2-mavzu: biologiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari.


Biologik ta’lim mazmuni va uning tarkibiy qismlari


Download 134 Kb.
bet2/8
Sana05.01.2022
Hajmi134 Kb.
#211582
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 mavzu Ma'ruza Biologiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari

Biologik ta’lim mazmuni va uning tarkibiy qismlari

Har qanday o‘quv fanini o‘qitishda uning mazmuni nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunga asosiy sabab o‘quv fani mazmuni o‘sha fanning o‘ziga xos yo‘nalishi, o‘qitish tizimi, metodlari, vositalarini belgilab beradi. O‘quv fanining mazmuni o‘quv dasturlari, darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari orqali aniqlashtiriladi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida biologik ta’limning tarkibiy qismlari bo‘lib, botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi hamda sitologiya, biokimyo, genetika, evolyusion ta’limot majmuasidan iborat bo‘lgan biologiya o‘quv fanlari hisoblanadi. Mazkur o‘quv fanlaridan turli xil o‘simliklar, hayvonlar, odamlarning tashqi, ichki tuzilishi, hayot faoliyati, tashqi muhit bilan bog‘liqligi to‘g‘risida hamda hujayra, uning organoidlarining tuzilishi, funksiyasi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, evolyusion ta’lim va shu kabi bilimlar beriladi. Biologik ta’limning tirik tabiatdagi narsa-hodisalarni alohida-alohida o‘rganish emas, balki ularning bir yaxlitligini, o‘zaro bog‘liqligini ifoda etgan holda o‘qitilishi taqozo qilinadi.

Didaktikada ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari juda ko‘p tadqiqotchilar tomonidan aniqlangan. Jumladan, akademik I.Ya. Lerner tomonidan ta’lim mazmunining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiritilgan: bilimlar (ilmiy tushunchalar, g‘oyalar, qonunlar, ilmiy nazariyalar); faoliyat usullari (ko‘nikma va malakalar); ijodiy faoliyat tajribalari; qadriyatlar tizimi.

Biologiya o‘quv fanining bilimlar tarkibiy qismiga birinchi navbatda ilmiy tushunchalar kiradi. Ular biologiyaning ayrim sohalariga oid xususiy va biologiyaning barcha sohalariga xos bo‘lgan umumiy biologik tushunchalardan tashkil topadi.

Umumiy biologik tushunchalar qatoriga organizmlarning hujayraviy tuzilishi, modda va energiyaning almashinuvi, organizm va muhitning o‘zaro birligi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, organik olam evolyusiyasi tushunchalari kiradi.

Biologiya o‘quv fani mazmunining bilimlar tarkibiy qismiga g‘oyalar ham kiradi. Biologiya ta’lim mazmunida o‘quvchilar ongiga quyidagi g‘oyalar singdiriladi: organik olam evolyusiyasi; tirik tabiat tuzilishining har darajada ekanligi; organ tuzilishi bilan funksiyasining o‘zaro bog‘liqligi; biologik sistemalarning tabiiy muhit bilan aloqadorligi; o‘z-o‘zini boshqarish; nazariya bilan amaliyotning birligi.

Biologik qonunlar ham biologiya o‘quv fani mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Biologik qonunlar sirasiga Mendel va Morganning irsiyat qonunlari, Ber qonuni, V.I.Vernadskiyning atomlarning biogen migratsiyasi qonuni va h.k.

Biologiya fani mazmunining yana bir komponenti ilmiy nazariyalardir. Umumiy o‘rta ta’lim biologiya o‘quv ta’lim mazmuniga CH.Darvinning organik olam evolyusion nazariyasi, A.N.Seversovning filembriogenez nazariyasi, T.Morganning xromosoma nazariyasi va hozirgi zamon gen nazariyasi kiritilgan.

Yuqorida qayd etilganidek, ta’lim mazmunining asosiy qismini bilimlar (ilmiy tushunchalar, g‘oyalar, qonunlar, ilmiy nazariyalar) tashkil etadi.

Faoliyat usullari ko‘nikma va malakalardan iborat bo‘lib, o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan ko‘nikma va malakalarni egallashini belgilaydi.

Ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi bo‘lgan ijodiy faoliyat tajribalari o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash orqali tarkib toptiriladi. SHu sababli, o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida bilimlarni tayyor axborot shaklida emas, balki muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish natijasida o‘quvchilarning avvalgi mavzularda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llashiga imkon yaratishi, ularda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarining tarkib topishiga zamin tayyorlashi zarur.

Ta’lim mazmunining to‘rtinchi tarkibiy qismi bo‘lgan qadriyatlar tizimi o‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Mazkur tarkibiy qismni o‘quvchilarda shakllantirish biologiyani o‘qitishda ta’lim-tarbiya masalalariga bog‘liq holda yoritiladi.

  1. Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish.

Biologiyani o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalar, kompetensiyalarni shakllantirish sanaladi. SHu sababli, biologiya o‘qitish metodikasining asosiy muammolaridan biri o‘quvchilarda ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, kompetensiyalarni shakllantirish masalasi hisoblanadi va mazkur masala juda ko‘p biolog- metodistlar tomonidan tadqiq etilmoqda.

O‘quvchilarda bilimlarni shakllantirish uchun, avvalo, uning ta’rifini bilib olish zarur. Bilim narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida fan tomonidan aniqlangan tushunchalardan tarkib topadi. Demak, bilim tushunchalar tizimidan iborat bo‘lib, tushunchalarni shakllantirish muammosi etakchi o‘ringa chiqadi.

Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish biologik ta’lim va tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, o‘quv materiali mazmunining asosiy birligi sanaladi. O‘quvchilarda tushunchalarni shakllantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: o‘quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, idrok etish, tasavvur qilish, yodda saqlash, amalda qo‘llash, natijalarni tekshirish, axborotlarni umumlashtirish va xulosa yasash.

O‘qituvchi tomonidan tushunchalarni shakllantirish bosqichlariga amal qilinishi o‘quvchilarning tushunchalarni qabul qilishiga, tushunishiga imkon yaratadi. Shu sababli, o‘qituvchi har bir o‘quv fani mazmunidagi tushunchalarni belgilab olishi, o‘quvchilarda shu tushunchalarni shakllantirishga e’ibor qaratishi lozim.

Tushunchalar mavzudan mavzuga o‘tgan sari asta-sekin rivojlantirilib, mukammallashib boradi, shunga ko‘ra tushunchalarni shakllantirish bilan bir qatorda ularning rivojlantirilishi muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, o‘quvchilar tushunchalarni birdaniga egallay olmaydilar, tushunchalarning hosil bo‘lishida yuqorida qayd etilgan bosqichlarni amalga oshirish, buning uchun esa muayyan vaqt kerak bo‘ladi. Faktlardan tushunchalarni keltirib chiqarish uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, eng muhimi, tushunchalarni «tayyor» holda berishdan saqlanish, qiyinchiliksiz qabul qilingan tushunchalar tez esdan chiqishini unutmaslik kerak. O‘qituvchi tushunchalarni shakllantirish bosqichlariga amal qilittti, o‘quvchilarni aqliy faoliyatga jalb etishi, ular tomonidan ob’ektlarni taqqoslash, o‘xshashlik va farqini topish, umumlashtirish va xulosa chiqarish kabi mantiqiy fikr yuritish operatsiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallashlariga

zamin yaratishi lozim.


Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling