2-Mavzu: Biosfera haqida tushuncha, biosferaning tarkibi va funksiyalari. Biosfera haqida ta’limoti
Download 98.33 Kb.
|
2-Мавзу маърузаси. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noosfera grekchada noos-aql, ong, spaira-sferik qobiq
- «ma’naviy»
- TEKSHIRUV SAVOLLARI
hu
6SO2+ 6N2O ——————> C6N12O6+ 6O2 -674kJ Fotosintez jarayoni faqat yashil o‘simliklarga hos xodisa bo‘lib, yerdagi mavjud organik moddalar hamda kislorodning mabai, hayotning asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham fotosintez biosferadagi eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. O‘simliklarning umumsayyoraviy funksiyalaridan biri ham mana shu jarayon bilan belgilanadi. Biosferada moddalarni aylanma harakati ayrim kimyoviy modda va elementlarning aylanma harakatlaridan tashkil topadi.Tabiatda asosan quyosh energiyasi ta’sirida katta qo‘lamdagi geologik modda aylanishi va tirik organizmlar ishtirokidagi kichik ko‘lamli biologik modda aylanishi yuz beradi. Katta qo‘lamdagi modda va energiya almashinuvi o‘z navbatida quyidagi uch yo‘nalishda kechadi: a) quyosh energiyasi ta’sirida suv va havo massasining harakati tufayli yuz beruvchi moddalar aylanishi; b) turli mexanik, fizik-kimyoviy jarayonlar evaziga sodir etiladigan moddalar aylanishi; v) yer qa’ridagi tektonik jarayonlar ta’siridagi modda va energiyaning harakati. Bu jarayonlarga vulqonlarning otilishi, yer pustlog‘idagi siljishlar, yerning chuqur qatlamlaridan ajralib chiqadigan issiqlik kabi jarayonlarni misol tariqasida ko‘rsatish mumkin. Katta geologik modda aylanishi asosan quruqlik bilan suvliklar orasidagi suv aylanishi tarzida namoyon bo‘ladi. Tabiatda suvning aylanma harakati quyidagicha yuz beradi. Suv yer yuzasiga asosan yog‘in-sochin tarzida tushadi. Bunda uning ma’lum qismi o‘simlik va boshqa tirik organizmlarning suv bug‘latishi, ochiq suv xavzalari suvlarining va yer yuzasi bo‘ylab sodir bo‘ladigan bug‘lanishlar hisobiga atmosferaga qayta ko‘tariladi. Yana ma’lum qismi yer usti va osti oqimlari tarzida dengiz va okayenlarga qaytadan qo‘shiladi. Atmosferaga ko‘tarilgan suv bug‘lari yana qaytadan yog‘in-sochin holida yer yuzasiga tushadi. Shu tariqa suvning aylanma harakati amalga oshadi. Suvning aylanma harakati jarayonida suv o‘zi bilan bir qancha moddalar va energiyani bir joydan boshqa joyga ko‘chiradi, tog‘ jinslarini yemiradi, qayta yotkiziqlar hosil qiladi va shu kabi jarayonlarlarni amalga oshiradi. Kichik ko‘lamli biologik modda va energiya aylanishi turli tirik organizmlarning ishtirokida kechadi ya’ni bu turdagi modda almashinuvida organizmlarning hayot faoliyati yetakchi rol uynaydi. Biosferadagi asosiy jarayonlar uglerod elementining aylanma harakati bilan bog‘liq xolda kechadi. (2-rasm). 2-rasm. Tabiatda karbonat angidridining aylanma xarakati.(Manba: F.Ramadu.1998). Tirik mavjudodlarning organik moddasi asosini mana shu element tashkil qiladi. Uglerod o‘simliklardagi fotosintez jarayonida karbonat angidridini yutilishi hisobiga turli organik moddalarda to‘planadi. Tabiatdagi boshqa fizik-kimyoviy jarayonlarda ham ma’lum miqdor uglerodni yutilishi va to‘planishi amalga oshadi, ammo bu uni aylanma harakatida sezilarli o‘rin tutmaydi. O‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilgan uglerod ularning o‘zi va boshqa tirik organizmlar, jumladan, hayvonot va mikroorganizmlarning nafas olishi hamda qoldiqlarini parchalanishi jarayonida yana karbonat angidridi shaklida atmosfera havosiga ajralib chiqadi.Organizmlar o‘zlashtirgan uglerodning bir qismi yer qa’rida ko‘mir, neft, gaz ko‘rinishida va suvliklar ostida cho‘kma sifatida ma’lum muddatga faol harakatdan chetga chiqadi. Uglerodni biosferadagi aylanma harakatida antropogen omil ham faol rol o‘ynaydi. Hozirgi paytda turli ishlab-chiqarish jarayonlaridan havoga yiliga 1,254*109 tonna karbonat angidridi chiqarilmoqda. Bundan tashqari, insonlarning turli extiyojlari uchun sarf bo‘layotgan uglerodning yillik miqdori 5,6*109 tonnani tashkil etmoqda. Karbonat angidridi, kislorod, azot va boshqa bir qancha gazsimon moddalarni ko‘plab hosil bo‘lishi va tabiatdagi aylanma harakati ham tirik organizmlar faoliyati bilan bog‘liq. Fotosintez jarayonida kislorod ajralib, karbonat angidridi yutilsa, organik moddalarning parchalanishida buni teskarisi ro‘y beradi. Hozirgi atmosferadagi kislorod va karbonat angidridining o‘zgarish rejimi ham fotosintez natijasida boshqariladi. Ozon qavatini shakllanishi ham yer sayyorasida hayotning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, chunki organizmlar ishtirokida hosil bo‘lgan kislorod atmosferaning yuqori qismlarida ultrabinafsha nurlar ta’sirida ozonga aylanadi. Tirik organizmlar atrof muhitga moslashish bilan birga o‘zlari uchun ma’lum darajada qulay sharoit yaratadilar ya’ni muhitni o‘zgartiradilar. Havodagi karbonat angidridining asosiy qismi tirik organizmlarning nafas olishi va ularning qoldiqlarini parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi hamda hozirgi muvozanatlashgan marom saqlanib turadi. Tirik organizmlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan gazlar qatoriga azot, metan, vodorod sulfid va boshqa uchuvchan birikmalar ham kiradilar. Juda ko‘p o‘simliklar va hayvonlar o‘zlaridan turli gazsimon moddalarni ajratib chiqaradilar.Organizmlarning hayotiy faoliyatlari natijasida yuz beradigan oksidlanish-qaytarilish jarayoni tabiatdagi azot, oltingugurt, temir, marganes va boshqa elementlarning aylanma harakatida asosiy o‘rin tutadi. Geterotrof organizmlar yoki tayyor organik moddalar hisobiga yashovchi hayvonotlar va mikroorganizmlar ham turli moddalarni aylanma harakatida muhim o‘rin tutadilar. Ular oziqlanish jarayonida o‘simliklar to‘plagan modda va energiyani turli darajada parchalaydilar va ularni yana asl holiga qaytaradilar. Ba’zi organizmlar faoliyati tufayli tabiatda masalan, suv o‘tlarida magniy, chig‘anoqlarda fosfor, kalsiy, natriy, oltingugurt, alyuminiy, yod kabi elementlarning to‘planishi va qayta taqsimlanishi yuz beradi. Denitrifikator, sulfatreduksifikator, sian bakteriyalar kabi bir qancha mikroorganizmlar azot, oltingugurt, temir, marganeslarni harakatchan shaklga o‘tishi va to‘planishida muhim o‘rin tutadilar. Geologik va biologik moddalar aylanishi haqida fikr yuritilganda ularni bir-biriga bog‘liq bo‘lgan jarayonlar ekanligini yoddan chiqarmaslik zarur. Chunki bu ikki jarayon doimo birgalikda yuz beradi va ularni bir butun umumsayyoraviy moddalar aylanishi deb ham aytish mumkin. Noosfera grekchada noos-aql, ong, spaira-sferik qobiq demakdir. Noosfera jamiyat bilan atrof-muhitning o‘zaro ta’sirlashuv makonidir. Boshqacha qilib aytganda, noosfera-bu fikrlovchi qobiq yoki insonning ongli faoliyati ta’sirida jamiyat va tabiatning evalyusion rivojining asosiy harakatga keltiruvchi kuchi yoki omilidir. Bu omil avval yerda so‘ngra yer atrofidagi kosmik bo‘shliqda ham yetakchi o‘rin to‘ta boshlaydi. Noosfera atamasi dastlab fransuz filosofi E.Lerua(1927) tomonidan qo‘llanilgan. Uning tushunishicha, noosfera biosferaning oliy «ma’naviy» bosqichi hisoblanadi.Boshqa bir fransuz katolik filosofi P.Teyyar De Sharden esa noosferani biosferaning ustki fikrlovchi qatlami deb tushungan. Rus olimi V.I.Vernadskiy o‘zining biogeokimyoviy tadqiqotlariga asoslanib,«insonning xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyati tufayli tabiat kuchli o‘zgarishga uchraydi, bu jarayonda inson bosh o‘zgartiruvchi kuchga aylanadi va u biologik evolyusiyaning yo‘nalishini belgilovchisi bo‘lib qoladi. Inson bilan biosfera o‘rtasidagi o‘zaro munosabat umumsayyoraviy harakter kasb etadi. Inson faoliyati tufayli tabiatda modda va energiya aylanishining yangi turi ya’ni antropogen modda aylanishi qaror topadi. Buning natijasida yerdagi biogeosenoz jarayoni noogeosenozga o‘tadi. Oqibatda biosfera o‘zining sifat jixatidan yangi bosqichi noosferaga o‘tadi» degan ilmiy asoslangan xulosalarga keladi. Noosfera haqidagi fikrlar so‘nggi 30-40 yil ichida dunyo bo‘ylab keng tan olindi. Hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlangan sharoitda biosferani noosferaga aylanishi umumsayyoraviy miqyosdan fazoviy miqiyosga o‘tib bormoqda. Chunki insonning ongli faoliyati ta’siri nafaqat yerda, balki unga yaqin bo‘lgan koinotni ham qamrab olmoqda. Noosfera tushunchasi asl mohiyatiga ko‘ra inson bilan tabiat o‘rtasida uyg‘unlashgan mutanosib o‘zaro munosabatlarni qaror topishini va oxir oqibatda jamiyat bilan tabiat orasidagi mavjud qarama-qarshiliklarni mukammal darajada xal etilishini bildiradi. Noosferani shakllanishida atrof-muhit ifloslanishini oldini olish, tabiatga yetkazilgan «jaroxatlar»ni davolash, biologik tizimlar evolyusiyasini ongli ravishda boshqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarini to‘g‘ri xal etilishi muhim ahamiyatga ega. Biosfera taraqqiyoti faqat insonlarning ilmiy-texnik imkoniyatlari, salohiyatigagina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki jamiyatning ijtimoiy siyosiy xolatiga, ya’ni tinchlik, barqarorlik, hamjixatlik xolatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, noosfera ta’limoti ijtimoiy, tabiiy va texnik fanlarni hamda insonning turli ishlab chiqarish sohalarini uzviy integrasiyasini taqozo etadi. Noosfera oqilona tarzda tuzilgan tabiat va jamiyatdan iborat biosferaning kelajakdagi yangi xolatidir ya’ni taraqqiyotning noosfera bosqichida jamiyat bilan tabiat bir butun yaxlit tizim tarzida faoliyat ko‘rsata boshlaydi. TEKSHIRUV SAVOLLARI Hayot va uni vujudga kelishi haqida nimalar bilasiz? Biosfera nima? Biosferani yer qobiqlaridan biri sifatida ajratilishini asoslab bering. Tabiatda yuz beradigan modda va energiya harakatida tirik organizmlarning tutgan o‘rnini tushuntiring. Inson va uni tirik organizmlar orasida tutgan o‘rnini izoxlab bering Download 98.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling