2-mavzu. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o`lchovlari. Axborotni o`lchovlari. Bit. Bayt. Reja
Download 148.47 Kb.
|
2-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Semantik adekvatlik
2-mavzu. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o`lchovlari. Axborotni o`lchovlari. Bit. Bayt. Reja: Axborot adekvatligi. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o`lchovlari. Axborot o`lchov birliklari. Bit va bayt. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi Axborot aniq va amalda ishlatiladigan xabardir. Berilganlar esa kuzatish natijalarini о‘z ichiga oladi. U kо‘zatilayotganligi zarur bо‘lganda imkoniyatga aylanadi va bu imkoniyat tufayli bilimni oshirish tufayli axborotga aylanadi. Axborotning amalda qо‘llanilishining zarur sharti uning ma’lum vaqtdaligi va adekvatligidir. Adekvatlik - bu obyektning haqiqiy ekanligini qanchalik tо‘g‘riligi bilan xarakterlanadi va u uchta formada ifodalanadi: Sintaktik adekvatlik - bu axborotning uzatish tezligi aniqligi, kodlashtirish sistemasi, tashqi ta’sirlarning mavjudligi va shu kabi jarayonlardan iborat. Semantik adekvatlik uzatiladigan axborotning ma’naviy tarkibi, obrazi va real kо‘rinishiga mosligi hisoblanadi. Pragmatik adekvatligi - olingan axborotning asosiy jarayon bilan mos kelishini belgilaydi. Misol: Siz avtomobil bozorida menejer bо‘lib ishlaysiz va avtomobilni namoyish etuvchi kо‘rgazmaga taklifnoma oldingiz. Bu taklifnomada kо‘rgazma bо‘ladigan vaqt, joy, ishtirokchilar, tarkiblar tо‘g‘risida ma’lumot bо‘lishi mumkin. Agar taklifnoma о‘z vaqtida olinmasa u sizga kerak bо‘lmaydi. Bunda taklifnoma blankasi butun bо‘lishi, qattiq qog‘ozdan tayyorlanganligi, shiriftlarning oson о‘qiladiganligi va axborotni aniq yetib kelishi va shu kabilar bо‘ladi. YA’ni bu yerda biz axborotni aniq yetib kelishi haqida bosh qotiramiz, unda nima yozilganligi bizni kiziktiradi. Semantik adekvatlik uning haqiqatga mos kelishini bildiradi. Pavilyon nomeri, ishtirokchilar nomi, tadbirning bо‘lish vaqti kabilarning mos kelishi tekshiriladi. Download 148.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling