2-Mavzu: Biosfera haqida tushuncha, biosferaning tarkibi va funksiyalari. Biosfera haqida ta’limoti


Download 98.33 Kb.
bet2/4
Sana04.11.2023
Hajmi98.33 Kb.
#1745471
1   2   3   4
Bog'liq
2-Мавзу маърузаси. (1)

Biosfera deyilganda Yerning hayot tarqalgan yuza qismlari tushiniladi. U o‘z ichiga barcha tirik organizmlarni va ular tarqalgan joydagi noorganik moddalarni qamrab oladi. Ma’lum torroq ma’noda, biz atrof-muhit yoki tabiat deganimizda mana shu biosferani nazarda tutamiz. Organizmlarning tabiatda tutgan o‘rni, ularning turli-tumanligi, keng tarqalganligi, uzoq geologik davrlar mobaynida mavjud ekanligi, o‘ziga hos tanlash hususiyatiga egaligi, biokimyoviy jixatdan favqulotda faolligi kabi ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Ularning biomassasi Yer qobig‘ining bor-yo‘g‘i 0,0001% ni, quruq massasi bo‘yicha esa 0,00001% ni tashkil etada, bu miqdor doimo uzluksiz yangilanib, tiklanib va parchalanib turadi. Shuning uchun organizmlarning tabiatdagi roli haqida fikr yuritilganda faqat miqdoriy jixatdan yondashish noto‘g‘ridir.
Hozirgi paytda Yerdagi tirik organizmlarning yillik o‘rtacha o‘sishi 2,23*1011 tonnani tashkil etadi. Agar so‘nggi milliard yil uchun bu miqdorni hisoblasak, Yer qobig‘ining massasiga nisbatan 10 marta ko‘p biomassa hosil bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Buncha miqdor biomassa va unda jamlangan energiyani ko‘z oldimizga keltirsak, organizmlarning yerdagi ahamiyati haqida yaqqolroq tasavvur hosil qilishimiz mumkin.

  1. Biosferada moddalarni aylanishi.

Biosferadagi mavjud moddalarni quyidagi to‘rtta guruhga ajratish mumkin:

    1. Tirik moddalar. Bularga biosferadagi barcha tirik organizmlar-o‘simliklar, hayvonot va quyi darajadagi jonzotlar kiradi. Tirik moddalarning eng muhim hususiyatlari ularning umumiy vazni, kimyoviy tarkibi va energiyasi hisoblanadi.

    2. Biogen moddalar. Bular tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan va o‘zgarishlarga uchragan moddalardir. Neft, torf, ko‘mir, oxaktosh, tabiiy gaz va shu kabilar biogen moddalarga misol bo‘la oladi.

    3. Noorganik moddalar va suv. Bular biosferadagi turli noorganik moddalar va suvlarni o‘z ichiga oladi. Bunday moddalar tirik organizmlar uchun yashash muhiti va vositasi bo‘lib hisoblanadilar.


    4. Download 98.33 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling