2-mavzu: auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi reja: 1


Download 76.47 Kb.
bet8/11
Sana17.11.2023
Hajmi76.47 Kb.
#1782839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi reja-fayllar.org

Wm.Wringley Jr.Company aktsiyadorlari va direktorlar kengashiga
Mustaqil auditorlar xulosasi
Biz Wm.Wringley Jr.Company va uning tarkibidagi kompaniyalarning (keyingi o’rinlardaKompaniyalar”) 31 dekabr 2003 yil va 2002 yillar holati bo’yicha taqdim qilingan konsalidatsiyalashgan buxgalteriya balansi, xususiy kapital, pul oqimlari, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotlarni yuqorida keltirilgan davr uchun ko’rib o’tdik. Moliyaviy hisobot tuzish bo’yicha javobgarlik kompaniya rahbariyatining zimmasida. Bizning majburiyatimiz biz tomonimizdan o’tkazilgan tekshiruv asosida berilagan moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi haqida haqqoniy fikr bildirishdir. Bizning fikrimizcha moliyaviy hisobot jamiyatning 31 dekabr 2003 yil va 2002 yillar moliyaviy holatining hamma muhim tomonlari bo’yicha, shuningdek, ularning 31 dekabr 2003 yilda tugaydigan davr uchun faoliyatining natijasi va pul mablag’larining harakati hisobotlarda Amerika Qo’shma Shtatlarida umum qabul qilingan buxgalteriya hisobi tamoyillariga mos holda ishonchli aks ettirilgan. Ernst and Young LLP
Chikago, Illinoys 21 yanvar 2004


Moliyaviy hisobotlarga javobgarlik to’g’risida
RAHBARIYATNING XATI
Wm.Wringley Jr. Kompaniyasi boshqaruvi ushbu yillik hisobot tayyorlash, uning yaxlitligi va ular bilan bog’liq axborotlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Ushbu javobgarlik ichki nazorat tizimi orqali aktivlar butunligini ta’minlash, bitimlar tegishli tarzda ruxsat olgan holda amalga oshirilishiga erishish va moliyaviy yozuvlar to’g’ri aks ettirilishini ham qamrab oladi.
Ushbu choralar ichki auditning kompleks dasturini, kompaniya siyosatini, jarayonlar uchun javobgarlik mos tarzda bo’lishini, shuningdek, xodimlarni ehtiyotkorlik bilan tanlash va o’qitishni o’z ichiga oladi. Korxona siyosati Ish yuritish kodeksini o’zida aks ettirib, unga muvofiq barcha ishchilar kasbiy etika qoidalariga amal qilishlari lozimdir.
LLP Ernst and Young moliyaviy hisobotlarning mustaqil auditini o’tkazdi, uning hsoboti(xulosasi) quyida keltiriladi. Direktorlar kengashi boshqaruv uchun o’z javobgarligini mustaqil direktorlardan iborat, audit bo’yicha komitet orqali amalga oshiradi. Audit bo’yicha Komitet muntazam ravishda hisob tahlili va nazorat masalalar yuzasidan yig’ilishlar o’tkazadi. Ernst and Young LLP va ichki auditorlar audit bo’yicha Komitetga to’g’ridan-to’g’ri kirish imkoniga ega va ular bilan muntazam ravishda alohida uchrashish imkoniga ega. WM.WRIGIEV JR.KOMPANIYa
Chikago, Illinoys 21 yanvar 2004
AQShda (US) auditining umum qabul qilingan standartlari GAAS xalqaro standartlar kabi, xulosada uchta banddan foydalanishni talab qiladi. Ikkinchi xatboshi xalqaro standartlarga muvofiq qayd etish qismiga, uchinchi xatboshi esa auditor fikrini ifodalaydigan bandga to’g’ri keladi. Yuqoridagi misolda Amerikaning Wm.Wrigiev Jr.Comnany kompaniyalari, saqich ishlab chiqaradigan “Juicy Fruit”, “Doublemint” yalpizli, “Spearment” yapizli, “Big Red” va boshqa kompaniyalarining to’liq hisobotlari haqidagi auditor xulosasini va rahbariyatning moliyaviy hisobotlarga javobgarlik haqidagi xatini ko’rdik.



Download 76.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling