2 mavzu Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha


Download 93.59 Kb.
bet5/7
Sana08.11.2023
Hajmi93.59 Kb.
#1757983
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-Mavzu

Savollar

Javoblar

1.

Axborotlashgan jamiyatga o’tishda yangi ax­borotni qayta ishlash sanoatida nimalar yuzaga keladi?




2.

Insonning nimaga nisbatan ehtiyoj oshadi?




3.

Axborotlashtirish deganda nimani tushunasiz?




4.

Axborotlashgan jamiyat ta‘rifini keltiring.




5.

Respublikamizda ilk bor qaysi rusumli EHM qaerda o’rnatilgan?




6.

Respublikamizda kibernetika va informatika fanlarining rivojiga katta, hissa qo’shgan olimlardan kimlarni bilasiz?




7.

O’zbekiston Respublikasining Axborotlashtirish haqidagi qonuni qachon qabul qilingan?




8

O’zbekiston Respublikasining Axborotlashtirish kontsepsiyasi haqida nimalarni bilasiz?




9.

Informatika va axborot texnologiyalarining kelajagini qanday tasavvur qilasiz?















2- Mavzu: Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha
Reja:

  1. Axboriy madaniyat tushunchalari

  2. Jamiyatni axborotlashtirishning xuqukiy asoslari.

  3. Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizlari.

  4. Axborot xavfsizligi, axboriy huquq va etika



1. Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta'sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsa –da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o’ziga xos xususiyati shundaki , sivilizasiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya , xom ashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya'ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o’rinni egallamoqda. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga borgan sari ko’proq, singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta'minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo’nalishga ajratish mumkin:
Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.
Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish.
Tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
Aholiga xizmat ko’rsatish sohasini axborotlashtirish.
Ta'lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.
Internet imkoniyatlari doim ko’raymoqda va uning tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar uzluksiz kengayib borayapti. Jamiyatimiz xayotida Internetdan quyidagi asosiy shakllarda foydalaniladi:
Tarmoq orqali ishlash va yangi ish joylarni yaratish
O’qitish va ilmiy fikrlar almashinishi
An'anaviy xizmatlarning yangi shakllar va xizmatlarning yangi turlarning paydo bo’lishi
Transportni boshqarish (avto, xavo va boshqalar)
Tezkor tibbiy xizmat
Axboriy xizmatlarning iste'mol qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilarning ximoya qilishning birlashgan tizimini yaratish
Umumiy ma'muriy tarmoqni yaratish
Umumiy axboriy tarmoqni yaratish
Xozirgi kunda Internet yordamida quyidagi murojaatlar ta'minlanadi:
Dunyoning eng yirik kutubxonalarga
Muzey kolleksiyalarga, musiqiy asarlarga
Qonun chiqaruvchi va xukumat qarorlarga
Doimiy nashrlarga va ma'lumotlarga
Ihtiyoriy mavzudagi tezkor xabarlarnomalarga (dunyoning ixtiyoriy joyidagi ob-havo, valyuta kurslari, ixtiyoriy davlvtlardagi turli xizmat va maxsulotlar narxlari va boshqalar)
Axboriy tizimdan Internet tobora vositachi vazifani bajarib, kontraktlar tuzilish, maxsulotlar sotib olish, transport chiptalarni bronlash va minglab boshqa xizmatlarni bajarishni ta'minlaydi. Har qanday nufuzli firma o’z Veb-sahifaga ega.
Kompyuter texnologiyalardan foydalanish inson uchun bilim olish soxasida ham prinsipial yangi imkoniyatlarni yaratadi. Masofada o’qitish tizimining rivojlanishi butun dunyoni birlashtirgan elektron kutubxonalar va yangi tipdagi universitetlarning yaratilishiga olib keladi.
2. Mustaqil O’zbekistonimizda kibernitika va informatika taraqqiyot yo’li qanday kechdi va bu fanning rivojlaniush istiqbollari qanday, degan savollar haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Kibernitika va informatika sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va halq xo’jaligiga joriy etish maqsadida 1956 yilda akademik M.T.O’rozboyev tashabbusi bilan O’zbekiston fanlar Akademiyasi tarkibida V.I. romanovskiy nomli Matematika institututi qoshida Hisoblash texnikasi bo’limi ochildi.Unga V.Q.Qobulov rahbar etib tayinlandi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bor « Ural-1 « rusumli EHM o’rnatildi.
1966 yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibida hisoblash markazi bo’lgan Kibernitika instituti, 1978 yilda esa uning asosida Kibernitika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi
Xalq xo’jaligidagi turli masalalarni hal etishda algoritmlashtirish nazariyasini yaratish va rivojlantirishga akademik V.Q. Qobulov boshchiligidagi birlashmaning yetakchi olimlari O’zbekistonda Kibernitikaning tarkib topishi va rivojlanish bosqichiga ulkan hissa qo’shishdi.Tasvirlarni tekshirib bilish va sun'iy intellect nazariyalari bo’uicha katta maktab yaratgan akademik M. M. Komilov, matematik modellash va hisoblash eksperimenti, matematika va mexanikaning murakkab vazifalarini hal etishning miqdoriy- tahliliy usullari bo’yicha akademiklar F.B. Abutaliev, T.Bo’riev , axborotni qayta ishlash bo’yicha -akademiklar D.A.Abdullaev,F. Bekmuratov, ta'lim sohasini kompyuterlashtirish bo’yicha ilmiy uslubiy izlanishlar olib brogan va bu sohaning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.Hozirgi kunda akademik V.Q.Qobulovni O’zbekistonning barcha kiberniteklari o’zlarining ustozi sifatida ko’rishadi va shuning uchun ham u insonni hurmat bilan mamalakatimiz kibernitikasining « otaxoni» deyishadi.
Davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi va respublikada axborotlashtirish jarayonini tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 8 dekabr qarori bilan fan va texnika bo’yicha Davlat Qo’mitasi (FTDQ) qoshida axborotlashtirish bo’yicha bosh boshqarma tuzildi.
Bu qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat yo’nalishlari doirasida O’zbekiston Respublikasi FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga yo’naltirilgan bir qator qonunlar qabul qilindi.Axborotlashtirish haqida ( 1993 yil, may ), EHM va ma'lumotlar bazasi uchun dasturlarni xuquqiy muhofozalash haqidagi (1994 yil, may) qonunlar shular jumlasidandir.
O’zbekiston Respublikasi FTDQ “Axborotlashtirish to’g’risida” Qonunning vazifalarini bajara borib, 1994 yil dekabrda Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasini ma'qulladi. Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qo’yilgan masalalar qo’yidagilardan iborat:
•Milliy axborot - hisoblash tarmog'ini yaratish;
•Axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va meyoriy hujjatlarini yuritish;
•Axborotlarni qayta ishlashda jahon standartlariga rioya qilish ;
•Informatika fanini rivojlantirish;
•Axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag'batlantirish va qo’llab-qo’watlash;
•Informatika vositalari foydalanuvchilarini tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish; Konsepsiyaning asosiy qoidalari hisobga olingan «O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish dasturi» ishlab chiqildi.U uch maqsadli dasturni o’z ichiga oladi:

Download 93.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling