlik asosi talablariga binoan tayyorlangan bo’lsa, auditor moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etishni qay darajada ta’minlashini baholashga majbur emas. Biroq, kamdan-kam uchraydigan vaziyatlarda, agar auditor mazkur moliyaviy hisobotlar yanglish tasavvur hosil qilish uchun imkoniyat yaratadi, degan xulosaga kelgan bo’lsa, auditor bu masalani tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan muhokama qilishi va mazkur masala qanday hal etilishiga qarab, buni auditorlik hisoboti (xulosasi)da ko’rsatish kerakmi, agar ko’rsatish kerak bo’lsa, buni qay tarzda amalga oshirish zarur, degan savollarga javob berishi lozim.
Xulosaning tarkibiy qismlarini biz yuqorida aytib o’tdik. Ammo ta’kidlash zarurki, modifikatsiyalangan fikr hosil qilinganda modifikatsiyalangan fikr bildirish uchun asos bo’lgan vaziyatni o’zida aks ettiruvchi maxsus qism kiritilishi lozim.
Auditorlik tashkiloti ifodalagan modifikatsiyalangan fikrdan kelib chiqib auditorlik xulosasida maxsus qism "Salbiy fikr bildirish uchun asos", "Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos", "Fikr bildirishni rad etish uchun asos" deb nomlanadi. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq bu band auditorning fikridan oldin joylashtiriladi.
Shuningdek, auditor yoki auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar diqqatini quyidagilarga jalb qilish uchun auditorlik xulosasiga tushuntirish qismini kiritishi mumkin:
auditorlik tashkilotining fikri bo’yicha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotni tushunishlari uchun muhim hisoblanadigan darajada ahamiyatga ega, moliyaviy hisobotda aks ettirilgan vaziyatlarga;
auditorlik tashkilotining javobgarligini yoki auditorlik xulosasining mazmunini moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tushunishiga yordam berishi mumkin bo’lgan, moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan vaziyatlarga.
Tushintirish qismi kiritilishi auditorni moliyaviy hisobot haqidagi fikriga ta’sir etmasdan shunchaki qo’shimcha izoh sifatida xulosadan joy olishi mumkin. Masalan, amaliyotdan quyidagi misolni ko’rsak.


Tushuntirish (izoh) paragrafida hisob metodikasini o’zgartirish masalasi kiritilgan Intelning 2002 yildagi moliyaviy hisobotlariga berilgan so’zsiz ijobiy xulosasi
ERNST & YOUNG LLP auditorlik tashkilotining Intel korparatsiyasini aktsionerlari va Direktorlar kengashiga yo’llagan mustaqil auditor xulosasi
Biz Intel korparatsiyasining 28 dekabr 2002 yil va 29 dekabr 2001 yil holati balansini va 28 dekabr 2002 yilda tugovchi har bir uch yil uchun daromadlar, xususiy kapitali va pul oqimlari haqida tegishli konsalidatsiyalashgan hisobotlarining auditini o’tkazdik. Bizning auditimiz shuningdek, indeksdagi 15 (a) – bandda hisoblab chiqilgan moliyaviy hisobot grafigini ham o’z ichiga oldi. Ushbu moliyaviy hisobot uchun javobgarlik kompaniya rahbariyatining zimmasida. Bizning majburiyatimiz o’tkazilgan auditimiz asosida ushbu moliyaviy hisobot ishonchliligi haqida fikr bildirishdan iborat.
Biz auditni Qo’shma Shtatlarda umum qabul qilingan audit standartlariga mos ravishda o’tkazdik. Bu standartlar, auditni moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatolar yo’qligiga etarlicha ishonch hosil qiladigan darajada rejalashtirishimizni va o’tkazishimizni talab qiladi. Audit sonli ko’rsatkichlarni tasdiqlash va moliyaviy hisobotlarni ochib berishni tasdiqlovchi dalillarni testlashtirish asosida o’rganishni o’z ichiga oladi. Audit, shuningdek, foydalanilayotgan buxgalteriya hisobi printsiplari baholari va rahbariyat tomonidan yo’l qo’yilgan muhim xatoliklarni, hamda, moliyaviy hisobotni umumiy ko’rinishini baholashni ham o’z ichiga oladi.
Biz tomonimizdan o’tkazilgan audit fikrimizni bildirish uchun etarlicha asos beradi, deb o’ylaymiz. Bizning fikrimizcha, konsalidatsiyalashgan moliyaviy hisobot Intel korparatsiyasining 28 dekabr 2002 yil va 29 dekabr 2001 yil bo’yicha hisoboti konsalidatsiyalangan moliyaviy holatiga nisbatan hamma mavjud (muhim) munosabatlar bo’yicha ishonchli aks ettiradi, shuningdek, 28 dekabr 2002 yil uchun Qo’shma shtatlarda umumqabul qilingan buxgalteriya hisobi printsiplariga mos holda pul mablag’lari harakatini ham ishonchli aks ettirgan. Bundan tashqari, bizning fikrimizcha, umuman olingan asosiy moliyaviy hisobotlarga nisbatan munosabatlar ko’rib chiqilganda, mos keluvchi grafik, unda bayon qilingan axborotlarning hamma muhim munosabatlari ishonchli ko’rsatilgan.
2 – eslatmadagi konsalidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda ko’rsatilgandek, 30 dekabr 2001 yildan kompaniya moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq142 – “Ishbilarmonik obro’si (gudvil) va boshqa nomoddiy aktivlar haqida” bayonnoma qabul qildi.
Ernest & Young
SanXose, Koliforniya
Modifikatsiyalanmagan xulosaning oxirgi xatboshisi auditorlik xulosasi audit ekspertizasini o’tkazish natijalari bo’yicha tuzilganligini bildiradi. Bu band shunchalik muhimki, auditorlik xulosasi ko’pincha shu xatboshi nomi bilan “auditor fikri” deb ham ataladi. Fikrlar xatboshisi faqat tekshiruv natijasidagi faktni yoki kafolatning tasdig’i emas balki xulosalar professional mulohazalarga asoslanganligini ko’rsatadi.

AQShdagi Wm.Wringley Jr.Company uchun modifikatsiyalanmagan auditorlik xulosasi va moliyaviy hisobotga javobgarlik bo’yicha rahbariyatning xati



Download 76.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling