2-mavzu: axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish (8-semestr) ma’ruza mashg’uloti rejasi


Download 0.97 Mb.
bet4/4
Sana31.05.2020
Hajmi0.97 Mb.
#112312
1   2   3   4
Bog'liq
AXBOROT-KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI VOSITALARINI YARATISH


Elektron kutubxona imkoniyatlari

Elektron kutubxona odatdagi kutubxonaga qaraganda bir qancha qulayliklarga ega:

  • joy tejalishi, ya'ni kitoblarni saqlash uchun maxsus joy zaruriyatining yo`qligi;

  • nodir asar va ma'lumotlarni saqlash va ulardan foydalana olish imkoniyatini mavjudligi;

  • foydalanishning qulayligi va yingilligi;

  • qidiruv tizimlarining mavjudligi;

  • ma'lumotlar xajmining cheklanmaganligi;

  • ma'lumotni audio, video va kompyuter grafikasi yordamida sifatli va yaxshiroq aks ettirilishi;

  • vaqtning tejalishi va cheklanmaganligi, ya'ni undan 24 soat mobaynida foydalanish mumkinligi;

  • qo`shimcha xizmatlarning mavjudligi.

Demak, elektron kutubxona - turli ma'lumotlar jamlangan Internet sahifalaridir. Bu sahifa kutubxonalardagi maxsus markaz mutaxassislari tomonidan ma'lumotlarni muntazam ravishda kompyuterga kiritish va yig`ish orqali tayyorlanadi. Ya'ni ma'lumotlar doimo yangilanib turiladi va kutubxona xajmi kengayib boradi.

Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin. Buning uchun kutubxona manzilini Adres maydoniga yozishingiz zarur. Odatdagi kutubxona singari elektron kutubxona ma'lumotlari xam mavzu yoki alfavit bo`yicha tartiblanadi. Shuning uchun zarur ma'lumotlarni shu tartibda topish mumkin. Virtual kutubxona haqida batafsil ma'lumot bilan quyidagi http://vlibrary.freenet.uz saxifasida tanishishingiz mumkin.

Hozirgi kunda elektron kutubxonalar son sanoqsizdir. Kutubxonalar, universitetlar, ba'zi tashkilotlar o`z elektron kutubxonalariga ega. O`zbekistonda ham shunday kutubxonalar mavjud. Quyida ba'zi elektron kutubxona manzillari va tavsifini keltiramiz.

Kongress virtual kutubxonasi. http://Icweb.lok.gov - Kongress kutuvxonasining elektron kurinishi bo`lib, u dunyodagi eng yirik virtual kutubxonalardan biridir. Kongress kutubxonasi 1800 yili 24 aprelda tashkil etilgan. Unda 115 milliondan ziyod kitob va xujjatlar yigilgan. Virtual kutubxonada tarixga oid ma'lumotlar, turli kollektsiyalar, rasmlar axborotlar, yangiliklar mavjud. Bu kutubxona bo`ylab sayr qilganingizda, unga mujassamlashgan obidalarning uzoq tarixiga safar qilgandek bo`lasiz.

WWW Virtual kutubxonasi. http://www.vlib.org - WWWVirtual kutubxonasi turli-tuman ma'lumotlarni o`z ichiga oladi: qishloq xujaligi, iqtisod va biznes, kompyuter texnologiyalari, aloqalar, axborot va jurnalistika, o`qish, qonunlar, ilm - fan va hokazolar. Kutubxonaning quyidagi bo`linmalari xam mavjud: Pensilvaniya Davlat Universiteti (USA), Buyuk Britaniya (UK), Shveytsariya (Switzerland) va Argentina. Kutubxonada alfavit bo`yicha so`z va jumlalar bo`yicha qidirish tizimi mavjud.

Gpo Access. http://gpo.gov - US Goverment Printing Office markazi millionlab ma'lumotlarni o`zida mujassamlagan. Unda siz AQSHdagi turli tuman hujjatlar, kitoblar, yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Har oyda bu kutubxona 28.000.000 ta xujjat bilan to`ldirilib boriladi. Bu vazifani maxsus elektron ma'lumotlar bo`linmasi bajaradi. Maslahatlar va buyurtmalar telefon va elektron pochta orqali bajariladi. Kuniga bir necha minglab foydalanuvchilar bu xizmatdan foydalanadi. Bu kutubxonadan davlat va shaxsiy korxonalar keng foydalanadilar.

Ushbu kutubxonada bolalar uchun maxsus bo`linma mavjud bo`lib, bu bo`linmada bolalar o`ziga zarur va qiziqarli ma'lumotlarni olishi mumkin. Bo`lar: tarix, qonunlar, o`qishga oid zarur to`plam va ma'lumotlardir. Bu bo`linmaning nomi - AQSH hukumatining bolalar uchun sahifasi. (Ben`s Guide to the US goverment for kids), manzili - http://bensguide.gpo.gov. Marketing va reklama bo`limi kutubxona kataloglarini ishlab chiqadi va ularni dunyo bo`ylab tarqatadi.



Virginia Commonwealth University. http://vcu.library.edu - Virginia Commonwealth University elektron kutubxonasi. Bu kutubxona universitetning elektron kutubxonasdir. Bu kutubxona o`zida ko`pgina kitoblar, maqolalar, jurnallar, audio va video ma'lumotlarni mujassamlashtirgan. Kutubxona barcha konferentsiyalar, anjumanlar va ma'ruzalar haqidagi ma'lumotlarni muntazam e'lon qilib turadi.

Vashington Universiteti Virtual Kutubxonasi. www.library.wustl.edu -Ushbu kutubxonada quyidagi mavzulardagi ma'lumotlar mavjud: san'at va arxitektura, ilm-fan, tibbiyot, qonunlar va hokazolar. Kutubxonaning qidirish tizimi mavjud. Kutubxona ma'lumotlarga buyurtmalar qabul qiladi.

Rossiya Milliy Elektron kutubxonasi. http://www.nnc.ru - Dunyodagi eng yirik ommaviy axborot vositalarining rus tilidagi elektron to`plamidir. Unda matbuotdagi nashrlar, turli xil ma'lumotlar keltirilgan. Ma'lumotlar 2.500 dan ko`p Moskva, Rossiya mintaqalari, MDX va Boltiq bo’yi davlatlari axborot manbalaridan olinadi va doimo yangilanib turiladi. Kutubxonaga kuniga 6.500 dan ortiq xujjatlar kelib tushadi va ular to`la xajmda kutubxonaga kiritiladi. Kutubxonada 4.000.000 dan ortiq xujjatlar yigilgan. Kutubxonada qidiruv tizimi mavjud, u ma'lumotlarni so`z va iboralar bo`yicha topish imkoniyatiga ega. Kutubxona bilan istalgan vaqtda shug’ullanish mumkin. Kutubxona manbalaridan tijoriy usulda foydalanish mumkin. Kutubxona Rossiyadagi eng yirik ommaviy, siyosiy va yangiliklar serveri hisoblanadi.

Moliyaviy axborotlar Agentligi Virtual Kutubxonasi 2000 yilda Yivroosiyo fondining moliyaviy ko`magi yordamida tashkil etildi. Virtual Kutubxona biznes-jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari mutaxassislarini axborot bilan ta'minlash uchun yaratilgan. Kutubxona axborot olish, yig`ish va uzatish uchun zamonaviy kompyuter va axborot vositalari bilan ta'minlangan. Virtual kutubxona kitobxonlariga respublikamizda va xorijda yuz berayotgan zamonaviy texnologiyalar, xamda iktisodiy jarayonlar haqida ma'lumotlar olish uchun maxsus to`plamlar yaratilgan.



Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin?

Demak, yuqorida aytib o’tganimizdek elektron kutubxona resurslari kompyuter xotirasiga joylangan bo‘ladi. Bu kutubxona ma’lumotlari elektron ko‘rinishda bo‘lib, kompyuterda raqamli formatda, maxsus kompyuterlar — Serverlarda joylashadi. Elektron kutubxonadan foydalanish uchun kompyuter, modem va internet tarmog‘i bo‘lishi yetarli. Biz esa shu kutubxona joylashgan internet manzilini bilsak kifoya. Elektron kutubxonada mas’ul mutaxassislar ma’lumotlarni muntazam ravishda kompyuterga kiritadi va yig‘adi. Ya’ni ma’lumotlar doimo yangilanib turiladi va kutubxona hajmi kengayib boradi. Elektron kutubxonada kutubxonachi bo‘lmaydi, shuning uchun zarur kitob yoki ma’lumotni kompyuter javonlaridan o‘zingiz qidirasiz.



Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin? Buning uchun kompyuteringiz brauzerida kutubxona manzilini yozishingiz kerak. Odatdagi kutubxona singari elektron kutubxona ma’lumotlari mavzu yoki alifbo bo‘yicha tartiblanadi.

ZiyoNET portali ham foydalanuvchilar uchun elektron kutubxona imkoniyatini taqdim etadi – buning uchun portalning “Kutubxona” bo‘limiga kirsangiz kifoya. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portal kutubxonasidan 7000 ga yaqin turli hajmdagi va turli ko‘rinishdagi ilmiy axborot resurslari joy olgan. Ular asosan yurtimiz oliy o‘quv yurtlari, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, ilmiy tadqiqot ins­titutlari va boshqa turli ta’lim muassasalarida xamkorlik qilib kelayotgan 400 ga yaqin mas’ullar ko‘magida jamlanganini alohida e’tirof etish lozim. Eng muhimi, adabiyotlarning aksariyati o‘zbek tilidadir.

Kutubxonada jamlangan adabiyotlar 9 ta yirik guruh toifasida tasniflanadi. O‘z-o‘zidan har bir guruh kichik bo‘linmalarga ham bo‘linadi. Guruhlar qu­yidagilar:



  • matematika va tabiiy fanlar ta’limi;

  • texnika va texnologiyalar yo‘nalishi ta’limi;

  • tibbiyot va farmatsevtika ta’limi;

  • ijtimoiy-gumanitar ta’lim;

  • iqtisodiyot va bosh­qaruv yo‘nalishi ta’limi;

  • madaniyat va san’at yo‘nalishi ta’limi;

  • yuridik ta’lim;

  • pedagogik ta’lim;

  • harbiy ta’lim.

Siz yuqoridagi bo‘limlardan o‘zingizga keraklisiga kirishingiz va adabiyotlarni ko‘zdan kechirib chiqishingiz mumkin. Har bir adabiyotni ko‘chirib olib, ko‘z yugurtirib chiqish odatda ma’lum vaqt talab etadi. Ustiga-ustak shu mavzuda adabiyotlar ko‘p bo‘lgan taqdirda aynan keraklisini ajratib olish uchun yana vaqt zarur. Bunda vaqtni tejashning oson yo‘li bor – siz adabiyotlar ro‘yxatida xar bir adabiyotga yozilgan qisqa sharhlar ko‘magida darrov o‘zingizga keraklisini tanlashingiz mumkin.

Zarur adabiyotni tezroq topishning yana bir oson yo‘li — portalning boshqa bo‘limlarida bo‘lgani kabi, “Kutubxona” bo‘limida ham qidiruv tizimi mavjud. Qidiruv maydoniga o‘zingizga zarur adabiyot nomini yoki mavzuni yozasiz hamda qidiruvga buyruq berasiz. Sanoqli soniyada tizim topilgan adabiyotlarni e’tiboringizga taqdim qiladi. Eng muhimi, siz mazkur ilmiy resurslarni nafaqat ko‘zdan kechirish yoxud o‘qish, balki ko‘chirib olish imkoniga xam egasiz.


Foydalanuvchi kutubxonaga axborot resurs joylashtirish mumkinmi?

Aytaylik, siz pedagogsiz va faoliyatingiz doirasida ko‘plab pedagogik ijodiy ishlar – dars ishlanmalari, ma’ruzalar, qo‘llanmalar tayyorlagan bo‘lishingiz mumkin. Sizda ushbu resurslarni ham portalimiz kutubxonasiga joylashtirish istagi tug‘ildi, deylik. Bu istakni amalga oshirish juda ham oson. Endilikda portalimizning texnik darajasi shunga qodirki, kutubxonani aynan siz ham “onlayn” tarzda boyitishingiz mumkin. Bu kutubxonaning “Resurs qo‘shish” nomli bo‘linmasiga kirish orqali amalga oshiriladi.

Eng avval, kutubxonaga joylashtirishni ko‘zlagan axborot resursingiz ba’zi talablarga javob berishi lozim. Demak, ular bilan tanishib olamiz. Xalq ta’limi vazirligining 2006 yil 28 iyundagi 167-sonli qaroriga binoan, “ZiyoNET” jamoat ta’lim axborot tarmog‘iga joylashtiriladigan axborot resurslariga qo‘yiladigan texnik talablar quyidagilar:

1. Microsoft Word — Matn (*.rtf — Matn RTF shaklida) formatdagi ma’lumotlar uchun:


  • shrifti: Times New Roman

  • usuli: oddiy

  • o‘lchami: 12

  • hujjat chegarasi: tepa qismi — 2 sm., pastki qismi — 2 sm. chap qismi — 3 sm., o‘ng qismi — 1.5 sm.

  • shakl: kitob shaklida

  • matnning tekisligi: chap tarafdan

  • xat boshi chapdan — 0 sm, o‘ngdan — 0 sm.

2. Grafikali ma’lumotlarni taqdim qilish shakli.

  • Grafikali ma’lumot deganda — fotosuratlar nazarda tutilgan:

  • fotosurat o‘lchami 4×3 bo‘lishi zarur (fotosuratning qulay shakli 1024 piksel uzunasiga va 768 piksel bo‘yiga bo‘lishi zarur);

  • fotosuratning hajmi 100 dpi dan kam bo‘lmasligi zarur (nuqta dyumga);

  • fotosuratning qisqart­masi *.jpg yoki *.jpeg;

  • fotosuratning qog‘ozdagi shakli 9×15 sm va 21×30 sm dan katta bo‘lmasligi zarur;

  • oq-qora shaklda taqdim qilingan fotosurat, o‘z holicha o‘zgarmay qoladi.

3. Katta hajmdagi (2 megabaytdan yuqori) ma’lumotlarni elektron axborot tashish vositalarida (3,5 disk, SD-R, CD-RW yoki USB Flash Drive) taqdim qilish mumkin.

4. Ma’lumotlar quyidagi tillarda qabul qilinib, joylashtiriladi:

  • davlat (o‘zbek) tili — lotin yozuvida (kirillda UNICOD)

  • ingliz (english) tili — lotin yozuvida

  • rus tili — kirill yozuvida

Aytaylik, kutubxonaga joylashtirishni ko‘zlagan adabiyotlaringiz yuqoridagi talablarga javob beradi. Demak, resursingiz joylashgan faylni *.zip yoki *.rar formatga keltirasiz va “Kutubxona”ning “Resurs qo‘shish” bo‘limiga kirasiz. Bu bo‘limda e’tiboringizga anketa taqdim qilinadi. Anketada adabiyotning nomi, turi, yo‘nalishi, auditoriyasi, tili, muallifning ismi-sharifi, kasbi va bosh­qa ma’lumotlar so‘ralgan. Barcha bandlarni to‘ldirish va adabiyot bo‘yicha qisqa sharh yozganingizdan so‘ng, “Qo‘shish” (Dobavit) tugmasini bosasiz. Shu tariqa ish yakuniga yetadi. Portal moderatorlari tomonidan taqdim etgan resursingiz ko‘zdan kechiriladi va kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda sanoqli daqiqalardan so‘ng “Kutubxona” bo‘limidan joy oladi.



(Eslatma: kutubxonaga “onlayn” tarzda adabiyotlar qo‘shish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz lozim va joylashtirilayotgan resursingiz 2 megabaytdan oshmasligi kerak.)

Xo'sh, kimlar e-kutubxona yaratish bilan mashg'ul? Javob shuki, ehtiyoj va imkoniyatlarga qarab, har qanday tashkilot ham o'z e-kutubxonasiga ega bo'lishi mumkin. Ammo asosan, hukumat tashkilotlari, arxivlar, universitet kutubxonalari va ommaviy kutubxonalar, noshirlar va ilmiy-tadqiqot markazlari uchun muhim faoliyat hisoblanadi.



Raqamli kutubxonalar bilan bog'liq muammolar ham yo'q emas. Ulardan eng ko'p uchraydigani mualliflik huquqi bilan bog'liq masalalardir. Ko'pincha turli onlayn jamoalar platformalarda u yoki bu asarning muallifi (yoki huquq egasi) ruxsatisiz chop etilishi yuzasidan tortishuvlar bo'lib turadi. Ko'pchilik saytlardagi resurslar mualliflik huquqi amal qilish muddati tugagan asarlarni o'z ichiga oladi. Masalan, Maykl Hartning Project Gutenberg loyihasi doirasida faqat ochiq domendagi kitoblar raqamlashtirib omma e'tiboriga havola qilinadi.

Boshqa elektron kutubxonalar uchun esa mualliflik huquqi amalda bo'lib turgan asarlar uchun litsenziya sotib olinadi (masalan ellektron kolleksiyani boshqarayotgan kutubxona yoki universitet tomonidan) va uni tijorat yo'li bilan tarqatadi.

Muammolardan yana biri esa, an'anaviy kutubxonalardan farqli tarzda, elektron kolleksiyalarga kirish uchun barqaror axborot texnologiyasi infrastrukturasi talab qilinadi. Bu esa o'z navbatida elektr energiyasi va telefon tarmoqlarining mavjudligi va sifatiga chambarchas bog'liq. Shu sababdan, birinchi qarashda hamma uchun ochiq, global ko'lamda deb bilingan elektron kutubxonalardan hamma ham foydalana olmasligi mumkin (masalan, uchinchi dunyo mamlakatlarining aholisi).

Hozirda yirik ko'lamdagi elektron kutubxonalar yaratilmoqda. Ta'lim va madaniyat dargohlaridan tashqari, tijorat kompaniyalari ham bu jarayonga kirib kelishdi. Hammamizga ma'lum qidiruv mashinalari ta'minotchilari bo'lgan Google, Yahoo va MSN kutubxonalar jamg'armasidagi jildlarni skanerlab, o'z platformalariga joylashtirishni boshlagan edilar. Microsoft kompaniyasini keyinchalik iqtisodiy jihatdan o'zini oqlamaydi deb hisoblab, bu kabi tashabbusni to'xtagan bo'lsa ham, Google kompaniyasi hozirgi kunga qadar millionlab kitoblarni raqamlashtirib, Google Book Search loyihasi doirasida Internetga joylashtirib kelmoqda. Shu yo'sinda, kitoblarni boshqarish, OCR ( optical character recognition) va e-kitob kabi bosma nashrlarni aks ettirish texnologiyalarning rivojlanishi sharofati bilan muqobil saqlash platformalari va biznes modellarining paydo bo'lishi elektron kutubxonalarning yanada ommalashuviga turtki bo'ldi.



TATU elektron kutubxonasi

2001 yil kuz oylarida TATU kutubxonasida O`zbekiston pochta va telekommunitsiyalar agentligi tomonidan berilgan birinchi kompyuterlar olingandan so`ng elektron kutubxona yaratilishi boshlandi. Universitet rektorati an`anaviy kutubxonaga qo`shimcha maydon (488 kv.m) ajratgan so`ng asosiy qismi ko`chib o`tdi, bo`shagan xonalarga elektron kutubxona joylashtirildi.

2001 yil 26 oktyabrda birinchi elektron kutubxona qiroatxonasi ochildi. Unda 20 ta Pentium-I kompyuterlari o`rnatildi, ulardan biri server uchun ajratildi. 2002 yil 25 martida 20 ta kompyuterli talabalar uchun ikkinchi qiroatxona, hamda o`qituvchi va xodimlar uchun zallar ochildi. 2002 yil "EdNet ta`lim tarmog`i" dasturi granti asosida Pentium-III serveri printer bilan olindi.

Hozirgi paytda Elektron kutubxona LCD-monitorli Pentium-IV kompyuterlari bilan jihozlangan 4 ta zalni o`z ichiga olgan: 3 ta zal talabalar uchun (bakalavr va magistrlar uchun) (60 kompyuter) va 1 zal o`qituvchilar uchun (8 kompyuter). Tarmoqdagi ish ikkita server orqali ushlab turiladi. Elektron kutubxonaga kun mobaynida 260 tagacha bo`lgan kitobxon kiradi. EK ishlari olib borilishi foydalanish qoidalari da to`liq berilgan.

EK qiroatxonalaridan foydalanuvchilar quyidagi manbalardan foydalanishligi mumkin:

Elektron katalog kutubxonaning an`anaviy va elektron manbalari tavsiflangan 37.000 dan ortiq yozuvlarni o`z ichiga olgan. Bugungi kunda elektron katalogga universitetda o`qitiladigan mutaxassisliklarga oid barcha adabiyotlar kiritilgan. Hozirda asosan yangi keltirilgan va badiiy adabiyotlarni kiritish ishlari olib borilmoqda.

Ma`ruzalar matni va metodik qo`llanmalar universitet o`qituvchilari tomonidan ishlangan (19 yanvarcha: 215 nom o`zbek tilida, 252 - rus tilida va 3 - nemes tilida);

Elektron darslik, universitet o`qituvchilari tomonidan yaratilgan (38 nomda) va informatsion texnologiyalar bo`limi (38 nomda).

Elektron turdagi kitoblar, noyob turdagi kitoblarning to`liq matni 115 nomdan ortiq.

EBCSO Publishing, SpringerLink, Oxford University Press, The Royal Society of London va Integrum (Russia Online) elektron jurnallarning to`liq matnli ma`lumotlar bazasi ingliz, rus va boshqa tillarda bo`lgan 18.000 chet el jurnallar va gazetalarni o`zida qamrab olgan;

Kitoblarning to`liq matnli ma`lumotlar ombori Internet tizimi orqali yig`ilgan (955 nom) (dasturlash, ma`lumotlar ombori, tarmoqlar va x. k., badiiy adabiyotlar), hamda ba`zi bir ko`p so`raladigan kitoblarning elektron nusxasi (99 nom). Ularga kirish Web-sahifa orqali bajariladi;

Virtual mavzuli ko`rgazmalar, kutubxonada mavjud bo`lgan dolzarb yo`nalishlardan bo`lgan pedogogika, psixologiya, masofadan o`qitish, uyali va sputnik aloqa mavzulari bo`yicha adabiotlarni tashkil etadi. Virtual ko`rgazmada o`quvchilar tanlangan mavzularidagi yangi kitoblarni yaqqol ko`rishlari mumkin.

Internet. Qiroatxonalardagi barcha kompyuterlarda Internetga kirish imkoniyati bor (tezlik 512 kb/s). Kutubxonachilar tomonidan O`zbekistonning, hamda boshqa davlatlarning foydali manzillar web-manbalari tayyorlangan va saytga kiritilgan.

Disketalarni, CD- va DVD-disk o`quvchilar o`z uylariga olib, o`zlarining shaxsiy kompyuterlarida foydalanishlari mumkin.

Kutubxona saytida barcha ma`lumotlar bo`limlarga bo`lingan, ular uchun qidiruv tizimi ishlamoqda.

Universitet resurslarining katta qismi Internet foydalanuvchilar uchun quyidagi manzilda mavjud: http://library.tuit.uz.

Har yili kutubxona va uning resurslari xaqida 1-kurs talabalari uchun (1 para) dars o`tiladi. Dars rejasi:

ARM ning umumiy ma`lumotlari

Foydalnish qoidalari

Elektron katalog

To`liq matnli manbalar (kitoblar, jurnallar, ma`ruzalar matni va metodik qo`llanmalar)

Kutubxona saytidagi foydali manbalar.


Nazorat savollar:

  1. Elektron kutubxona bu nima? Undan qanday foydalanish mumkin?

  2. Elektron kutubxona imkoniyatlari haqida gapirib bеring.

  3. Foydalanuvchi kutubxonaga axborot resurs joylashtirishi mumkinmi va u nimalarga rioya qilishi lozim?

  4. Elektron kutubxonaning afzalliklari.

  5. Virtual kutubxonalarni qidirish va ulardan samarali foydalanish usullari haqida gapirib bеring.


Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar:

  1. X. Soatqulov. ZiyoNET kutubxonasi.

  2. Digital Library Federation. (1999, April 21). A working definition of digital library. Retrieved August 24, 2006, from http://www.clir.org/diglib/dldefinition.htm

  3. Borgman, Christine L. (1999). What are digital libraries, who is building them, and why? In T. Aparac (Ed.), Digital libraries: Interdisciplinary concepts, challenges and opportunities (pp. 29). Zagreb : Benja.






Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling