2-mavzu: biologiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari.
Xususiy tushunchalar ichida faqat bitta mavzuda rivojlantiriladigan tushunchalar lokal tushunchalar deyiladi
Download 134 Kb.
|
2 mavzu Ma'ruza Biologiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish yo‘llari.
Xususiy tushunchalar ichida faqat bitta mavzuda rivojlantiriladigan tushunchalar lokal tushunchalar deyiladi. Lokal tushunchalar sirasiga «Poyalarning xilma-xilligi» mavzusidagi poyaning tik o‘suvchi, o‘rmalovchi, chirmashuvchi, palak otuvchi, ilashuvchi, qisqargan turlari, «O‘g‘itlar» mavzusidagi o‘g‘itlarning xillari kiradi.
Xususiy tushunchalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: o‘simlik hamda hayvonlarning organlari to‘g‘risidagi tushunchalar; o‘simlik hamda hayvon organizmida boradigan hayotiy jarayonlar to‘g‘risidagi tushunchalar; ekologik, sistematik va filogenetik bog‘lanishlar to‘g‘risidagi tushunchalar; Biologiya o‘quv fani mazmunida umumiy biologik tushunchalar asosiy o‘rinni egallaydi. Barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan biologik qonuniyatlar va ayrim biologik o‘quv kurslarining xususiy tushunchalarini umumlashtiruvchi tushunchalar umumiy biologik tushunchalar deyiladi. Umumiy biologik tushunchalarga quyidagilar kiradi: hujayra tirik organizmlarning tuzilish, qurilish va hayotiy birligi; organlar tuzilishi va funksiyasining birligi; organizm bilan muhitning o‘zaro bog‘liqligi; organizm - o‘z-o‘zini boshqaruvchi yaxlit sistema; moddalar va energiya almashinuvi; irsiyat va o‘zgaruvchanlik, organizmlarning ko‘payishi; organik olamning evolyusion rivojlanishi. Umumiy biologik tushunchalar xususiy biologik tushunchalardan hosil bo‘ladi va ularning har biri maktab biologiya o‘quv fanlari mazmunida rivojlantirib boriladi. 9-sinfda o‘qitiladigan «Biologiya» (Sitologiya va genetika asoslari) o‘quv fani mazmunida anatomik, morfologik, sitologik, fiziologik, genetik tushunchalar asosiy o‘rinni egallaydi va ular o‘quvchilarning avvalgi kurslarda o‘zlashtirgan bilimlari asosida rivojlantiriladi va mustahkamlanadi. 5-8-sinflarda o‘qitilgan biologiya o‘quv fanlarida umumiy biologik xarakterga ega bo‘lgan tushunchalar «Biologiya» (Sitologiya va genetika asoslari) o‘quv fanini o‘qitishda xususiy tushunchalarga aylanadi. Tushunchalarning bir tartibdan boshqa tartibga o‘tishi, ya’ni umumiy biologik tushunchalarning «Biologiya» o‘quv fanini o‘qitishda xususiy tushunchalarga aylanishi biologik kurslarda tushunchalarni rivojlantirish- ning o‘ziga xos xususiyati sanaladi. Bu tushunchalar ko‘p tomonlama va ayni paytda harakatchan aloqalar bilan bog‘lanib, o‘zaro uzviylikda rivojlantiriladi. Masalan, 5-8-sinflarda o‘qitilgan biologiya o‘quv fanlarida umumiy biologik tushuncha sanalgan hujayra tushunchasi va unga bog‘liq ma’lumotlar 9-sinfda “II bo‘lim. Hujayra haqidagi ta’limot”da yangi tushunchalar bilan o‘zaro bog‘lanadi va uzviy rivojlantiriladi. Jumladan, yadro tushunchasi botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi kurslarida hujayraning asosiy qismi shaklida e’tirof etilgan bo‘lsa, 9-sinfda yadrodagi xromosomalarning tuzilishi, kariotip, diploid, gaploid to‘plam haqidagi tushunchalar bilan boyitilib, yadro hujayraning ajralmas qismi bo‘lib, u irsiy axborotni saqlash, irsiy axborotni nasldan-naslga o‘tishini ta’minlash, hujayrada boradigan modda va energiya almashinuvi jarayonini boshqarish kabi funksiyalarni bajarishi qayd etiladi. 10-11-sinflar biologiya o‘quv fani mazmunida evolyusion va ekologik tushunchalar etakchi o‘rinni egallaydi va mazkur tushunchalar o‘quvchilarning avvalgi o‘quv kurslaridan egallagan bilimlari asosida rivojlantiriladi. «Botanika» va «Zoologiya» o‘quv fanlaridan o‘zlashtirgan sistematik birliklar tur, avlod, turkum, oila, sinf, tip, bo‘lim kabi tushunchalari turlarning paydo bo‘lishi, mikroevolyusiya, makroevolyusiya tushunchalari bilan o‘zaro bog‘likda kengaytiriladi va rivojlantiriladi. Tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashganligi haqidagi bilimlar 11-sinfda “Hayotning ekosistema darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar” bobida rivojlantiriladi. Shunday qilib, dastlab birlamchi oddiy tushunchalar, murakkab tushunchalarga, so‘ngra xususiy va umumiy biologik tushunchalarga aylanib boradi. O‘quvchilarda tushunchalarning shakllanganlik va rivojlanganlik darajasining ko‘rsatkichi biologik ta’lim samaradorligining darajasini belgilaydi. SHu sababli, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan tushunchalarning eng yuqori darajasi tushunchalarni erkin bayon etish va amaliyotda mustaqil foydalana olish sanaladi. Biologik ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish yo‘llari. Biologik ta’lim mazmunining ikkinchi tarkibiy qismini faoliyat usullari, ya’ni ko‘nikma va malakalar tashkil etadi. Ko‘nikma - biror faoliyatni o‘zlashtirilgan usuli, malaka esa, mazkur ko‘nikmaning avtomatlashgan ko‘rinishi sanaladi. Biologiya o‘qituvchisi o‘quvchilarda biologik ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish bosqichlarini chuqur anglagan bo‘lishi kerak. O‘quvchilar tomonidan ko‘nikmalar quyidagi bosqichlar yordamida o‘zlashtiriladi: ko‘nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini aniqlash; ko‘nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini bajarish; bu ish usullarini takroran bajarish; amalda qo‘llash; natijalarni tekshirish; Ko‘nikmalarni umumiy holatda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: morfologik ko‘nikmalar - organlar shakli va tuzilishini ajrata olish; Download 134 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling