2-Mavzu. Axborotlarni kompyuter xotirasida tasvirlanishi Reja


Haqiqiy son ko’rinishdagi ma’lumotlarni kompyuter xotirasida tasvirlanishi


Download 209.78 Kb.
bet3/7
Sana13.11.2023
Hajmi209.78 Kb.
#1769334
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-Mavzu. Axborotlarni kompyuter xotirasida tasvirlanishi Reja-fayllar.org

3.Haqiqiy son ko’rinishdagi ma’lumotlarni kompyuter xotirasida tasvirlanishi.Kompyuter xotirasida haqiqiy sonlarni tasvirlash usuli boshqacharoq. Suzuvchi nuqtali haqiqiy sonlarni kompyuter xotirasida tasvirlanishini ko’rib chiqaylik.
Ixtiyoriy haqiqiy sonni M∙10 p ko’rinishda yozish mumkin, bu yerda, M - sonni mantis-sasi (1≤M<10) va p- esa sonni tartibi( butun son) deyiladi. Masalan,120100000=1,201∙108. 10 li sanoq sistemasida sonlarni har bir raqamini o’rni qo’shni xonadaga raqam o’rnidan 10 ni darajasiga boqliq holda farqlanadi. Shuning uchun sonni 10 ga ko’paytirish deganda, sondagi vergulni o’ngga bir pozisiya surish, 10 ga bo’lish deganda esa vergulni chapga bir pozisiya surish tushuniladi. Yuqoridagi misolni quyidagicha davom ettirish mumkin:
120100000=1,201∙108=0,1201∙109=12,01∙107….
Kompyuterlarda haqiqiy sonlarni suzuvchi nuqtali ko’rinishda ifodalashda, maksimal aniqlikga erishish sonni mantissasi 110≤M<210 oraliqda bo’lishi kerak. Bundan ko’rinib turibdiki, 2 li sanoq sistemasida haqiqiy sonlarni ifodalashda suzuvchi vergul fiksirlangan bo’ladi, yani vergul birinchi raqamdan(0 yoki 1 dan) keyin keladi.
Kompyuterlarda haqiqiy sonlarni suzuvchi nuqtali ko’rinishda tasvirlash uchun ularga ajratilgan joy uch qismdan iborat bo’ladi. 1-qismda sonni ishorasi uchun bir katak joy, 2-qismda sonni tartibi uchun joy(nechta kataklilgi sonni turiga bog’liq), 3-qismda sonni mantissasi uchun joy ajratiladi.
Double turiga tegishli haqiqiy sonlarni kompyuter xotirasida qanday joylashishini ko’rib chiqaylik. Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, bu turdagi haqiqiy sonlar uchun xotiradan 2 bayt joy ajratiladi. Joylarni qismlarga bo’linishi quyidagicha:


Ishora

Aralash tartib

Mantissa


63 62 52 51 0


Son tartibini xotirada saqlash uchun uning o’nli sanoq sistemasidagi tartibiga surilish miqdori qo’shiladi. Masalan, Double tipidagi son uchun tartib 11 bitni egallaydi va diapazoni dan gacha bo’ladi.
SHunday qilib, haqiqiy sonlar komp’yuter xotirasida quyidagi algoritm asosida ifodalanadi:
1) son modulini ikkilik sanoq sistemasiga o’tkaziladi:
2) hosil qilingan son normallashtiriladi, ya’ni ko’rinishida yoziladi. Bu erda m-mantissa bo’lib, butun qismi 12 ga teng. p — o’nli sanoq sistemasida yozilgan tartib.
3) tartibga surilish miqdori qo’shiladi va hosil qilingan son ikkilik sanoq sistemasiga o’tkaziladi;
4) ishorasini e’tiborga olib, sonning komp’yuter xotirasidagi ko’rinishi yoziladi.


Download 209.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling