2-мавзу. Автомобилларнинг техник ћолати ва ишлаш ќобилиятини эксплуатация жараёнида ўзгариши


Avtomobillarning texnik holatini ekspluatatsiya jarayonida o’zgarishi tasnifi


Download 148 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi148 Kb.
#1588640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ma\'ruza 2-3 Mavzu Avto tex holati va ish qobiliyati (1)

Avtomobillarning texnik holatini ekspluatatsiya jarayonida o’zgarishi tasnifi.

  • Avtomobillarning texnik holatini ekspluatatsiya jarayonida o’zgarishi tasnifi.
  • Avtomobil texnik holatiga ta’sir etuvchi va uni belgilovchi tabiiy iqlimning asosiy parametrlari quyidagilardir: atrof-muhit havosi harorati va uning o’zgarish diapazoni; namlik; shamol yuklamasi; quyosh radiatsiyasi darajasi; barometrik bosim.
  • Atrof-muhit havosi harorati avtomobil texnik holatiga juda kuchli ta’sir qiladi. Avtomobilning normal ishlashi uchun +50 S dan +200 S gacha bo’lgan havo harorati diapazoni kifoya qiladi. Bu oraliqda avtomobil agregatlari va uzellarining optimal issiqlik holatini saqlab turish va ularning ish qobiliyatini ta’minlash mumkin. Yuqori haroratlar dvigatel mas’ul detallarining issiqlik kuchlanishini oshiradi va uni haddan tashqari qizib ketishiga olib keladi.
  • Dvigatel, ajratilayotgan va chiqarilayotgan issiqlik miqdorlari orasidagi muvozanatning buzilishi natijasida, qizib ketadi. Agar sovutish tizimidagi suyuqlikning harorati +900 S dan oshib ketsa, dvigatel qizib ketadi.
  • Buning natijasida suv nasosining unumdorligi pasayadi, porshen halqalarini qurum bosadi, porshen tubining kuyish, kuzatiladi, tsilindrlar deformatsiyaga uchraydi va tsilindr–porshen guruhining yeyilishlari keskin ortadi. Benzinda ishlaydigan dvigatelning qizib ketishi detonatsiya holatini vujudga keltiradi, bu esa o’z navbatida, dvigatel quvvati, yonilg’i iqtisodiyoti va chidamliligini pasaytiradi. Havoning va dvigatel detallarining yuqori harorati, tsilindrlarning to’ldirilish koeffitsientini pasaytiradi, yonilg’i aralashmasini boyitadi, yonilg’i sarfi va ishlatilgan gazlar zaharliligini oshirib yuboradi.
  • Dizel dvigatellarida ham havoning yuqori harorati quvvatning pasayishiga, yonilg’i sarfining va ishlatilgan gazlar zaharliligining o’sishiga olib keladi. Avtomobilning boshqa agregatlarida yeyilish jadalligi ortadi, chunki havo tarkibidagi changning miqdori ko’payadi, moylash sharoitlari moyning qovushqoqligi tushib ketishi oqibatida yomonlashadi.
  • Dvigatel qizib ketmasligi uchun sovutish tizimidagi suyuqlikning miqdorini nazorat qilish, radiator sirtlarini tozalash, sovutish tizimini quyqa cho’kindilardan va qasmoqlardan tozalash, o’t oldirishni to’g’ri o’rnatish, ventilyator tasmasining tarangligini ta’minlash, termostat ishini nazorat qilish va boshqa ishlarni amalga oshirish lozim.

Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling