2-mavzu. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o`lchovlari. Axborotni o`lchovlari. Bit. Bayt. Reja
Informatsiyaning pragmatik o‘lchovi
Download 148.47 Kb.
|
2-мавзу
Informatsiyaning pragmatik o‘lchovi
Informatsiyaning pragmatik o‘lchovi qo‘yilgan maqsadga erishishdagi informatsiyaning foydaliligini (qiymatini) aniqlaydi. Bu o‘lchov ham nisbiy kattalik bo‘lib, nisbiylik bu informatsiyaning u yoki bu sistemada ishlatilishiga asoslanadi. Yuqorida keltirilgan informatsiya o‘lchovlarini bir-biriga taqqoslash maqsadida informatsiya o‘lchovi turi, uning o‘lchash birligi va kompyuterda ishlatilishi misollari 1.1-jadvalda keltirilgan. 1.1-жадвал.
Informatsiyadan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativlik, mazmundorlik, yetarlilik, tushunarlilik, dolzarblik, o‘z vaqtida olinishi, aniqlik, ishonchlilik, barqarorlik kabi asosiy sifat ko‘rsatkichlariga asoslanadi. Informatsiyaning reprezentativligi obyekt xususiyatlarini adekvat tanlanishi va shakllantirilishi bilan bog‘liq. Bunda dastlabki tushuncha asoslangan konsepsiyaning to‘g‘riligi akslantiriluvchi hodisaning ahamiyatli alomatlari va bog‘lanishlari tanlanishining asoslanganligiga e’tibor berish lozim. Informatsiya reprezentativligining buzilishi jiddiy xatoliklarga olib kelishi mumkin. Informatsiyaning mazmundorligi semantik informatsiya miqdorining ishlanadigan ma’lumotlar hajmiga nisbati orqali aniqlanuvchi semantik ҳажмни акслантиради, яъни информация мазмундорлигининг ошиши билан информацион системаларнинг қабул қилиш ва ўтказиш қобилияти ошади. Informatsiyaning yetarliligi (to‘liqligi) uning to‘g‘ri yechim qabul qilishda minimal, ammo yetarli ko‘rsatkichlar tarkibiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Informatsiya to‘liqligi tushunchasi uning ma’noli mazmuni (semantikasi) va pragmatikasi bilan bog‘liq. To‘liq bo‘lmagan yoki ortiqcha informatsiya foydalanuvchi tomonidan qabul qilinadigan yechim samaradorligining pasayishiga olib keladi. Informatsiyaning o‘zlashtirilishidagi tushunarliligi uning olinishi va o‘zgartilishidagi tegishli muolajalaring bajarilishi orqali ta’minlashadi. Bunga, xususan, informatsiyaning semantik shaklini foydalanuvchi tezaurusi bilan muvofiqlashtirish yo‘li bilan erishiladi. Informatsiya dolzarbligi uning ishlatilishi vaqtida boshqarishdagi qiymatining saqlanish darajasi orqali aniqlanadi. Informatsiyaning o‘z vaqtida olinishi uning qo‘yilgan masala yechilishi vaqti bilan kelishilgan, oldindan belgilangan vaqt onidan kechikmasdan qabul qilinishini bildiradi. Informatsiya аниқлиги olinadigan informatsiyaning obyekt, jarayon va hodisalarning real holatiga yaqinlik darajasi orqali aniqlanadi. Informatsiya ишончлилиги uning real mavjud obyektlarni kerakli aniqlikda akslantirish xususiyati orqali aniqlanadi. Informatsiya барқарорлиги deb, dastlabki ma’lumotlarning o‘zgarishida aniqlikning saqlanishiga aytiladi. Xulosa sifatida aytish lozimki, informatsiya sifatining reprezentativlik, mazmundorlik, yetarlilik, tushunarlilik, barqarorlik kabi parametrlari batamom informatsion sistema yaratilishidagi metodik bosqichida aniqlanadi. Dolzarblik, o‘z vaqtida olinishi, aniqlik va ishonchlilik parametrlari ham ko‘p jihatdan metodik bosqichda asoslansada, ularning qiymatlariga sistema ishlashi xarakteri jiddiy ta’sir etadi. Bunda dolzarblik va aniqlik parametrlari mos holdi o‘z vaqtida olinishi va ishonchlilik parametrlari bilan qat’iy bog‘langan. Download 148.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling